O’quv darslik



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

29.
 
CYP 3A4ni ingibitori bo’lgan immunodepressant _______________
 
 
OSTEOPOROZ VA PODAGRADA 
QO’LLANILADIGAN DORI VOSITALAR 
 
Osteoporozda
1
suyaklarning massasi va zichligi kamayishi, ularning 
mikroarxitektonikasi o’zgarishi ularni mo’rtligini oshiradi va sinish xavfini 
ko’paytiradi va bu ko’pincha qari kishilarning nogiron bo’lib qolishi va 
muddatdan avval o’limiga sabab bo’ladi. Bunday bemorlarni davolash uzoq 
davom etadi va talaygina moliya sarfini talab qiladi. O’rta va katta yoshdagi 
odamlarda osteoporozni keng tarqalganligi ushbu patologiyani samarali 
davolash va oldini olishda qo’llaniladigan dori vositalarini yaratish bo’yicha 
izlanishlarini kuchayishiga olib keldi. 
Ma’lumki suyak to’qimasida
2
doimo yangilanish jaroyoni ketadi. Umr 
davomida suyaklar rezorbtsiyalanadi (osteoklastlar faoliyati xisobiga) va yangi 
suyak to’qimasini xosil qiladi (osteoblastlar bilan).Suyak to’qimasining massasi 
30 yoshda eng katta darajaga yetadi va keyin asta sekin kamyadi, 75yoshda u 
30-50 % gacha kamayishi mumkin. 
Osteoporoz suyakning rezorbtsiyasi va uni xosil bo’lishi orasidagi 
dinamik muvozanatni buzilishi tufayli yuzaga keladi. Ushbu muvozanat 
ko’pgina endogen: jinsiy gormonlar,qalqonsimon bez oldi gormoni, o’sish 
gormoni, kortikosteroid, kaltsitonin, vitamin D va uning metabolitlari, 


- 722 -
osteoklastlar faolliklarini boshqaruvchi maxsus oqsillar (osteoprotegeparin va 
boshqa), sitokininlar, kaltsiy ionlari bilan boshqariladi. Bundan tashqari 
suyaklarning normal massasi va tuzilishini saqlanishida mexanik yuklamalar va 
nasliy omillar muxim rol o’ynaydi. 
Osteoporozda ijobiy ta’sir ko’rsatadiganpreparatlar quyidagi guruxlarga 
bo’linadi. 
I. 
Gormonlar, ularning analoglari va xosilalari

1. Jinsiy gormonlar (esterogen, androgen) 
2. Kaltsitoninlar 
II. 
Vitamin D
3
ning faol metabolitlari va unumlari ( alfaKaltsidol, 
Kaltsitriol) 
III. 
Xayvon maxsulotlaridan tayyorlangan preparatlar (ossein gidroksiapatit) 
 
1
Osteoporozbirlamchi ( senilniy qarilikning) klimakterik (menapauzadan 
keyingi) 
va 
ikkilamchi 
(glyukokortikoid, 
geparin, 
tiroksin 
vako’pginaboshqapreparatlarniqo’llashtufayli,hamdaba’ziendokrinxastaliklarda(
tireotoksikoz, giperparatireoz, gipogonadizm) 
bo’ladi. Uzoq muddatli 
immobilizatsiya, vaznsizlik xolatlarida ham osteoporoz rivojlanishi mumkin. 
2
Suyak to’qimasining mineral qismi asosan 
gidroksiapatitdan
[Ca
10
(PO
4
)
6
(OH)
2

va organik qism
osteoid
(ossein-kollagen: nokollagen oqsil, lipidlar) dan tashkil 
topgan. 
 
 
IV. 
Sintetik birikmalar 
1. Bisfosfonatlar (etidronat, pamidronat, alendronat va boshqalar) 
2. Ftoridlar (natriy ftoridi,natriy monoftorfosfati) 
3. Kaltsiy tuzlari ( kaltsiy karbonati, sitrati va boshqalar) 
4. Strontsiy tuzlari (strontsiy ranelati) 


- 723 -
5. Anabolik steroidlar (retabolil, fenobolin) 
Yuqorida qayd etilgan moddalarning farmakoterapevtik samarodorligi ularning 
suyak xosil bo’lishi va ularning rezorbtsiyasi orasidagi buzilgan muvozanatni 
qay darajada tiklash xossalari bilan bog’liqdir. Preparatlarning asosiy 
yo’nalishidan kelib chiqqan xolda ularni quyidagicha tasniflash mumkin. 
Suyak to’qimasini rezorbsiyasini 
to’xtatuvchi vositalar 
Suyak to’qimasini xosil bo’lishi va 
mineralizatsiyasiga imkoniyat yaratuvchi 
vositalar 
Esterogenlar,
Kaltsitonin,
Bifosfonatlar 
Ftor 
preparatlari 
Anabolik steroidlar 
Ossein gidroksiapatit
Kaltsiy tuzlari
1
Strontsiy tuzlari,
vitamin D
3
1
ning faol metabolitlari va unumlari 
Osteoporoz odatda qari yoshdagi insonlarda rivojlanadi va asosan jinsiy 
gormonlar ishlab chiqarilishini kamayishi bilan bog’liq. Osteoporoz bilan 
ko’proq 50-55 yoshdagi va undan kattaroq yoshdagi ayollar xastalanadilar. Bu 
menopauza davrida quzatiladigan esterogenlar yetishmovchiligi bilan bog’liq. 
Osteoporoz rivojlangan ayolarning 1/3-1/6 da suyaklarning sinishi kuzatiladi.
Ushbu xolatlarda asosiy profilaktik vosita bo’lib,esterogenlar hisoblanadi. 
Ularni 5-10yil davomida qo’llab turish lozim. Estrogenlar osteoklastlarga salbiy 
ta’sir ko’rsatib, suyak to’qimasining rezorbtsiyasini kamaytiradilar. 
Bunda 
ko’krak 
bezi 
va 
bachadon 
rakining 
rivojlanishini 
ko’payishitaxminini inobatga olib, esterogenlarni gestagenlar bilan birgalikda 
qo’llash maqsadga muvofiq xisoblanadi. 
Ularni birgalikda qo’llash, qayd etilgan xavfli o’smalarning rivojlanish 
xavfini kamaytiradi deb xisoblandi. Menopauzadan keyingi osteoporozda 
vitamin D
3
ning faol metabolitlari, bisfosfonatlar, kaltsitonin, strontsiy tuzlari va 
suyak to’qimasi rezorbtsiyasini susaytiruvchi va uning xosil bo’lishini 
rag’batlantiruvchi boshqa preparatlar ham qo’llanadi. Kaltsiy gomeostazini 


- 724 -
tabiiy boshqaruvchilardan biri bo’lib kaltsitonin gormoni xisoblanadi 
(qalqonsimon bezning maxsus xujayralari ishlab chiqaradi). Uning ta’siri 
asosan suyak to’qimasiga yo’naltirilgan: u osteoklastlar faolligini pasaytirib 
suyak rezorbtsiyasini kamaytiradi. Kaltsitoninni turli preparatlari yaratilgan: 
sintetikinson kaltsitonini (sibakaltsin), cho’chqaning kaltsitonini (Kaltsitrin), 
lososni sintetik kaltsitonini (miakaltsik), ilon-baliq kaltsitonini (elkatonin). 
Tibbiyot amaliyotida miakaltsikeng ko’p qo’llaniladi. U teri ostiga, mushak 
ichiga va intranazal(sprey) kiritiladi. Kaltsitonin qonda kaltsiy miqdorini 
kamaytirganligi sababidan, kaltsiy tuzlarini qo’shimcha kiritish lozim.
Miakaltsikni menopauzadan keyingi, senil, kortikosteroidlar ta’sirida yuzaga 
kelgan 
osteoporozda 
qo’llaniladi. 
Kaltsiy 
almashinuviga 
ta’siridan 
tashqari,kaltsitonin yaqqol og’riq qoldirish xossasiga ham egadir. Shu sababli 
kaltsitonin preparatlarini og’riq bilan kechuvchi osteoporozlarda qo’llash 
maqsadga muvofiqdir. 
Noxush ta’sirotlari ko’pgina bo’lib, ko’ngil aynishi, ishtaxani pasayishi, terining 
qizarishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bir qancha bemorlarda preparatga 
rezistentlik rivojlanadi ( antitelolar xosil bo’lishi yoki miokaltsik ta’sir etuvchi 
retseptorlarni kamayishi tufayli) 
Davolashni tanaffus bilan o’tkazilsa preparatga chidamlilik rivojlanish 
extimoli kamayadi. Bu borada har-xil manbalardan olingan preparatlarni 
qo’llash mumkin. Teriparatidni (inson paratireoid gormoni aminokislotalardan 
tashkil topgan qismi PTGI-34) kichik dozada, bo’lib-bo’lib qo’llanganda 
osteoblastlarni rag’batlantiradi va suyak trabekulalarini zichligini oshirib, 
osteoporozning kechishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Ammo bu ma’lumotlar 
qo’shimcha tekshiruvlarni talab qiladi.
Kaltsiyni boshqarishda vitamin 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish