Xromosomalar xromatin tolalaridan tuzilgan. Reja: 1.Xramosoma, tuzilishi va tarkibi.
2.Odam kariotipi.
3.Hujayra ochiq sistema sifatida. Energiya va moddalar almashinuvi.
4.Informasion oqim. DNK va RNK.
Xromosomalar (qadimgi yunoncha: χρῶμα „rang“ + σῶμα „tana“) — shaklan yadrodan farq qiluvchi, baʼzi bir boyoqlar yordamida boyaladigan yadroning eng muhim tarkibiy qismidir. Hujayrasidagi genlarni oʻzida saqlovchi, hujayra va yaxlit organizm uchun xos xususiyatlarni belgilovchi organoidlar. Oʻzoʻzidan koʻpayish xususiyatiga ega. Organizmlar X.i tuzilishi va funksiyasiga koʻra bir-biridan farq qiladi. "X." terminini nemis anatomi va gistologi V.Valdeyer taklif etgan (1888). X. asosini oqsillar va nukleoproteidlar bilan bogʻlangan 2 zanjirli DNK molekulasi tashkil etadi. X.dagi irsiy axborot DNK molekulasining tuzilishi va uning genetik kodi orqali taʼminlanadi. X.dagi DNKning taxlanishi va RNK sintezini boshkarishda oqsillar ishtirok etadi. X. tuzilishi va funksiyasining oʻzgarishi X. subbirliklari — xromonemalarning spirallanishi bilan bogʻliq. Spirallangan X. hujayra boʻlinishi metafazasida yorugʻlik mikroskopda yaxshi koʻrinadi. Har bir xromosoma sentromeralari orqali oʻzaro tutashgan 2 ta xromatiddan iborat. Xromatidlar reduplikatsiya natijasida hosil boʻladi. Somatik hujayrlarda X. diploid (2 tadan), ularning biri ona, 2si ota organizmga tegishli. Jinsiy koʻpayish (meyoz)da gomologik X.dan biri jinsiy hujayralarga oʻtadi. Har xil turga mansub organizmlar birbiridan X. soni va ularning tuzilishi bilan farq qiladi. Hujayradagi barcha X. kariotip (X. toʻplami)ni hosil qiladi. Kariotipda jinsiy X. va autosomalar boʻladi. Ayrim turlarda aynan shu tur uchun xos genlarga ega boʻlmagan qoʻshimcha X. ham uchraydi. Bakteriyalar va viruslar genetik apparata bir chiziqli yoki halqasimon, sitoplazmadan yadro qobigʻi orqali ajralmaganligi va taxlanmaganligi tufayli ularni shartli ravishda X. deyish mumkin.Xromosomalar (yunon. chroma – rang, soma – tana) – yadro xromatinidan tashkil topgan bo‘lib, hujayralarning irsiy belgilarini saqlovchi substratdir. Har bir xromosoma uzunasi bo‘ylab ikkita morfologik bir xil tuzilgan xromatidalardan tashkil topgan. Har bir xromatida bir gigant dezoksiribonukleoproteid ipchadan hosil bo‘lgan.
Shunday qilib, xromosoma, xromatidaning asosiy struktur birligi DNK molekulasidir. Xromosomalarda uzunligi bo‘yicha bo‘yaluvchi qismlar – xromomerlar (yoki disklar) va bo‘yalmaydigan qismlar – xromomerlar orasidagi qismlar farq qilinadi.
Har bir gomologik xromosomalar – ma’lum bir muntazam tuzilishga ega. Xromosomalarning tuzilishi ma’lum turlar uchun doimiy. Xromosomalarning shakli birlamchi tortmaning joylashishiga, ya’ni xromosoma ikki yelkasining birlashish o‘rniga bog‘liq. Xromosomalarning bu yeri och bo‘lib, unda ma’lum struktura– sentromera (kinetoxor yoki kinomera) joylashadi.
Xromosomalarning katta-kichikligi turli hayvonlarda keng doirada farq qiladi. Odatda odam xromosomalarining uzunligi 4–6 mkm atrofida. Turli hujayralarda xromosomalar soni har xil bo‘ladi.