Yusuf Xos Hojib
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Yusuf Xos Hojib (asl ismi Yusuf) (taxminan 1020/21, Bolosogʻun — ?) — turkiy shoir, mutafakkir, davlat arbobi. "Qutadgʻu bilig" dostoni muallifi. Qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan.
Oʻzbek adabiyoti
|
|
•Milodiy VII asrgacha
•VIII-XIII asrlar (Qadimgi)
•XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
•XVI-XIX asrlar (Mumtoz)
•XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
•1905-30 yillar (Jadid davri)
•1930-80 yillar (Sovet davri)
•1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)
|
|
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
| 1069-70 yillarda yozib tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan
Uning hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlar beruvchi yagona manba ham "Qutadgʻu bilig" kitobidir. Ushbu kitobga koʻra, u zamonasining barcha asosiy ilmlarini atroflicha oʻrgangan, arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mahmud Koshgʻariy kabi turkiy tilning mavqeini oshirish, uning madaniyadabiy hayotdan oʻziga munosib oʻrin egallashi uchun kurashgan.
YU.X.H.ning "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim", 1069—70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham koʻtardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti anʼanalari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy oʻzlashtirgan holda yaratilgan. "Shohnoma" kabi mutaqorib vaznida yozilgan va "Turkiy Shohnoma" nomi bilan shuhrat qozongan (73 bob, 6520 bayt va toʻrtliklardan iborat).
"Qutadgʻu bilig" — 11-asr soʻz sanʼatining nodir namunasi boʻlib, unda oʻz davrining ilgʻor ijtmoiy-siyosiy, maʼnaviyaxloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va anʼanalari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil maʼlumot berilgan. Yu.X.H. uni Bolosogʻunda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavgʻoch Bugʻroxonga takdim etgan. Bugʻroxon muallifni taqdirlab, unga "Xos Hojib" ("Eshik ogʻasi") unvonini bergan. Shundan keyin shoir "Yusuf Xos Hojib" nomi bilan mashhur boʻlgan. Lekin dostonning oxiridagi shikoyat ohanglariga qaraganda, shoir umrining oxiri bu davlatning tanazzuli davriga toʻgʻri kelgan, shunga muvofiq hayoti ham ogʻir kechgan. Shoirning Qashqardagi maqbarasi ziyoratgohga aylangan.
Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.
Mahmud Koshgʻariy (XI asr)
Mahmud Koshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoddirdi.
Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishiga va tiliga koʻra Koshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda tugʻilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy til mintaqada keng urf boʻla boshlagan edi. Hatto Abbosiylar xalifaligi markazlarida, azaldan arab va boshqa somoniy xalqlar yashab kelgan oʻlkalarda turkiy elatlar namoyondalari koʻpayib, turkiy tilga eʼtibor oshgan edi. Mahmud Koshgʻariy ham oʻzining uzoq yillar davomida bunyod etgan “Devonu lugʻatit turk” kitobini hijriy 469 (1074/75) yilda tugallab, abbosiy xalifalar avlodidan boʻlgan baland mavqeli Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bagʻishlagan. Asarning asosiy matni oʻsha davrda keng mintaqa musulmon Sharqida, butun Yaqin va Oʻrta Sharqda din, fan tiliga aylangan arab tilida yozilgan boʻlib, turkiy tilning boyligini, mazmundor va rang-barangligini tushuntirish uchun yozilgan, deb taxmin qilish mumkin.
Mahmud Koshgʻariy Balasogʻunda tugʻilib, shu yerda yigitlik chogʻlarini kechirgan boʻlsa ham, uzoq yillar “Yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Fargʻona, Buxoro, hozirgi Shimoliy Afgʻonistonga qadar choʻzilgan” turkiy oʻlkalarni, turkmanlar, oʻgʻuzlar, chigillar, yagʻmolar, qirgʻizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini kezib chiqdi, turli sheva va lahja xususiyatlarini oʻrgandi, ularni adabiiy til bilan chogʻishtirdi, oʻz ishi uchun nihoyatda boy material toʻpladi. Lugʻat tuzishda arab tilshunoslari yaratgan aʼanadan unumli foydalangan holda, ishga ijodiy yondashdi, turkiy til qonuniyatlarini birinchi navbatda inobatga olib kitobiga tartib berdi.
Koshgʻariy asari, oʻzi taʼkidlashicha, “oldin hech kim tuzmagan va hech kimga maʼlum boʻlmagan alohida bir tartibda” tuzilgan. Unda koʻp shevashunoslikka oid qiyosiy qoidalar, grammatik, morfologik, leksik, semantik alomatlar koʻrsatilgan. Asar foydalanuvchilarga osonlik tugʻdirish uchun sodda va loʻnda yozilgan. Unda qadim turk alifbosi, fonetik qonuniyatlar, orfoepik va orfografik qoidalar puxta tushuntirib berilgan. Lugʻatda turkiy soʻz tuzilishi anʼanalari, jumladan soʻz tartibi, feʼl shakllari, soʻz etimologiyasiga oid fikrlar bayon etilgan. Muallif koʻrsatishicha, kitob 8 boʻlimdan, muqaddima va xulosadan iborat. Har bir boʻlimda ot-ism soʻzlar, feʼllar qulaylik uchun alohida ajratib berilgan. “Devon” da 7500 dan oshiq turkiy soʻz va iboralar izohlangan. “De-vonu lugʻatit turk” ham adabiy til, ham asosiy turkiy shevalarni qamrab olgan boʻlib, undagi adabiy til, sheva unsurlari nisbati oʻrtacha adabiy tildagi 10–12 soʻzga, shevaga oid bir soʻzga toʻgʻri ke-ladi, yaʼni umumturkiy adabiy tilga ayricha ahamiyat ajratilgan. Bu holat oʻsha davr islom mintaqasida turkiy adabiy til qancha keng tarqalgani va mustahkam mavqega ega boʻlganini tasdiqlovchi qatiy dalildir. Lugʻatda yuzlab kishi ismlari, shahar va qishloq, oʻlka nomlari, daryo, togʻ, yaylov, vodiy, dara, yoʻl, dovon, koʻl, soy kabi joʻgʻrofiy atamalar, turli qabila, urugʻ, elat, sayyora, yudduzlar, fasllar tilga olinadi. Unda izohlangan grammatik koʻrsatkichlar morfemalar hisobi ham mingga yaqin.
Turkiy xalqlar tarixiga oid qadimiy afsona va rivoyatlar, 300 ga yaqin maqol va matallar, hikmatli soʻzlar, 700 satrdan oshiq sheʼriy parchalar ushbu asar sahifalaridan oʻrin olgan. Sheʼriy parchalarning qoʻp qismi turkiy xalqlar ogʻzaki ijodiga xos toʻrtliklardan iborat. Ammo “Devon”da keltirilgan sheʼriy satrlardan 150 satrga yaqini islom davri sheʼriyatiga xos boʻlgan “bayt” tipidagi masnaviy, qasida, gʻazal, qitʼa parchalari boʻlib, ularni Koshgʻariy oʻzi ham koʻpincha “bayt” deb ataydi. Kitobda 7 ta epik dos-ton, ishqiy qoʻshiqlar, pandnomalar, koinot yaratilishiga oid asotir, sheʼrlar, tabiat manzaralari tasviri, madhiyalar, falsafiy mushohadalar uchraydi. Koshgʻariy devonida keltirilgan VIII – XI asrlarga oid turkiy sheʼriyat namunalarida u yoki bu darajada aruz vazniga oʻtish moyilligi seziladi. Aruzning rajaz, ramal, munsarih, hajaz, basit, qarib, mutaqarib vaznlari turkiy sheʼriyat na-munalarida ishlatilgan boʻlib, ayniqsa rajaz bahridan keng foydalanilgan (44 parcha). Bunday sheʼrlarni muallif oʻzi alohida urjuzalar deb nomlaydi. Ular turkiy xalq sheʼriyatida keng tarqalgan boʻlib, bu bahr ohangi turkiy sheʼriyat tabiatiga mos kelishidan boʻlsa kerak.
“Devon”dagi epik doston-qoʻshiqlar koʻproq jangnoma xarakterida boʻlib, baʼzi yirik parchalarga shartli ravishda “Tangutlar bilan jangnoma”, “Oʻygʻurlar bilan jangnoma”, Yabaku bilan jangnoma” deb nom qoʻyilgan. Ular oʻz mazmuniga koʻra arablarning johiliya davridagi qabilalararo janglar tasvirlangan epik rivoyatlariga oʻxshab ketadi, faqat arablarda bu janr nasriy, turkiy xalqlarda esa sheʼriy shakl ustundir. Ularda turkiy elatlarning shijoati, qiyinchiliklarga bardoshi, jasurligi, harbiy hiylalar, siyosiy kurash, elparvarlik, mardlik, hikmat, mehr va qahr tuygʻulari jonli, chaqnoq misralarda tavsif etilgan. Shu bilan birga qabilaviy boshboshdoqlik, oʻzaro nizo-adovatlardan oʻkinish, birlashishga, ittifoqqa intilish mayllari ham sezilib turadi. Buyuk turk xoqonligining tushkunlik holati, yagona birlashtiruvchi gʻoyaning yetmasligi ushbu qoʻshiqlar koʻproq islomdan ilgarigi ogʻzaki sheʼriyat namunalari zkanidan darak beradi.
Ahmad Yugnakiy
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigationJump to search
Do'stlaringiz bilan baham: |