O’quv adabiyoti



Download 43,86 Mb.
bet44/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

34-расм. pastki jag’.
1-processus condylaris;
2-processus coronoideus;
3-protuberantia mentalis;
4-for mentale;
5-linea obliqua;
6-linea mylohyoidea;
7-tuberositas masseterica;
8-collum mandibulae;
9-tuberositas pterygoidea.

Pastki jag’ suyagini shoxi (ramus mandibulae) tanasi bilan o’tmas burchak (angulus mandibulae) hosil qilib birikadi. Unda oldingi, orqa chekkalari va ichki, tashqi yuzalari tafovut qilinadi. Uning tashqi yuzasida chaynov bo’rtmasi (tuberositas masseterica), è÷êè þçàñèäà qanotsimon bo’rtma (tuberositas pterygoidea) bor bo’lib, ularga shu nomdagi mushaklar birikadi. Suyak shoxi ikki: oldingi tojsimon o’simta (processus coronoideus) va orqa bo’g’im o’simtasi (processus condylaris) hosil qilib tugaydi. Ularning o’rtasida pastki jag’ o’ymasi (incisura mandibulae) bor. Bo’g’im o’simtasida suyak boshchasi (caput mandibulae) va toraygan bo’yni (collum mandibulae) bo’lib, bo’ynining oldingi yuzasida qanotsimon chuqurcha (fovea pterygoidea) joylashgan. Suyak shoxining ichki yuzasida tilcha (lingula mandibulae) bilan chegaralangan pastki jag’ teshigi (foramen mandibulae ) bo’lib, pastki jag’ kanaliga (canalis mandibulae) davom etadi.


Yangi tug’ilgan bolaning pastki jag’ suyagi o’zaro biriktiruvchi to’qimali qatlam vositasida ajralgan ikki bo’lakdan iborat. Pastki jag’ tanasining asosi yaxshi takomillashmagan bo’lib, unda tish kurtaklari bor. Engak do’mbog’i va o’simtasi yo’q. Tananing alveolyar qismi yaxshi bilinmagan. Pastki jag’ning tanasi shoxi bilan 140-150o burchak hosil qilib qo’shiladi. Bo’g’im o’simtasi kam rivojlangan bo’lib, bo’yni qisqa va yo’g’on. Qisqa boshchasi tog’aydan iborat ko’ndalangiga cho’zilgan. Tojsimon o’simtasi nisbatan yaxshi rivojlangan, pastki jag’ o’ymasi keng. Emizikli davrda suyak tez o’sadi, uning tanasi va shoxi kattalashadi. Bu davrda pastki jag’ni ikkala bo’lagi o’zaro qo’shilib bitta suyakni hosil qiladi. Kurak tishlar chiqishi munosabati bilan alveolyar o’simtaning oldingi qismi o’sadi. Pastki jag’ o’simtalari va bo’yni uzayadi, ammo relefi hali aniq emas. Erta bolalik davrida suyakning tanasi uzayadi, uning balandligi kattalashadi, burchagi 125-130o ga kamayadi. Bolalikning ikkinchi davrida pastki jag’ suyagining tashqi relefi yaxshi bilinadi va kattalarnikiga o’xshab qoladi. 20 yoshlarda suyak tanasi va shoxi o’rtasidagi burchak to’g’ri burchakka yaqinlashadi va uni shoxi vertikal joylashadi.
Til osti suyagi (os hyoideum) bo’yinda pastki jag’ suyagi bilan hiqildoq o’rtasida joylashgan. Unda tanasi, katta va kichik shoxlari tafovut qilinadi.
Suyak tanasi (corpus) bukilgan plastinka shaklida bo’lib old tomoni ko’tarilgan, orqasi botiq. Tananing o’ng va chap tomonidan yuqoriga va orqaga yo’nalgan katta shoxlari (cornua majora) boshlanadi. Kichik shoxlari (cornua minora) esa tanadan yuqoriga va orqaga qarab chiqadi.
Til osti suyagi yangi tug’ilgan bolada kattalarnikiga o’xshash shaklga ega bo’ladi. Bolalikning birinchi va ikkinchi davrlarida suyak ancha sezilarli o’sib, balog’at davrida uning kichik shoxlarida suyak nuqtasi paydo bo’ladi va uning qismlari o’zaro 25-30 yoshlarda qo’shiladi.

Butun kalla


Kallaning miya qismi kalla tom qismi va tubi yoki asosidan iborat. Ular o’rtasidagi chegara kallaning tashqi tomonida tashqi ensa bo’rtig’idan boshlanib, yuqorigi ensa chizig’i bo’ylab so’rg’ichsimon o’simta asosiga, undan tashqi eshituv yo’li ustidan yonoq ravog’i va ko’z kosasi usti qirrasi bo’ylab peshona burun chokigacha boradigan shartli chiziqdan iborat.
Kallaning tom qismini (calvaria) peshona, ensa va chakka suyaklarining palla qismlari, tepa suyaklari, ponasimon suyak katta qanotini lateral bo’laklari hosil qiladi. Kalla tom qismini tashqi yuzasida tepa suyaklarining sagittal chekkalari o’rtasida sagittal chok (sutura sagittalis) joylashgan. Frontal sathda peshona suyagi pallasi bilan tepa suyaklari o’rtasida esa tojsimon chok (sutura coronalis) o’tsa, tepa suyaklari bilan ensa suyagi pallasi o’rtasida lambdsimon chok (sutura lambdoidea) yotadi. Kalla tomini yon yuzasini ikki tomonida tepa suyagining tangasimon chekkasi bilan chakka suyagi pallasi o’rtasida tangasimon chok (sutura squomosa) bor.
Kalla tomining ichki yuzasida yuqoridagi choklardan tashqari bosh miya pushtalarining botishidan hosil bo’lgan barmoq izlari, arteriya va vena egatlari (sulci arteriosi et venosi) bor.
Kalla asosida ham tashqi va ichki yuza tafovut qilinadi.



Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish