B-B-B – chizmasida matn tahlili.
Namuna: Ezop haqidagi matn.
Doskaga B-B-B (Bilaman-Bilmoqchiman-Bilib oldim)chizmasi chiziladi
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bilib oldim
|
O`quvchilarning Ezop haqida bilganlari yoziladi.
Yozilgan fikrlar taxminiy ham bo`lishi mumkin.
|
O`quvchilar Ezop haqida qanday ma’lumotlarni bilishni istaydilar, shuni savol tarzida shakllantiradilar.
|
O`qituvchi tomonidan Ezop va uning masallari haqida tushuncha berilgach, o`quvchilarning xotirasida qolgan ma’lumotlar yoziladi.
|
1-topshiriq.
Tayyorlanish :3-daqiqa
Taqdimot: 1-daqiqa (har bir guruhga)
O`qituvchi:Ezop kim bo`lgan?Qayerda yashagan va nima bilan shug`ullangan?
O`quvchilar guruhda kelishgan holda Ezop haqida nima bilsalar, shuni qog`ozga yozadilar.
Taqdimotda, har bir guruhdan birtadan o`quvchi chiqib, qog`ozini chizmaning
“ Bilaman” degan qismiga skoch bilan yopishtiradi va ifodali o`qib beradi.
Masalan, bir guruhning taqdimoti quyidagicha bo`lishi mumkin:
Ezopning o`zi aslida qul bo`lgan.U o`zining aqli bilan ko`p muammolarni bartaraf qila olgan.Ezop o`zi haqida ham ko`pgina masallar yaratgan.Uning masallarida yomonlik, ochko`zlik qoralanib, yaxshilik albatta rag`batlantirilishi haqida fikr yuritilgan.
Ikkinchi topshiriq:
O`quvchilar Ezop haqida nima bilishni xohlasalar, shu haqda savol shaklantiradilar va chizmaning “Bilishni xohlayman ” degan qismiga har bir guruhdan ikkitadan savol yozishlari uchun 2 –daqiqa vaqt ajratiladi.
(Agar o’quvchilar savol tuzishga qiynalsalar, o`qituvchi guruh ishini kuzatib turadi va barcha guruh ishtirokchilariga savol tuzishlari uchun yo`nalish beradi.)
O`qituvchining kichkina ma’ruzasi:3-daqiqa
Rivoyatlarga ko`ra, miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli, ammo o`ta badbashara, xunuk bir donishmand bo`lib, uni Ezop deb atashgan ekan.U aslida Frigiya mamlakatidan kelib chiqqan bo`lib, urushlar natijasida qul qilib olinib Yunoniston kelib qolgan.aql- u farosati, topqirligi bilan o`z xo`jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan.Hatto shaharlarni bosqinchilardan asrab, podsholarni qirg`in-barot urushlardan to`xtatib qolgan.Oxir-oqibat o`zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qilgan, so`ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko`tarilgan.Keyinroq, haqqo`yligi, adolatparastligi, kinoyali achiq tili uchun ko`rolmagan, hasadgo`y dushmanlari uni Delfa shahrida tog` qoyasidan otib yuborib, o`ldirganlar.Uning 500 ga yaqin masallari “Ezop masallari” nomi bilan kitob qilingan va donishmandlik o`gitlari sifatida butun dunyoga tarqalgan.
Uchinchi topshiriq:Tayyorlanish , 2- daqiqa, taqdimot- 1 daqiqa.
Guruh ishtirokchilari o`qituvchining yangi ma’lumotidan eslab qolganlarini oq qog`ozga yozadilar va chizmaning “Bilib oldim” degan qismiga yopishtiradilar.
O`qituvchi o`quvchilarni chizmadagi “Bilishni xohlayman” qismiga e’tiborlarini qaratadi.Savollar o`qiladi va bu savollarga yangi mavzuda javob topa olganlari yoki javob topa olmagan bo`lsalar, uyga vazifa sifatida belgilanadi.Shu tariqa chizmadagi bilaman qismi ham o`quvchilarning faolligida yana bir marta tahlil qilinadi.Ushbu metodning ahamiyatli tomoni shundaki, bir mavzuga o`quvchilarning diqqatini kamida yetti marta jalb qilamiz.Bu esa o`z o`rnida yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlari ko`nikmaga aylanishiga zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |