O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. 55-bet. Internet materiallaridan foydalanib, xalq qahramonlari haqidagi ma’lumotlarni yozing.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU:VATANGA SADOQAT
(Ravishlarning yasalishi. Ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi)
Grammatika : Ravishlarning yasalishi. Ravish yasovchi qo‘shimchalar imlosi
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, O‘quvchilarni Vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash va Ravish yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilarga bilim berish, Ravish yasovchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish va og‘zaki nutq jarayonida qo‘llayshga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni vatanga sadoqat ruxida tarbiyalash va vatanni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilila oilshga o‘rgatish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya;kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyas
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Dars turi: An’anaviy
Dars jihozi: Darslik kitob, tarqatma material.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi, “BBB” usuli, “Men jurnalist” usuli
Dars rejasi: 1. Salomlashish va davomatni aniqlash .3 daqiqa
2. uyga vazifa so‘rash 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
4. Grammatik qoida bilan tanishtirish. 5 daqiqa
5. . Mustahkamlash: 15 daqiqa
6. Darsni yakunlash, o‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni:
6- topshiriq. Matnni rollarga bo‘lib o‘qing va unga munosabat bildiring.
Jon-u jahonimsan, Vatan!
Bobom: „Vatan — qahramonlik va jasorat tufayli mangu barqaror bo‘ladi, ilm va ma’naviyat bilan kamolga yetadi“, deb qayta-qayta o‘rgatganlar.Otam: „Vatan — botir, yengilmas o‘g‘lonlarni sevadi, haqiqatparvar fuqarolari bilan mag‘rurlik kasb etadi“, deb takrortakror aytganlar. Buvim: „Vatan — mehr-muhabbatda, yaxshilik va imonda. Vatanga xiyonat qilganlar xor bo‘ladilar“, deb har doim ogohlantirganlar. Onam: „Vatan — tinchlik va ahillik tufayli ulug‘vor, bahodir o‘g‘lonlari bilan yengilmasdir“, deya duo qilganlar. Do‘stim: „Vatan — sen bilan mening imonimiz butunligi, yelkadoshligimiz tufayli yanada yuksaladi. Mustaqilligimiz umrboqiyligi birdam bo‘lishimizda“, deya da’vat etadi. Shuni yana chuqur anglab yetdimki, Vatan mening jonimda ekan. Jondagi Vatan — bu mustaqil O‘zbekiston!
(„ Maysalar uyg‘ongan tong“ kitobidan)
Bilib oling!
Nutqimizda qasddan, ataylab, atayin, jo‘rttaga so‘zlari maqsad ma’nosini, noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan so‘zlari esa sabab ma’nosini ifodalaydi. Ular nimaga? nima sababdan? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan: Azamat bu ishni atayin bajarmaganini aytdi. (maqsad) Aziza noiloj kelishga rozi bo‘ldi. (sabab)
Do'stlaringiz bilan baham: |