Darsni borishi : Tashkiliy qism:
1. Salomlashish. 2. Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorlanish.
Yangi mavzuni bayoni:
Ishni bajarish tartibi:
O‘tkaziladigan ushbu amaliy mashg‘ulot kimyo fanini o‘rganish davomida o‘quvchilarning dastlabki mustaqil
ishlaridan biri bo‘lganligi uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, ishni bajarish uchun tegishli yo‘riqnoma
tayyorlagan bo‘lishi kerak, hamda o‘quvchilarning yetarlicha tayyorgarlik ko‘rganliklarini ham tekshirib olish zarur.
Oldingi darsda o‘quvchilarga berilgan topshiriqni bajarilganligini tekshirib ko‘riladi. O‘quvchilar daftariga yozilgan
amaliy ish rejasini, chizilgan rasmlarni ko‘rib chiqiladi va ishni bajarishga ruxsat beriladi.Laboratoriya shtativi,
uning qismlari haqida ma'lumot beriladi. O'quvchilar mustaqil ravishda laboratoriya shtativlarini yig'adilar va qanday
maqsadda ishlatilishini rasmlarini chizgan holda amaliy ish daftarlarida qayd qiladilar. Bug'latuvchi kosachaga sham
yoki quruq yoqilg'i bo'lagini o'rnatib, yondiriladi. Alanganing tuzilishiga e'tibor beriladi. Ekranga tushirilgan
proyeksiya yordamida alanga tuzilishini taqqoslanadi va quyidagi reja asosida xulosa chiqariladi. Alanganing umumiy
ko'rinishi.Alanganing qismlari.Qismining tarkibi. Sham alangasi bilan quruq yoqilg'i alangasini taqqoslash. Dars
mobaynida xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik ta'kidlanadi. O'qituvchi shamning tarkibi parafin ekani yonganida
asosan uglerod va yonuvchi gazga ajralishi, uglerod ko'mir holda xosil bo'lib cho'g'langan zarrachalar alanga
yorug'ligini hosil qiladi,-degan ma'lumotni beradi. O'quvchilar alangaga sovuq shisha plastinkani biroz tutib qurim
hosil bo'lishi, ingichka cho'pni alanga o'rtasini kesib o'tadigan qilib 1-2 soniya ishlab turib, aianganing shu qismi eng
issiq joyi ekanini aniqlaydilar.
Spirt lampasi bilan ishlash.Amaliy ishning bu bo‘limida spirt lampasining tuzilishi, uni ishga tayyorlash,
yondirish, qizdirish va o‘chirish haqida tushunchalar beriladi.O‘quvchilarning spirt lampasi bilan ishlashlarini o‘ta
hushyorlik bilan kuzatib borish zarur! Bu ishni bajarishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilib borish lozimligini
tushuntiriladi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarning oldini olish choralari eslatib boriladi.Alanganing
tuzilishi va uning eng issiq qismi haqida tushuncha berib, qizdirish ishlarini alanganing ana shu qismidan foydalanib
olib borish maqsadga muvofiqligini o‘quvchilarga uqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |