83
1. Barcha alifbolarda bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng
qadimiy harf „O“ harfidir. 2. Fors tilidan kelib chiqqan „pijama“
va „chemodan“ so‘zlarining o‘zagi bir xil: „pi-joma“ va „jomadon“.
3. Qadimgi Misrda o‘rikni „quyosh tuxumi“ deb atashgan. 4. „Saxara“
arab tilida „sahro“ deganidir. 5. Esperanto xalqaro sun’iy
tilini yaratishga
1887-yilda varshavalik shifokor Lazar Zamendof asos solgan. 6. „Ermitaj“
so‘zi fransuz tilida „yolg‘iz qolish joyi“ degan ma’noni bildiradi.
16.5-mashq
.
Testlarni yeching. Javobingizni izohlang.
I. Berilgan fikrdagi o‘zlashma antonim so‘zlarni toping:
Jamiyatga
optimistlar ham, pessimistlar ham hissa qo‘shadi. Optimist samolyotni
o‘ylab topgan bo‘lsa, pessimist parashutni ixtiro qilgan.
(
B. Shou
)
A. Samolyot – parashut
B. Optimist – pessimist
C. O‘ylab topgan –
ixtiro qilgan
D. Bu gapda antonim so‘zlar yo‘q
II. O‘zbek tilidan boshqa tillarga o‘zlashgan so‘zlarni aniqlang.
A. Kurash, utyug, chala
B. Lag‘mon, shiypon, palov
C. Hokim, saltanat, podsho
D. Yonbosh, chala, omad
16.6-mashq.
Matndan informatika sohasi terminlarini aniqlang.
Kompyuter
tilshunosligida qo‘llanadigan o‘zbekcha so‘zlar ro‘yxatini tuzing.
Namuna:
gipermatn, diskyuritkich, sichqoncha…
O‘zbek tadqiqotchilari tomonidan „Leksik tahlil muhiti“ dasturi yaratildi.
Bu dastur „Server – Mijoz“ texnologiyasiga asoslangan,
uni global tarmoq
(www)da yoki lokal tarmoqda qo‘llash mumkin. Dasturiy tizimni ishlab
chiqishda dasturlash tili sifatida Webga yo‘naltirilgan tillar: PHP, Java
Skript, HTML, Jgueri, Ajax, CSS dan biri tanlab olinadi, ma’lumotlar
bazasi uchun esa MySQL dan foydalaniladi.
Tizim foydalanuvchiga uch
til (ingliz, rus, o‘zbek)da leksik ma’lumotlarni qidirish, izlab topish va
ma’lumotlarning kerakli qismiga tez o‘tish imkonini beradi.
http://eduportal.uz
84
1. Berilgan turkiy so‘zlarning boshqa tillarga o‘zlashish
sabablari va ularning
lug‘aviy ma’nosini o‘qituvchingiz yordamida toping:
tovarish, karandash, utyug,
Baykal, Yenisey, bekat.
Namuna:
tovarish – ikki qismdan iborat turkiycha (tovar + esh) so‘z,
qadimda karvonlardagi mol (tovar)ni manzilga yetkazib berishda yo‘ldosh (esh)
tushunilgan – safardagi hamroh.
2.
Poliglotlik
so‘zining ma’nosini aniqlang va uning ahamiyatini tushuntiring.
3. Quyidagi SMS xabarni imlo jihatidan tuzatib yozing. Yozishma madaniyati
xususida o‘z munosabatingizni bildiring.
Sava! Tuzumsan iwla qaley bugn oqwga borasami borsen maniyam
bor qildrb qoy vawe iwm kop tezro javop yoz
Do'stlaringiz bilan baham: