O’quv darslik


ME’DA FUNKSIYALARINI BUZILISHIDA QO‘LLANUVCHI



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/482
Sana27.03.2022
Hajmi12,93 Mb.
#513455
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   482
Bog'liq
Xarkeevich o\'zbekcha

ME’DA FUNKSIYALARINI BUZILISHIDA QO‘LLANUVCHI 
VOSITALAR. 
Me’daning sekretor va motor funksiyalari adashgan nerv va MIT 
gormonlari orqali boshqariladi. M-n: gastrin, gistamin. Adashgan nervni 
qo‘zg‘atilsa, me’da sekretsiyasi kuchayadi. Ko‘pgina organizmda hosil 
bo‘luvchi moddalar (sekretin, xoletsistokinin–pankreozimin, prostaglandin E
2

ichak tomirlarini faollashtiruvchi peptid VIP va me’da sekretsiyasini 


- 482 -
susaytiruvchi peptid GIP) aksincha me’da sekretsiyasini pasaytiradi. (VIP- 
Vasoactive intestinal peptide), (GIP-Gastric inhibitory peptide) 
Me’da shirasining ovqat hazm qilish xususiyatini keraklicha ta’minlash 
uchun, me’da bezlariga farmakologik ta’sir ko‘rsatishi kerak. Ushbu bezlarni 
faolligi susayganda, kuchaytiruvchi vositalar yoki o‘rnini oluvchi vositalar 
qo‘llashi kerak .Giperfunksiyasida esa, aksincha ingibitorlar qo‘llaniladi.
Gastrin, gistamin va ekstraktiv moddalar asosan tashxis qo‘yish 
maqsadida qo‘llaniladi. Agar me’da sekretsiyasining susayishi funksional 
o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ushbu vositalar me’da shirasini 
ajralishini kuchaytiradilar, lekin organik jarohat tufayli bo‘lsa, bunday 
bo‘lmaydi. Tashxis uchun eng yaxshi vosita bo‘lib, gastrin hisoblanadi. U ovqat 
qabul qilingandan keyin me’daning antral qismida hosil bo‘lib, qonga so‘riladi 
va me’daning fundal qismidagi bezlarga ta’sir ko‘rsatib, ularda sekretsiya 
jarayonini kuchaytiradi. Gastrin ta’sir kuchi bo‘yicha gistamindan ancha kuchli 
bo‘lib, tanlab ta’sir etadi. Gastrin gistamin kabi Nsl va pepsinogenni, Kaslning 
ichki omilini ajralishini, hamda me’da osti bezi sekretsiyasi va o‘t hosil 
bo‘lishini kuchaytiradi. Tibbiyot amaliyotida sintetik gastrin-pentagastrin
qo‘llaniladi. U 2 polipeptiddan iborat bo‘lib, har biri 5 ta aminokislotadan 
iborat, gastrin molekulasi esa 17 aminokislotadan iborat. 
GISTAMIN
– H
2
retseptorlarini qo‘zg‘atib, me’da shirasi va uning 
javharliligini kuchli darajada oshiradi. Gistaminning ta’sir doirasi keng. U qon 
bosimini pasaytiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshiradi, bronxospazm 
chaqiradi, ichak spazmiga olib keladi. Shu sababli gistaminni kiritishdan avval, 
bemorlarga antigistamin vosita beriladi, chunki ular gistaminning me’da 
shirasiga ta’siridan boshqa o‘zgarishlarni bartaraf etadilar. CO
2
gazi bilan 
gazlangan ma’danli suvlar ham me’da sekretsiyasini oshiradilar va ular davo 
sifatida qo‘llaniladi. Me’da shirasini ishlab chiqarish keskin kamaysa yoki 
umuman ishlab chiqarilishi to‘xtasa, uning o‘rniga tabiiy me’da shirasi (Succus 
gastricus naturalis), pepsin (Pepsin – 0.2-0.5 g), suyultirilgan xlorid 


- 483 -
kislotasini(Acidum hydrochloridum dilutum) ishlatish mumkin. Tabuletta 
Acidum-pepsini (1qism pepsin va 4 qism atsidin–betain gidroxolidindan iborat 
bo‘lib, me’dada gidrolizlanadi va erkin HCl hosil bo‘ladi). Tabobatda me’da 
shirasi, atsedin-pepsin tabletkalari va pepsin asosan axiliya, gipoatsid holatlarda 
qo‘llaniladi . 
ME’DA BEZLARI SEKRETSIYASINI KAMAYTIRUVCHI VOSITALAR. 
Bu guruh vositalari me’da shirasi miqdorini kamaytiradilar va asosan 
giperatsid holatlarda, me’da va 12 barmoq ichak yara xastaligida qo‘llaniladi. 
Bunday vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:
1.
Xolinoretseptorlarni bloklovchi vositalar: 
a)
tanlab ta’sir etmaydigan M-xolinoblokatorlar 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   482




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish