O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet15/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

8-rasm. Dumg’aza suyagi
A-old tomoni: 1-basis ossis sacri; 2-processus articularis superior; 3-pars lateralis; 4-linae transversae; 5-forr. sacralia pelvina; 6- apex ossis sacri.
B-orqa tomoni: 1-canalis sacralis; 2-processus articularis superior; 3-tuberositas sacralis; 4-crista sacralis intermedia; 5-crista sacralis mediana; 6-hiatus sacralis; 7-cornu sacralis; 8-forr. sacralia dorsalia; 9-crista sacralis lateralis. joylashgan. Orqa dumg’aza teshiklaridan tashqarida yon qismlar (partes lateralis) joylashgan. Undagi quloqsimon yuza (facies auricularis) yonbosh suyagidagi shunday yuza bilan bo’g’im hosil qiladi. Uning yuqori qismida boylamlar va mushaklar birikadigan dumg’aza do’ngligi (tuberositas sacralis) bor. Dumg’aza umurtqalarining teshiklari o’zaro qo’shilib dumg’aza kanalini (canalis sacralis) hosil qiladi. Bu kanal pastga tomon torayib kanaldan chiqish teshigi (hiatus sacralis) bo’lib tugaydi. Uning ikki tomonidagi bo’g’m o’simtalari dumg’aza shoxini (cornu sacralis) hosil qiladi.


Dum umurtqalari (vertebra coccygeae) 3-5 ta. Ular katta odamda o’zaro birikib uchburchak shaklidagi dum suyagini (os coccygis) hosil qiladi. U oldinga qarab bukilgan bo’lib, asosi yuqoriga uchi esa pastga qaragan. I dum umurtqasida dumg’aza suyagi bilan bo’g’im hosil qiladigan uncha katta bo’lmagan tanadan tashqari dum shoxi (cornu coccygeum) ham bor.
Umurtqalarning rentgenoantomiyasi. To’g’ri rentgenogrammada umurtqalarning tanasi aniq chegarali to’rtburchakli soya ko’rinishida. Ularning ustki va pastki chekkalari tekis. Umurtqalarning g’ovak moddasining tarkibi, asosan ko’ndalang o’simtalari, kamroq qirrali va bo’g’im o’simtalari ko’rinadi. Umurtqalararo disklar umurtqalar orasida yorug’liklar hosil qiladi. Bo’yin umurtqalarining tanasi uncha baland emas, ustki yuzasi biroz botiq. Ularning qirrali o’simtalari uncha katta bo’lmagan ayri shaklidagi soya beradi. Yon proektsiyada atlantning oldingi va orqa ravog’i, aksisning tishi, uning uchi, atlantning oldingi ravog’i bilan birikadigan yuzasi aniq farqlanadi. I va II ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalari shu umurtqalar sohasida ko’rinadi. Pastki ko’krak umurtqalariniki asta-sekin pastga yo’nalib, pastki umurtqalar tanasi va umurtqalararo disklar sohasida ko’rinadi. Ko’krak umurtqalarning qirrali o’simtalari uchburchak shaklidagi ingichka hoshiya ko’rinishida. Ularning ko’ndalang o’simtalari qovurg’aning orqa qismlariga qavatlanadi. Yon proektsiyada tananing orqa tomonida har bir umurtqaning yoyi va qirrali o’simtalari soyasi yaxshi ko’rinadi. To’g’ri proektsiyada bel umurtqalarining tanasi to’g’ri burchakli shaklda. Tananing yon tomonida ko’ndalang o’simtalar soyasi bor. Yon proektsiyada bel umurtqalari tanasi, bo’g’im va qirrali o’simtalari va umurtqalararo yoriqlar aniq ko’rinadi. Umurtqalarning tanasi katta to’rt burchakli shaklda, oldingi yuzasi bukilgan. Umurtqalararo yoriqlar keng, ravoqlar va umurtqalararo teshiklar aniq ko’rinadi. To’g’ri proektsiyada dumg’aza suyagi asosi yuqoriga, uchi pastga yo’nalgan keng pona shaklida. Oldingi dumg’aza teshiklari yumaloq yoki cho’zinchoq shaklda aniq ko’ringan bo’lib, dumg’azani o’rta va yon qismlarga ajratadi. Dumg'azaning tuzilishi mayda katakchali suyak tuzilishida. Dumg'aza umurtqalarining birikib ketgan qirrali o’simtalari o’rta chiziqda tekis ko’rinishga ega bo’lmagan ingichka chiziq hosil qiladi. Yon proektsiyada dumg’azaning oldingi yuzasi silliq, orqasi tekis emas. Tanasining orqasida bo’ylama yorig’ shaklidagi dumg’aza umurtqalarining ravoqlari dumg’aza kanali soyasi ko’rinadi. To’g’ri proektsiyada dum umurtqalari dumg’aza uchi ostida o’rta sathda ko’rinadi. Birinchi dum umurtqasi boshqalardan katta va keng. Yon rentgenogrammada dum umurtqalari dumg’azaning bevosita davomi bo’lib, bir-birini ustida joylashgan to’rtburchak soya shaklida ko’rinadi.


Umurtqalarning taraqqiyoti va bolalardagi xususiyatlari

Umurtqalar sklerotomning skelet mezenximasidan homila tanasining segmentlariga mos ravishda taraqqiy etadi. Ular taraqqiyotning uch davrini o’tadi. Birinchi davrda mezenxima asta-sekin o’sib, orqa tor (chorda dorsalis) va nerv nayini o’rab birlamchi (parda) umurtqani hosil qiladi. Odam homilasida 38 ta umurtqa paydo bo’lib, ular 7 ta bo’yin, 13 ta ko’krak, 5 bel va 12-13 ta dumg’aza va dum umurtqalaridan iborat. Homila taraqqiyoti davrida oxirgi ko’krak umurtqasi I bel, oxirgi bel umurtqasi esa I dumg’aza umurtqasiga aylanadi. Keyinchalik dum umurtqalari yo’qolib ketib, bola tug’ilishi vaqtida 33-34 ta umurtqa qoladi. Homila hayotining 5-haftasida umurtqalar tanasi va ravoqlarida alohida tog’ay to’plamlari paydo bo’ladi. Keyinchalik ular o’zaro qo’shilib tog’ay umurtqani hosil qiladi. Umurtqalarning suyaklanish jarayoni homila hayotining 2 oyi oxiri, 3 oyining boshida boshlanib, ma’lum bir tartibda boradi. Suyaklanish 3-bo’yin umurtqasidan boshlanib pastga qarab 4-bel umurtqasigacha davom etadi. Bu davrda yuqoridagi umurtqalarning tog’ay modelida 3 ta suyak nuqtasi: umurtqa youining ikkala bo’lagida va tanasida payda bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolaning 3-7 bo’yin, ko’krak va bel umurtqalari shakl jihatidan kattalarnikiga o’xshaydi, ammo (9-rasm) ko’p qismi tog’aydan iborat. Ularning yoyiida joylashgan suyak nuqtalari o’zaro tog’ay qatlamlar vositasida ajrab turadi. Bola hayotining birinchi ikki yilida har bir yarim umurtqa yoyi suyaklanadi va bo’g’im o’simtasi hosil bo’ladi. Uch yoshda yarim yoylar o’zaro birikib qirrali o’simtani hosil qiladi va umurtqa kanalining orqa tomoni yopiladi. Bu birikish 3-bo’yin umurtqasidan to 4-bel umurtqasigacha ketma-ket bo’ladi. 3-7 yoshlarda umurtqa ravoqlari tanasi bilan yuqoridagi ketma-ketlikda qo’shiladi va umurtqa kanali osishdan to’xtaydi. 16-17 yoshda umurtqalar suyaklanib bo’ladi, ammo ko’ndalang, bo’g’im, qirrali o’simtalarning uchlarida, tananing ustki va pastki yuzasi qirralarida tog’ay to’qimasi bo’lib, ularda qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’ladi. Ular umurtqa bilan 18-20 yoshda qo’shiladi.


Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish