O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet18/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

(costae spurae) deyiladi. XI-XII juft qovurg’alarning tog’ayi qisqa bo’lib, ular qorin mushaklari orasida joylashadi va yetim qovurg’alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Har bir qovurg’aning orqa uchida boshchasi (caput costae) bo’lib, unda ko’krak umurtqalari tanasidagi qovurg’a chuqurchasi bilan bo’g’im hosil qiladigan bo’g’im yuzasi (facies articularis capitis costae) bor. II-X qovurg’alarning boshchasi ikkita qo’shni umurtqalar bilan birikkani uchun bo’g’im yuzasini qovurg’a boshi qirrasi (crista capitis costae) ikkiga ajratib turadi. Bu qirradan qovurg’a boshchasini ko’krak umurtqasiga mustahkamlovchi boylam boshlanadi. I, XI, XII qovurg’alar boshchalari faqat bitta qovurg’a bilan birikkani uchun ularda bu qirra bo’lmaydi. Boshchadan keyin toraygan qovurg’a bo’yni (collum costae) bo’lib, uning yuqori chekkasida qirra (crista colli) bor. Bo’yinning tanaga o’tish joyida qovurg’a bo’rtig’i (tuberculum costae) bor. Uning bo’g’im yuzasi (facies articularis tuberculi costae) umurtqaning ko’ndalang o’simtasidagi qovurg’a bo’rtig’i chuqurchasi bilan bo’g’im hosil qiladi. XI, XII qovurg’alarda bo’rtig’i va bo’g’im yuzasi bo’lmaydi. Qovurg’a bo’yni va bo’rtig’i uning eng uzun qismi qovurg’a tanasiga (corpus costae) davom etadi. Qovurg’a tanasi bo’rtiqdan keyin oldinga bukilib qovurg’a burchagini (angulus costae) hosil qiladi. Birinchi ikkita qovurg’ada burchak qovurg’a bo’rtig’iga to’g’ri kelsa, keyingi qovurg’alarda burchak bilan qovurg’a bo’rtig’i orasidagi masofa uzoqlasha boradi. Qovurg’a tanasi yassi bo’lib, tashqi va ichki yuzasi, ustki va pastki qirralari tafovut qilinadi. Ichki yuzaning pastki qirrasi bo’ylab, qovurg’alararo qon tomirlar va nerv yotadigan qovurg’a egati (sulcus costae) o’tadi. I qovurg’ada ustki va pastki yuzalari, ichki va tashqi qirralari tafovut qilinadi. Uning yuqori yuzasida oldingi narvonsimon mushak bo’rtig’i (tuberculum m. scaleni anterioris) bor. Uning orqasida yaxshi bilingan o’mrov osti arteriyasi egati (sulcus arteriae subclaviae), oldida esa o’mrov osti venasi egati (sulcus venae subclaviae) bor.
Umurtqalarning ventral ravoqlari yon tomonga yo’l hosil qilib o’sib, miotomlarning ventral qismi orasiga kiradi va qovurg’alarni hosil qiladi. Qovurg’alar umurtqa va to’sh suyagiga nisbatan erta suyaklanadi. Homila hayotining 6-8 haftasida VI-VIII qovurg’alar burchagida, keyin boshqa qovurg’alarda suyak nuqtalari paydo bo’ladi. Bu suyak nuqtasi ikki tomonga qarab tarqalib tez orada qovurg’a tanasini egallaydi.
Yangi tug’ilgan bolada 7 juft chin, 2 juft yolg’on va 3 juft yetim qovurg’a bor. Uning qovurg’asi ikki: suyak va tog’ay qismlardan iborat. Bu qismlarning bir-biriga nisbati kattalarnikiga o’xshaydi. Qovurg’a boshchasi va bo’rtig’i tog’aydan, bo’yni tog’ay va suyak qismlardan iborat. Qovurg’a tanasi yumaloq, burchagi va egati yaxshi bilinmaydi. Erta bolalik davrida qovurg’alarning o’sishi tezlashadi. Uning orqa qismi bo’yni hisobiga uzayadi. Oldingi qismi tez o’sib, tanasi yassilanadi va ichkariga qarab buriladi.
Bolalikni birinchi davrida qovurg’a o’sishda davom etadi va uning burchagi aniq bilinadi. Bolalikning ikkinchi davrida qovurg’a boshi va bo’rtig’i uchun qo’shimcha suyak nuqtalari paydo bo’lib, tana bilan 18-25 yoshda birikadi. Balog’at davrida X qovurg’a tog’ayi qovurg’a ravog’i bilan qo’shiladi va 7 juft chin, 3 juft yolg’on va 2 juft yetim qovurg’a hosil bo’ladi.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish