Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Dars turi: An’anaviy
Dars jihozi: Darslik kitob, tarqatma material.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi, “BBB” usuli, “Men jurnalist” usuli
Dars rejasi: 1. Salomlashish va davomatni aniqlash .3 daqiqa
2. uyga vazifa so‘rash 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
4. Grammatik qoida bilan tanishtirish. 5 daqiqa
5. . Mustahkamlash: 15 daqiqa
6. Darsni yakunlash, o‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni: Vatan tuyg‘usi.
Vatan — bu tug‘ilib o‘sgan yurtimiz, tariximiz, madaniyatimiz va elimizdir. Qalbida Vatan tuyg‘usi bor inson Vatanini sevadi. Vatanparvarlik o‘z Vatanini himoya qilish, uni asrabavaylash yo‘lidagi fidoyilikdir. Vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlikdan har bir insonga singdirib borish kerak. Vatan faqat beqiyos boyliklari, go‘zal tabiati va qulay shart-sharoitlari uchungina sevilmaydi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy bu haqda shunday deganlar: „Biz o‘z Vatanimizni jonimizdan ortiq sevganimiz kabi, arablar qumlik, issiq cho‘llarini, eskimoslar
shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda sevarlar. Agar sevmasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z Vatanlarini tashlab ketar edilar“
Bilib oling!
Ravishlar fe’lga bog‘lanib kelib, uning belgisini bildiradigan so‘zlardir. Ravishlar tub va yasama bo‘ladi. Masalan: tub ravishlar: avval, tez, juda, darhol, to‘satdan. yasama ravishlar: mardona, qahramonlarcha, navbatsiz, yaxshilab.
Mustahkamlash:2- mashq. Berilgan ravishlarni tub va yasama ravishlarga ajratib ko‘chiring.Piyoda, ataylab, ohista, kechqurun, birdan, sekin, do‘stona, indin, hozir, taxminan, tiriklayin, qardoshlarcha, tez.
3- mashq. Nuqtalar o‘rniga harakatning holatini bildiruvchi ravishlarni qo‘yib ko‘chiring.1. Biz bu yerga ... keldik. 2. Nozima bu chorakda barcha fanlardan ... harakat qildi. 3. Bobomlar non ushoqlarini ... terib oldilar. 4. Askar eshikni ... ochdi. 5. O‘qituvchimiz uyga berilgan vazifani ... so‘radi. 6. Bulutlar ham ... pasaya boshladi. 7. Raketa Oyga ... qo‘ndirildi.
4- mashq. Nuqtalar o‘rniga foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, matnni ko‘chiring.
Har bir inson o‘z Vatanini ... sevishi kerak. Vatan ... boshlanadi, degan naql bor. Ularni qadrlamoq ... ham qarz, ham farzdir. Ana shu moddiy ne’matlarni ... asramoq, ularning gullab yashnashi uchun ... xizmat qilish bizning burchimiz. ... sevmoq imondandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |