O’quv adabiyoti


Suyaklarning tasniflanishi



Download 43,86 Mb.
bet10/72
Sana04.06.2022
Hajmi43,86 Mb.
#637183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72
Bog'liq
AXMEDOV A.G’.Odam anatomiyasi 1

Suyaklarning tasniflanishi
Har bir suyak (os) alohida a’zodir. U suyak moddadan iborat bo’lib, tashqi tomondan suyak parda bilan qoplangan, ichida esa suyak iligi joylashgan. Tuzilishi jihatidan suyaklar naysimon, g’ovak, yassi, aralash va havo saqlovchi suyaklarga bo’linadi. Suyaklar o’zaro tuzilishi, vazifasi va taraqqiyoti bilan farq qiladi.
Naysimon suyaklar qo’l va oyoq skeletini tashkil qilib tayanch vazifasini bajaradi. Ular ikki guruhga: 1.uzun naysimon (yelka, bilak, son va boldir) suyaklar; 2) qisqa naysimon (qo’l, oyoq kafti va barmoq falangalari) suyaklarga bo’linadi. Naysimon suyaklar richag harakatini bajarib, tayanch va mudofa vazifasini bajaradi. Bu suyaklarning o’rta qismi tanasi-diafizi (diaphysis) tsilindr yoki uchburchak shaklida. Naysimon suyaklarning tanasida suyak iligi kanali bor. Ularning kengaygan uchi-epifiz (epiphysis) deb ataladi. Unda qo’shni suyak bilan birlashuvchi bo’g’im yuzasi (facies articularis) bo’lib, u bo’g’im tog’ayi bilan qoplangan. Epifiz asosan g’ovak moddadan tuzilgan bo’lib, ustidan yupqa zich modda qoplagan. Suyakni g’ovak moddasi sohasida uni hosil qiluvchi suyak to’sinlari orasida bolalarda va kattalarda qizil ilik joylashgan bo’ladi. Diafizni epifizga o’tish joyi metafiz (metaphisis) deyiladi. Bu sohada zich modda yupqalashib kamayib boradi va metafiz g’ovak tuzilishga ega.
G’ovak tuzilishga ega suyaklar uzun va kalta suyaklarga bo’linadi. Uzun siyaklarga to’sh suyagi va qovurgalar kiradi. Kalta suyaklarga kaft usti va tovon oldi suyaklari kirib ular ko’p qirrali shaklga ega.



A B
1-rasm Skeletning old tomondan ko’rinisi.
A-katta odamniki. B-chaqaloqniki.
1-kalla; 2-umurtqa pog’onasi; 3-o’mrov suyagi; 4-qovurg’a; 5-to’sh suyagi; 6-yelka suyagi; 7-bilak suyagi; 8-tirsak suyagi; 9-kaft usti suyaklari; 10-kaft suyaklari; 11-qo’l kafti barmoq falangalari; 12-yonbosh suyagi; 13-dumg’aza suyagi; 14-qov suyagi; 15-o’tirg’ch suyagi; 16-son suyagi; 17-tizza qopqog’i; 18-katta boldir suyagi; 19-kichik boldir suyagi; 20-kaft oldi suyaklari; 21-oyoq kafti suyaklari; 22-oyoq panjasi barmoq falangalari.

Bu suyaklar asosan g’ovak moddadan tuzilgan bo’lib, yupqa zich modda qatlami qoplab turadi.


Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo’shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog’i suyaklari, chanoq suyagi va kurak suyagi). Bu suyaklar ikki: tashqi zich qavat (lamina externa) va ichki zich
qavat (lamina interna) o’rtasida joylashgan mayda katakchali g’ovak moddadan (diploe) tashkil topgan.

Download 43,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish