O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________
6
Sana: ______________________________________________________
Sinf: 7- sinf,
Fan : Kimyo.
Mavzu : 4-§ ATOM-MOLEKULYAR TA’LIMOT. ATOM VA MOLEKULALARNING
MAVJUDLIGI. KIMYOVIY ELEMENT, KIMYOVIY BELGI
.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad
.: kimyoviy element , belgi hqida tushuncha berish. Atom molekulyar ta’limot ,kimyoviy
asosiy qonuniyati haqida tushuncha berish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
o’quvchilarga atom molekulyar ta’limotni tushuntirish orqali ularning ilmiy
dunyoqarashini kengaytirish,axloqiy ekologik tarbiya berish
3.Rivojlantiruvchi maqsad:
o’quvchilarning atom molekulyar ta’limotni tushuntirish orqali kuzatish,
darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Mashg’ulot bosqichlari:
№
Bosqichlar
Vaqti
1
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2
O’tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3
Yangi mavzuni bayoni
12 daqiqa
4
Mustahkamlash
15 daqiqa
5
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa
berish
3 daqiqa
Foydalanilgan adabiyotlar :
Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism:
1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
Atom-molekulyar ta’limotning rivojlanish tarixi; Atom-molekulyar ta’limotning asosiy holatlari;
Atom va molekulalarning realligi; Kimyoviy element; Kimyoviy element belgilari.
Qadimgi grek faylasuflari atrofdagi borliq juda mayda bo‘linmas zarralar — atomlardan (grekcha atomos —
bo‘linmas) tashkil topgan degan g‘oyani ilgari surganlar. Ulug‘ ajdodlarimiz Jobir ibn Xayyon (Gaber),
Ahmad al-Farg‘oniy (Alfraganus), Abu Bakr Muxammad ibn Zakariyo ar-Roziy (Razes), Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avisenna) kabi mutafakkirlar o‘z dunyoqarashidan aks
etgan bir qator buyuk asarlar yoib qoldirganlar. Hozirgi vaqtda atom-molekulyar ta’limotning asosiy
holatlari quyidagicha izohlanadi: Moddalar ularning kimyoviy xossalarini o‘zida saqlovchi eng kichik
zarralar bo‘lgan molekulalardan tashkil topadi; Molekulalar atomlardan tashkil topadi; Atomlar murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, elektron, proton, neytron va boshqa mikrozarralardan tashkil topgan; Molekula va
atomlar doimiy harakatda bo‘ladi; Molekulalar orasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Molekulalar
massa, o‘lcham, kimyoviy xossalarga ega. Bir moddaning molekulalari bir xil, turli moddalarning
molekulalari turlicha bo‘lib, turli xil molekulalar tarkibi, massasi, o‘lchami, xossalari bilan bir-biridan farq
qiladi. Molekula — moddaning kimyoviy xossalarini namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagidir Molekula —
o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat zarrachadir. Atomlar esa kimyoviy reaksiyalarda deyarli
o‘zgarishsiz qoladi. Atomlardan molekulalar hosil bo‘ladi. Atom→molekula→modda → materiya harakati
turlaridir. Kimyoviy reaksiya (o‘zgarish) — atomlar harakatining o‘ziga xos turidir. Bu materiya
harakatining kimyoviy shaklidir.
Yangi mavzuni mustahkamlash :
O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish :
Darslik muqovasidagi jadvalda herilgan kimyoviy elementlar belgisi va nomlarini yod olish.
Darslikdan §4 ni o‘qish. Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajairish. .Keyingi mavzuga tayyorgarlik
ko‘rish.