O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi
1- boshlovchi:
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim.
1 -boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz ustozlar va qadrli mehmonlar.
Bugun mehribon, jafokash, mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi o'qituvchi ya'ni ustozlar bayrami. Biz bugun 4-umumiy o’rta ta’lim maktabining 4- sinf o’quvchilari bilan birgalikda aziz ustozlarni qutlab “Siz doim e’zozdasiz aziz ustozlar’” deb nom olgan tadbir tayyorlaganmiz. Sizning ruhsatingiz bilan ushbu tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
1 -boshlovchi:
Assalom, maktabim-muqaddas dargoh,
Assalom, ustozlar-kasbkori saboq!
Assalom, do’stlarim-menga qo’shqanot,
Sinfdosh! Hayotga ishonch bilan boq.
Assalom, ona, yurt tonglar o’lkasi,
Tarif-tavsifingning yo’q nihoyasi.
Senga bag’ishlanar muqaddas qo’shiq,
Bu o’zbek elining o’z madhiyasi
Hozirgi navbatni O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasiga bersak marhamat
1- boshlovchi
Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.
Bugungi kunda ta’lim jarayonining rivojlanishida eng avvalo bu yurtimizning tinch ekanligidandir . Endigi navbatni Vatanimizni madh etkuvchi she’rlarga bersak .Marhamat
Nigina ,Hojiakbar,Zahro ,Akmal,Sardor
1- boshlovchi
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor?
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Endigi navbatni o’quvchilarimiz ijrosida “O’zbek bolasi ”qo’shig’iga bersak marhamat
1 – boshlovchi
Zulmatni yoritgan chiroq o`zingiz
Ezgulikka chorlar ustoz so`zingiz
Jamiyatda munosib o`rin olgaydir
Siz tarbiya etgan o`g`il-qizingiz
Bugun barcha madhlaru, barcha kalomlar faqat sizlar uchundir aziz ustozlar. Keling hozir shogirdlarimizdan sizni madh etuvchi she’rlarini tinglasak. Marhamat Afruz ,Nursulton, Ruxshona ,Shodiya
1 – boshlovchi
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz.
Otaday ulug’siz, kelajak-sizsiz
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!
Endigi navbatni o’quvchilarimiz ijrosida Aziz ustozlar qo’shiqlarga bersak marhamat
1 - boshlovchi
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz, ustoz, siz bilan
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim
Endigi navbatni o’quvchilarimiz ijrosida Ustozlarimizga atalgan sherlarga bersak marhamat
1- boshlovchi
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi ustoz- ya’ni muallimlardir.
Endigi navbatni Yulduzlar raqsiga bersak marhamat
1- boshlovchi
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi inson bu - birinchi muallimdir
Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.
Qadri bilinadi endi menga goh
Olis maktabimning o’sha behasham
Navoiy-ku bizga ustozdir biroq
Kimdir o’qirgan-ku Navoiyni ham
Shunday buyuk zotga harf o’rgatgan kim
Oddiy muallim-da oddiy muallim
Ustoz. Bu so`zning zamirida olam-olam ma’no bordir. Bu so`zning zamirida sharaf tursada, uning ortida mashaqqatli mehnat yotadi. Hozirgi navbatni she’rlarga bersak marhamat. 4-A
boshlovchi
Darhaqiqat, ustoz va murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz. Ustoz va shogirt quyosh bilan oyga o’xshaydi. Oy quyoshdan nur olib borlini yoritgani kabi, shogirt ustozdan ziyo olib hayot mash’alini yoqadi.
Endigi navbatni o’quvchilarimiz ijrosida ajoyib bir raqsga bersak marxamat (Chamanda gul )
1- boshlovchi
Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,
Ellarda dostondir mehnatlaringiz.
Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz
Bizning muallim, muallimlarim
Shogirtim obroyim, yuzim degan zot
Ishonchim, umidim, ko’zim degan zot.
Bolajonim- o’g’lim, qizim degan zot
Bu sizsiz ustozlar, hokisorlarim!
Endigi navbatni 4-“A” sinf o’quvchilari ijrosida Ustozlarimizga atalgan she’rlarga bersak marxamat Mubina Yusuf
Endigi navbatni Qizlarimiz ijrosida Go’zal raqs tomosha qilsak marhamat.
1 -boshlovchi
Endi so’z navbati ___________________________________________________________________________________________________________________
1- boshlovchi
Dedilar: dunyoda asli kim aziz
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.
Endigi navbatni Ustoz yaxshida qo’shig’iga bersak marhamat
1- boshlovchi
Shuning bilan ustozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr. Omon bo’linglar
Do'stlaringiz bilan baham: |