O’quv adabiyoti


Qo’lning erkin qismi suyaklari



Download 43,86 Mb.
bet23/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Qo’lning erkin qismi suyaklari
Yelka suyagi
Yelka suyagi (humerus) uzun naysimon suyaklar (15-rasm) turkumiga kiradi. Unda tanasi (corpus humeri) va ikkita: yuqorigi (proksimal) va pastki (distal) uchlari tafovut qilinadi. Uning yuqori uchida ichkariga va biroz orqaga qaragan sharsimon boshchasi (caput

15-rasm. Yelka suyagi
1-caput hymeri;
2- tuberculum minus;
3-sulcus intertubercularis;
4- collum chirurgicum;
5-fossa coronoidea;
6- epicondylus medialis;
7- trochlea humeri;
8- capitulum humeri;
9-fossa radiali.
10-tuberositas deltoidea;
11-sulcus intertubercularis;
12-tuberculum majus;
13-collum ananomicum.





humeri) bor. Uning chekkasidan uncha chuqur bo’lmagan egat-anatomik
bo’yni (collum anatomicum) o’tadi. Bu egat boshchani tashqariroq joylashgan katta bo’rtiq (tuberculum majus) va undan oldinda joylashgan kichik bo’rtiqdan (tuberculum minus) ajratib turadi. Har bir bo’rtiqdan pastga qarab katta va kichik bo’rtiq qirralari (crista tuberculi majoris et minoris) ketadi. Bo’rtiqlar va qirralar o’rtasida bo’rtiqlararo egat (sulcus intertubercularis) bo’lib, unda yelka ikki boshli mushagi uzun boshining payi yotadi. Bo’rtiqlardan pastroqda hirurgik bo’yni (collum chirurgicum) joylashgan. Suyak tanasi yuqori qismida tsilindrsimon bo’lib, pastda uch qirrali. Bu qismida oldingi ichki yuza (facies anterior medialis), oldingi
tashqi yuza (facies anterior lateralis) va orqa yuza (facies posterior) tafovut qilinadi. Suyakning orqa yuzasi ikkala oldingi yuzasidan ichki qirra (margo medialis) va tashqi qirra (margo lateralis) vositasida ajrab turadi. Suyak tanasining o’rtasidan yuqori qismida deltasimon mushak birikadigan bo’rtiq (tuberositas deltoideus) joylashgan. Deltasimon bo’rtiqdan pastda suyakning orqa yuzasida spiralsimon bilak nervi egati (sulcus nervi radialis) o’tadi. Bu egat suyakning ichki qirrasidan boshlanib, uning orqa yuzasini aylanib o’tib tashqi qirrasida tugaydi. Yelka suyagining pastki uchi kengayib yelka suyagi do’ngini (condulus humeri) hosil qilib tugaydi. Uning ichki tomonida tirsak suyagi bilan birlashuvchi yelka suyagi g’altagi (trochlea humeri), tashqi tomonida esa bilak suyagi bilan birlashuvchi yelka boshchasi (capitulum humeri) bor. Old tomonda g’altak ustida tojsimon chuqurcha (fossa coronoidea), boshcha ustida kichikroq bilak suyagi boshchasi chuqurchasi (fossa radialis) joylashgan. Orqa tomonda g’altak ustida katta tirsak o’simtasi chuqurchasi (fossa olecrani) joylashgan. Yelka suyagi do’ngini ichki va tashqi tomonlarida ichki va tashqi o’simtalar (epicondulus medialis et lateralis) bor. Ichki o’imtaning orqa yuzasida tirsak nervi egati (sulcus nervi ulnaris) o’tadi. Yuqori tomonga ichki o’simta ichki o’simta qirrasi (crista supracondularis medialis) bo’lib, yelka suyagining ichki qirrasiga davom etadi. Tashqi o’simta yuqoriga qarab tashqi o’simta qirrasinini (crista supracondularis lateralis) hosil qilib, yelka suyagining tashqi qirrasiga o’tib ketadi.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish