Xalqaro arab tili kuni



Download 233,2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2020
Hajmi233,2 Kb.
#49166
Bog'liq
Arab tili ingliz tilidan oson!



Arab tili ingliz tilidan oson! 

18-dekabr  BMT  ga  ko‘ra  “Xalqaro  arab  tili  kuni”  sifatida  keng  nishonlanadi.  Hozirgi 

kunimizda arab tili BMT ning rasmiy ishchi tillaridan biri bo‘lib, 22 ta arab davlatlarining 

rasmiy tili hisoblanadi. Shu munosabat bilan bugun arab tili muallimi Doktor Ubaydning 

“Mashhad” ko‘rsatuvidagi intervyularidan bir qismini sizga havola etmoqchimiz. Zora, 

bu  fikrlar  sizning  arab  tili  haqidagi  qarashlaringizni  o‘zgartirsa  yoki  yanada 

mustahkamlasa. 

 Doktor Muhammad Abdulhalim 1996-yil Qohira universitetining Dorul ulum fakultetini 

tamomlagan.  2004-yili  nahv  (arab  grammatikasi:  sintaksis),  sarf  (arab  grammatikasi: 

morfologiya) va aruz (she’riy san’atlar) bo‘yicha a’lo baholar bilan magistrlik darajasiga 

erishgan. 2011-yilda esa Doktorlik ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 

Doktor  Ubayd  Qohira  Universitetida,  Toshkent  Davlat  Jahon  tillari  universitetida  va 

O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida faoliyat olib borgan va hozirda ham dars berib 

kelmoqda. Doktor Ubayd tilshunoslik va manbalar xazinasini tadqiq qilish yo‘nalishlarida 

o‘zining sermahsul faoliyati bilan katta hissa qo‘shmoqda.  

 Savol: Doktor Ubayd Muhammad, siz boshqa tilda so‘zlashuvchilar, ya’ni ona tillari arab 

tili  bo‘lmagan  kishilarga  arab  tilini  o‘rgatish  bo‘yicha  mutaxasissiz.  Til  o‘rganuvchilar 

orasida  ingliz  tili  oson  va  uni  o‘rganish  ham  oson  degan  fikr  keng  tarqalgan.  Shu  bilan 

birga, arab tili qiyin til ekanligi haqidagi fikrlar ham. Bu fikrlar qay darajada to‘g‘ri? 

Doktor  Ubayd:  Gapingizda  jon  bor!Agar  e’tibor  bersangiz,  ko‘pchilik  kishilar  savollar 

so‘rashadi  va  arab  tilini  qiyin  ekanligini  aytishadi.  Lekin  bu  aytgan  gaplari  haqiqatga 

mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi! Aslida, arab tili o‘zlashtirilishi eng oson bo‘lgan tillardan biridir. 

Bu asossiz yoki o‘z tilini haddan oshiq darajada  yaxshi ko‘ruvchi insonning gapi emas, 

balki  ilmiy  faktdir!  Bu  haqiqat,  arab  tili  o‘zlashtirilishi  eng  oson  bo‘lgan  tillardandir. 

Chunki arab tili ishtiqoqiy (flegmatik, ya’ni bir o‘zak ishtirokida bir necha so‘zlar hosil 

qilish  mumkin)  til  va  ingliz  tili  agglyutinativ  tildir.  Ya’ni,  agar  siz  birgina  so‘zni 

yodlasangiz va o‘zak harflarini bilib olsangiz, siz arab tilidagi 16 ga yaqin so‘z birliklarini 

bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. Masalan, agar siz “kataba (yozmoq) - بتك” o‘zak so‘zni 

bilsangiz, siz undan ishtiqoqlangan (yasalgan, ya’ni fleksiyalangan) so‘zlar:  



“katib (yozuvchi) – بتاك,  

kitab (kitob, ya’ni yozilgan narsalar) – باتك,  

maktub (xat) – بوتكم,  

maktaba (kutubxona, yozuv stoli) – ةبتكم” so‘zlarini bilib olishingiz mumkin. Barchasi 

uchun  birgina  o‘zak  so‘zni  bilsangiz,  qolgan  ko‘pgina  so‘zlarni  osongina  o‘zlashtirib 

olasiz. Chunki mana shu o‘zak harflari undan yasalgan barcha so‘zlarda (mushtaqqlarda) 

takrorlanadi.  Endi  ingliz  tiliga  kelsak,  u  agglyutinativ  tildir,  ya’ni  har  bir  yangi  ma’no 

anglatgan so‘zga yana yangi birlik so‘z to‘g‘ri keladi, masalan:  

kitab (kitob)-book,  

katib (yozuvchi) – writer,  

maktaba (kutubxona) – library,  

maktaba (parta, yozuv stoli) – desk.  



Demak, arab tilida siz birgina so‘z bilan 16 ga yaqin yangi so‘zni yod olishingiz mumkin, 

ingliz  tilida  esa,  har  bir  yangi  ma’no  uchun,  yangi  so‘zni  yodlashingiz  kerak.  Xo‘sh  bu 

vaziyatda qay biri oson?! Bu jihatdan olib qaraganda, albatta, arab tili ingliz tilidan oson.  

Yana bir qo‘shimcha: arab tilining fonetik (tovush) tizimi ingliz tili bilan solishtirganda 

oson va juda go‘zal. Arab tilining fonetik tizimi 6 bo‘g‘indan iborat xolos. Ingliz tilida esa, 

bu 40 bo‘g‘indan oshadi.  

Bunday  olib  qaraganda,  arab  tilining  tarixiga  nazar  tashlasak,  arab  tili  asoslarini  ishlab 

chiqqan,  kitoblar  bitgan  kishilar  arab  bo‘lishganmi  yoki  arablardan  boshqalar  bu  ishni 

qilishganmi?! Masalan, birgina Sibavayhi – nahvchilar sultoni,  yoki Imom Zamaxshariy 

yoki  Imom  Buxoriy,  yo  Termiziy  yana  ko‘plab  boshqa  arab  tilida  ijod  qilib  unga  o‘z 

hissalarini qo‘shgan ulamolar arab bo‘lishmagan-ku! Shunday ekan, biz qanday qilib arab 

tilini qiyin deya olamiz?! Bu so‘zimiz voqealikka to‘g‘ri kelmaydi. 



Aslida  ham  arab  tilini  o‘rganish  inson  uchun  katta  qiyinchiliklar  tug‘dirmaydi.  Biroq, 

ko‘pgina  kishilarimiz  o‘zlari  uchun  qiyin  yo‘lni  tanlaydi  yoki  arab  tilini  o‘rganmasdan 

turiboq,  uning  qiyin  til  ekanligiga  o‘zini  ishontiradi.  Arab  tilini  o‘rganish  juda  oson. 

Ishonmasangiz sinab ko‘ring! 

 

Tarjima va izohlar muallifi Abror Hasan o‘g‘li 

Download 233,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish