Qozog’iston
Daraxtning ildizi qanchalik chuqur va tarmoqlangan boʻlsa, u shunchalik mustahkam, uning umri shunchalik davomli, hosili esa moʻl-koʻl boʻladi. Insoniyat koʻp ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning taʼlim, ilm va hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. Shu sababli ham taʼlim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omildir. Keyingi yillarda yuz berayotgan tub oʻzgarishlar jamiyat hayotining barcha sohalariga yangicha innovatsion yondashuvlar, mavjud qarashlar, tushunchalar va munosabatlarni taraqqiyot koʻzgusi va samaradorlik mezonlari bilan qayta koʻzdan kechirishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |