Mushaklar haqidagi ilm-miologiya
Umumiy ma’lumotlar
Tananing har bir harakati organizmda bo’lgan ko’ndalang targ’il mushak tolalarining qisqarishi natijasida paydo bo’ladi. Tana mushaklari suyaklarga birikib, ularni harakatga keltiradi. Ular tana bo’shliqlari devorini hosil qilishda ishtirok etadi va ba’zi bir ichki a’zolar (yutqin, qizilo’ngachning yuqori qismi, hiqildoq, to’g’ri ichakning pastki qismi) devorlari tarkibiga kiradi. Skelet mushaklari yordamida odam harakat qiladi va muvozanat saqlaydi, nafas oladi, ovqatni yutadi va mimikasini o’zgartiradi. Katta odamning skelet mushaklari gavda og’irligini 40%, yangi tug'ilgan bolada 20-22% tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |