Reja: 1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. 2. O’qituvchiga qo’yiladigan talablar. 3. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari. 4.Pedagogik qobiliyat. O`z-o`zini el ishiga bag`ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan olijanob o`qituvchilarni, mo`tabar muallimlarni bundan buyon boshimizga ko`taramiz Islom Karimov Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to’g’ri hal qilish vazifasi o’qituvchiga bog’liqdir. Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi – sinfdagi o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars paytida, qo’shimcha darsalarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilmlar manbaidan biridir. Ko’pchilik o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayonini tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar. Zamonaviy o’qituvchi ijtimoiy psixolog bo’lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o’quvchilar to’g’risidagi o’zaro munosabatlarni yo’lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy – psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablardan eng muhimi o’qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog’liq xislatlariga qaratilgan. Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir
1.Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, bolalarni mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o’z Vatani tabiatiga va oilasiga bo’lgan muhabbatini uyg`otishi
2.Yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedaggika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigenasidan chuqur bilimlarga ega bo’lish
3.O’zi dars beradigan fan bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasi bo’yicha jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lish
| 4.Ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi, o’z ishiga ijodiy yondashishi 5.Bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi 6.Pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo’lish 7.O`z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi O’qituvchining shaxsiy xislatlari: 1.Bolalarni sevish; 2.Amaliy – psixologik aql – farosatlilik; 3.Mehnatsevarlik; 4. Jamoat ishlarida faollik; 5.Mehribonlik; 6.Odamiylik, dilkashlik 7.Kamtarlik; 8.Uddaburonlik, kuchli xarakterga ega bo’lish; O’z kasbiga xos xislatlari milliy mafkura va mustaqil davlat mafkurasini tushunishi; zamonaviy maktab olib boriladigan o’quv- tarbiya jarayonida umuinsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf – odatlarning ahamiyatini tushunishi; o’qituvchining kuzatuvchanligi; o’z diqqat – e’tiborini taqsimlay olishi; pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi; o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi; o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi; pedagogik takt; nutqning emosional ifodalanishi. Didaktik qobiliyat – bu bolalarga o’quv materiallarni aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg’ota oladigan qobilyatdir. Akademik qobilyat- bir qancha fanlarga oid bilimdonlik qobiliyati o’qituvchi o’z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib,o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi. Perseptiv qobiliyat – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir. Foydalanilgan adabiyotlar: Ziyo.uz.O`qituvchi psixologiyasi. E’tiboorimgiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |