„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/72
Sana15.03.2023
Hajmi5,3 Mb.
#919497
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72
Bog'liq
ona tili 10 uzb

16.3-mashq.
Berilgan matnni o‘qing. Nazariy ma’lumot va matn asosida 
test topshiriqlari tuzing.
GLOBALLASHUV: TILLAR TARAQQIYOTI VA TANAZZULI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘tgan asrda rasman 2976 tilni qayd 
etgan bo‘lsa-da, sohaning yetakchi mutaxassislari hozirgi paytda jami 
6809 ta til mavjud ekanligini ta’kidlashmoqda. 2005-yilda tuzilgan 
YUNESKO ro‘yxati 6912 tilni qamrab oladi. 
Dunyodagi eng katta tillar olinadigan bo‘lsa, statistik ma’lumotlarga 
ko‘ra, 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 
5 milliondan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mlndan ortiq kishi 
muloqot qiladi. 
Til moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli 
vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga 
yaqin tilning yarmi joriy asrda o‘zining oxirgi sohiblaridan ajralishi 
mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 
95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til 
o‘layotganligi – dahshatli hodisa!
6 – Ona tili, 10-sinf
http://eduportal.uz


82
YUNESKOning 2017-yil 15-iyundagi xabariga ko‘ra, o‘lim yoqasida 
turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri 
keladi. Jumladan, Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand 
yahudiylari tili, Markaziy Osiyo lo‘lilari (paryo) tili O‘zbekiston 
hududidagi o‘layotgan tillardir. O‘lik tilga aylanayotgan tillarni saqlab 
qolish insoniyat oldidagi o‘tkir muammolardan. Shuning uchun 1999-yil 
17-noyabrda YUNESKO Bosh Anjumani 21-fevralni Xalqaro ona tili kuni
(Международный день родного языка, International mother languare 
day) sifatida e’lon qilib, 2000-yilning fevralidan boshlab bu sana har yili 
lisoniy, madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish 
maqsadida nishonlab kelinadi.
Til nega o‘ladi? Chunki odamlar undan foydalanmay qo‘yishadi, keng 
qo‘llanishdagi va „obro‘li“ tillarga ustuvorlik berilishi natijasida bolalar 
bu tilda ta’lim olmaydi. 
Tillar ham odamlarga o‘xshaydi: yonma-yon yashaydi, bir-biriga ta’sir 
qiladi, o‘zgaradi – rivojlanadi. Ammo taraqqiyot tezlashishi natijasida 
dunyoning yagona axborot makoniga aylanib borishi tillar taqdirida 
ham katta rol o‘ynaydi. Masalan, o‘tgan ming yillikda dunyo tillarining 
500 tasi o‘lik tilga aylangan bo‘lsa, oxirgi yuz yillikda esa 1000 ta til 
tarix qa’riga singib ketdi.
Yuqorida aytilganidek, tillar xavfsizligi alifbo-imlo, ko‘p sonli 
so‘zlashuvchilarga egalik, davlat tili maqomi va axborot-kommunikatsiyalari 
sohalari, Internet tili ekanligi omillari bilan ta’minlanadi. Bular tillar 
yashovchanligi uchun yaxlit mezondir. Albatta, bizning ona (o‘zbek) 
tilimizning ham o‘z alifbo va imlosiga, davlat tili maqomiga egaligi, 
30 milliondan ortiq so‘zlashuvchisi borligi kishini xushnud qiladi. Biroq 
achchiq bo‘lsa-da, ta’kidlash kerakki, uning axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, Internet tili darajasiga ko‘tarilmayotganligi va, ayniqsa, 
bu borada hech qanday na nazariy, na amaliy va na tashkiliy ishlar 
olib borilmayotganligi uning ham mazkur xavfdan butkul xoli emasligini 
ko‘rsatadi.
Baxtiyor Mengliyev, 
filologiya fanlari doktori, professor 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish