Maqsad:
Ta’limiy: o`quvchilarga Paskalning ekran bilan ishlash operatorlarini qo`llashni o`rgatish;
Tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning Paskalning ekran bilan ishlash operatorlarini qo`llash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Paskalning ekran bilan ishlash operatorlarini bilish va dasturlash jarayoniga qo`llay olish.
Dars turi: Takrorlovchi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Paskalda matn holatida ekran bilan ishlash uchun qanday moduldan foydalaniladi?
Paskalda asosan necha xil rang ishlatilishi mumkin?
Matn rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi?
Matn foni rangini qanday operator orqali o‘zgartiriladi?
ClrScr operatori qanday maqsadlarda qo’llaniladi? Javobingizni misollar bilan izohlang.
Ekran matn holatida necha satr va ustundan iborat?
Matnni ekranning istalgan joyiga chiqarish mumkinmi? Javobingizni izohlang.
III. Yangi mavzuni o`rganish
1. “Ajdodlar merosini qadrlaylik” matniga ko’k, matn foniga yashil rangni tanlab ekranga chiqaring.
uses crt;
begin
textbackground(1); textcolor(2);
writeln('Ajdodlar merosini qadrlaylik!');
readln;
end.
2. “Vatanni sevmoq iymondandir!” matnini ekranning o‘ng tomonidan 12-satrda yashil rangda qizil fonda chiqaring.
uses crt;
begin
textbackground(4); textcolor(1);
gotoxy(54,12);
writeln('Vatanni sevmoq iymondandir!');
readln;
end.
3. “Eng yuqoridagi satr, chapdan”, “Eng yuqoridagi satr, o’ngdan”, “Eng yuqoridagi satr, o’rtadan”, “Eng quyidagi satr, chapdan”, “Eng quyidagi satr, o’ngdan”, “Eng quyidagi satr, o’rtadan”, “Markazdagi satr, chapdan”, “Markazdagi satr, o’ngdan”, “Markazdagi satr, o’rtadan” matnlarini ekranning matn mazmuniga mos joylarida chiqishini ta’minlovchi dastur tuzing.
uses crt;
begin
clrscr;
writeln('yuqoridagi satr, chapdan');
gotoxy(57,1);
writeln('yuqoridagi satr, o`ngdan');
gotoxy(27,1);
writeln('yuqoridagi satr, o`rtadan');
gotoxy(1,24);
writeln('quyidagi satr, chapdan');
gotoxy(56,24);
writeln('quyidagi satr, o`ngdan');
gotoxy(26,24);
writeln('quyidagi satr, o`rtadan');
gotoxy(1,12);
writeln('markazdagi satr, chapdan');
gotoxy(56,12);
writeln('markazdagi satr, o`ngdan');
gotoxy(26,12);
writeln('markazdagi satr, o`rtadan');
readln;
end.
6. Quyida keltirilgan dastur ishini izohlang va xatolikni tuzating.
Uses crt;
Begin
Gotoxy(10, 2); writeln(‘Matematika ‘); Gotoxy(14, 2); write(‘aql ‘);
Gotoxy(16, 2); writeln(‘gimnastikasi‘); readln;
End.
7. Tomoni butun G songa (02, B=G+10 deb oling.
a) G=1; b) G=4; d) G=8; e) G=7; f) G=2; g) G=5.
uses crt;
var g: integer;
begin
clrscr;
Write('Kvadratning tomoni G='); readln(g);
textcolor(g); textbackground(g+5);
gotoxy(g*g,g+10);
writeln('S = ',g*g);
readln;
end.
Do'stlaringiz bilan baham: |