4
Mustahkamlash
15 daqiqa
5
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa
berish
3 daqiqa
Foydalanilgan adabiyotlar :
Kimyo 7.Toshkent-2009. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
Tashkiliy qism:
1. O’quvchilar bilan salomlashish.
2. O ’quvchilar davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:
O‘quvchilarning botanika, fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik turmushdan olgan amaliy
ko‘nikmalari asosida suhbat. O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan turli jismlar va har-xil
moddalardan iborat bo‘lgan turli jismlar namunalarini hamda osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt
namunalarini tarqatish. Moddalarni ta’riflash. Moddalarning xossalarini nima uchun bilish kerak?
Kimyo, biologiya, fizika — tabiatni o‘rganuvchi fanlar bo‘lib, tabiat esa, bu — havo, suv, Yer,
Quyosh, Oy, o‘simliklar, hayvonlar va odamlardir. Yer, Quyosh, uy, avtomobil, qoshiq, kitob —jismlardir.
Kimyoviy stakan, kolba, probirka ham jismga kiradi. Bu idishlar shishadan tashkil topgan. Qoshiq
alyuminiy, kumushdan yasalishi mumkin. Alyuminiy, kumush, shisha, suv, oltingugurt, bo‘r, shakar,
kislorod, azot, temir — moddalardir. • Jismlar moddalardan tashkil topgan. Tabiatda juda ko‘plab moddalar
uchraydi va ularning mavjudligi insonga bog‘liq emas. Biz havodagi suvni ko‘rmaymiz, u daryo va
dengizlarda mavjuddir. Biz kislorodni ko‘rmaymiz va u haqida o‘ylamaymiz, lekin u havo tarkibida mavjud,
biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud deb
aytish mumkin. Modda xossalari. Bizga shakar, bo‘r, tuz, oltingugurt, suv, spirt, sulfat kislotasi berilgan
(bular kundalik turmushda ishlatiladi). Shakar, tuz, bo‘r, oltingugurt — qattiq moddalar bo‘lsa, suv, spirt,
sulfat kislotasi — suyuq moddalardir. Yuqorida sanab o‘tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin?
Shakar, tuz, bo‘r — oq rangli, oltingugurt — sariq rangli, demak, bu moddalar turli rangga ega. Bir xil
rangli shakar, tuz, bo‘r suvga solinsa, bo‘r erimasdan qoladi, shakar va tuz erib ketadi. Shakar va tuz bir-
biridan ta'mi bilan farqlanadi. Suv, spirt, sulfat kislotasi suyuq moddalar bo'lib, ular rangga ega emas.
Ularni qanday farqlash mumkin? Spirt — o‘tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega emas. Suv va
sulfat kislotasi turli zichlikka ega, psuv = 1000 kg/m 3 va psulfat kislota = 1840 kg/m3 . Suv, spirt va sulfat
kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega: tq suv = 100°C, tq spirt = 78°C, tq sulfat kislota = 338°C .
Do'stlaringiz bilan baham: |