Qo’lning erkin qismi suyaklari Yelka suyagi Yelka suyagi (humerus) uzun naysimon suyaklar (15-rasm) turkumiga kiradi. Unda tanasi (corpus humeri) va ikkita: yuqorigi (proksimal) va pastki (distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan sharsimon boshchasi (caput 15-rasm. Yelka suyagi
1-caput hymeri;
2- tuberculum minus;
3-sulcus intertubercularis;
4- collum chirurgicum;
5-fossa coronoidea;
6- epicondylus medialis;
7- trochlea humeri;
8- capitulum humeri;
9-fossa radiali.
10-tuberositas deltoidea;
11-sulcus intertubercularis;
12-tuberculum majus;
13-collum ananomicum.
humeri) bor. Uning chekkasidan uncha chuqur bo’lmagan egat-anatomik
bo’yni (collum anatomicum) o’tadi. Bu egat boshchani tashqariroq joylashgan katta bo’rtiq (tuberculum majus) va undan oldinda joylashgan kichik bo’rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi. Har bir bo’rtiqdan pastga qarab katta va kichik bo’rtiq qirralari (crista tuberculi majoris et minoris)ketadi. Bo’rtiqlar va qirralar o’rtasida bo’rtiqlararo egat (sulcus intertubercularis) bo’lib, unda yelka ikki boshli mushagi uzun boshining payi yotadi. Bo’rtiqlardan pastroqda hirurgik bo’yni (collum chirurgicum) joylashgan. Suyak tanasi yuqori qismida tsilindrsimon bo’lib, pastda uch qirrali. Bu qismida oldingi ichki yuza (facies anterior medialis), oldingi
tashqi yuza (facies anterior lateralis) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi. Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan ichki qirra (margo medialis) va tashqi qirra (margo lateralis) vositasida ajrab turadi. Suyak tanasining o’rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak birikadigan bo’rtiq (tuberositas deltoideus) joylashgan. Deltasimon bo’rtiqdan pastda suyakning orqa yuzasida spiralsimon bilak nervi egati (sulcus nervi radialis) o’tadi. Bu egat suyakning ichki qirrasidan boshlanib, uning orqa yuzasini aylanib o’tib tashqi qirrasida tugaydi. Yelka suyagining pastki uchi kengayib yelka suyagi do’ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi. Uning ichki tomonida tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi g’altagi (trochlea humeri), tashqi tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capitulum humeri) bor. Old tomonda g’altak ustida tojsimon chuqurcha (fossa coronoidea), boshcha ustida kichikroq bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan. Orqa tomonda g’altak ustida katta tirsak o’simtasi chuqurchasi (fossa olecrani) joylashgan. Yelka suyagi do’ngini ichki va tashqi tomonlarida ichki va tashqi o’simtalar (epicondulus medialis et lateralis) bor. Ichki o’imtaning orqa yuzasida tirsak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o’tadi. Yuqori tomonga ichki o’simta ichki o’simta qirrasi (crista supracondularis medialis) bo’lib, yelka suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Tashqi o’simta yuqoriga qarab tashqi o’simta qirrasinini (crista supracondularis lateralis) hosil qilib, yelka suyagining tashqi qirrasiga o’tib ketadi.