- 209 -
ko‘pchilik ekzokrin bezlarda, m
4
-xolino-retseptorlarning yurakda, o‘pka
alveolalari devorida va MNSda, m
5
-xolino-retsepatorlarning esa MNSda, so‘lak
bezlarida, qonning mononuclear hujay-ralarida joylashganligi aniqlangan.
Ko‘pchilik vositalarning asosiy
sama-ralari ularning m
2
-
va
m
3
-
xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi sababli yuzaga chiqadi. Shuning
uchun mazkur darslikda m-xolinoretseptorlar-ning turlariga alohida e’tibor
qaratilmasdan, faqat m-xolinoretseptorlar bo‘yicha umumiy tushunchalar berib
ketilishi maqsadga muvofiqdir.
N-xolinoretseptorlar barcha simpatik va parasimpatik gangliylardagi
postsinaptik
membranalarda, buyrak usti bezi miya qismining xromaffin
hujayralarida, sinokarotid zonada, skeletmushaklari oxiridagi plastinka-larda va
MNSda joylashgan. N-xolinoretseptorlarning ham turli moddalarga nisbatan
sezgirligi har xil. Ganglionar hujayralarning n-xolinoretseptorlari (neyronal
turdagi n-xolinoretseptorlar) skelet mushaklarining n-xolinoretseptorlaridan
(mushakliturdagi n-xolinoretseptorlar) keskin
farq qiladi va shu orqali
ganglioblokatorlarning va miorelaksantlarning tanlab ta’sir qilishini izohlash
mumkin.
Atsetilxolinning m-xolinoretseptorlar orqali nerv impulslarini o‘tkazishida
G-oqsillarning va ikkilamchi o‘tkazgichlarning (siklik adenozin monofosfat –
sAMF; 1,2-diatsilglitserol; inozitol (1,4,5) trifosfat) ahamiyati katta. Atsetilxolin
n-xolinoretseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashish va ularning konformatsiyasini
o‘zgartirish orqali esa postsinaptik membrananing o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Uning qo‘zg‘atuvchi samarasi ta’sirida natriy ionlari hujayra ichiga o‘tadi va
postsinaptik membrananing qutbsizlanishiga olib keladi.
Atsetilxolinning ta’sir davomiyligi juda qisqa,
chunki u nerv-mushak
sinapslarida tezda atsetilxolin esteraza fermenti yordamida parchalanib ketadi
yoki
vegetativ
gangliylarda
sinaptik
oraliqdan
chiqarib
yuboriladi.
Atsetilxolinning gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan xolinning katta qismi
- 210 -
(tahminan 50 foizi) presinaptik membrana orqali qayta ushlab olinadi va
yangidan atsetilxolin sintezlanishi uchun sitoplazmaga transportirovka qilinadi.
Nerv-mushak sinapslarida xolinergik o‘tkazuvchanlikning
bosqichlari -
rasmda keltirib o‘tilgan.
Sinaptik o‘tkazuvchanlikka aloqador moddalar har xil jarayonlarga ta’-sir
qilishi mumkin: 1) atsetilxolinsinzeziga; 2) mediator ajralib chiqishiga; 3)
atsetilxolinning
xolinoretseptorlar
bilan
o‘zaro
ta’sirlashishiga;
4)
atsetilxolinning atsetilxolinesteraza yordamida parchalanishiga; 5) atsetilxo-
linning parchalanishidan hosil bo‘ladigan xolinning
presinaptik membrana
orqali ushlab olinishiga.
Dori vositasi sifatida xolinoretseptorlarga va atsetilxolinesterazaga ta’sir
qiluvchi vositalar keng qo‘llaniladi.
- 212 -
Mushakda qisqarish yuz bergani yo‘q; b – nerv impulsi ta’sirida katta
miqdordagi atsetilxolinning ajralishi kuzatilmoqda.
Postsinaptik membrana
qutbsizlangan. Oxirgi plastinka bilan chegaralangan sinaptik potensial yuzaga
chiqmoqda. Mushakda qisqarish yuz bergani yo‘q; v – lokal (chegaralangan)
sinaptik potensial mushakning harakat potensialiga aylanadi. Tarqalib
borayotgan qo‘zg‘alish mushakning qisqarishiga olib keladi; g – mushak
qisqaradi. Postsinaptik membrananing qayta qutblanishi (repolyarizatsiyasi)
yuzaga
chiqadi.
Atsetilxolinning
deposi
qayta
tiklanadi.
Sinaps
qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tkazishga tayyor.
- 214 -
Ular tasnifining asosini preparatlarning ma’lum xolinoretseptorlarga ta’sir
yo‘nalishlari tashkil etadi. Shulardan kelib chiqqan holda xolinergik sinapslarga
ta’sir etuvchi vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: