- 80 -
dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini resept asosida berish
to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 191-sonli buyrug‘i (2010 yil 29
iyunda 2118-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan
o‘tgan) da o‘z aksini topgan.
Mazkur buyruqqa asosan barcha davolash-profilaktika
muassasalarida
bemorlarga dori vositalarini tayinlash tashxis va davolash standartlari asosida bir
martalik, kunlik va kurslik dozalarini aniqlash orqali kasallikning og‘irligi va
xususiyatiga hamda bemorning yoshini hisobga olgan holda davolovchi shifokor
tomonidan amalga oshiriladi.
Bemorga tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining nomi,
bir kunlik
dozasi, qabul qilish yoki kiritish usuli, miqdori, davomiyligi va b.) uning tibbiy
hujjatlari (kasallik tarixi va b.)da qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor
tomonidan imzolanadi.
Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori
vositalari retsept asosida tayinlanganda, retseptda
shifokorning farmatsevt
xodimga dori vositasining tarkibi, dori shaklining
nomi va dorini tayyorlash
hamda berish to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida yoziladi. Lotincha
tekst retsept blankida
Rp.:
belgisi bilan boshlanadi, bu –
Recipe
(ol) ma’nosini
bildiradi. Undan keyin dorilarning nomi asosan qaratqich kelishigida yoziladi.
Har bir modda nomining o‘ng tomonida uning miqdori ko‘rsatiladi.
Retseptda
suyuq dori moddalar miqdori millilitrlar (ml) hisobida,
yumshoq va qattiq dori
moddalar esa grammlar hisobida belgilanadi (masalan: 1,0; 0,1; 0,01). Agarda
preparat tomchilarda dozalanadigan bo‘lsa, u holda tomchilarning miqdori
gtts.
(
guttas
– tomchi) so‘zidan keyin rim raqamlari bilan belgilanadi, masalan:
gtts
V.
Agarda preparatning dozasi ta’sir birliklarida
yoki xalqaro birliklarda
o‘lchanadigan bo‘lsa, u holda retseptda og‘irlik va hajm birliklari o‘rniga ta’sir
birliklari yoki xalqaro birliklar soni yoziladi (500.000 TB yoki XB). Agarda bir
nechta dori moddasining dozasi bir xil bo‘lsa, u holda Moddalarning o‘lchami
oxirgisining nomidan keyin bir marta
āā
(
ana
– teng miqdorda) so‘zidan keyin
- 81 -
yoziladi. Retseptning lotincha matni hamisha
S.
belgisi bilan tugallanadi.
Buning ma’nosi
Signa
(belgila, tushuntir) demakdir. Bundan keyin bemor uchun
doridan qanday foydalanishi to‘g‘risidagi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan o‘zbek yoki
rus tilidagi
Do'stlaringiz bilan baham: