Oxirgi bosish–bu kontakt prujinasi hosil qiladigan kuchdir (kontaktor to’la ulangan holatda).
Oxirgi bosishni tekshirish kontaktor to’la ulangan holatda bo’lganda boshlang’ich bosishini tekshirish kabi bajariladi, faqat bu holda qog’oz harakatlanadigan va harakatlanmaydigan kontaktorlar orasiga qo’yiladi (5–rasm, b qarang).
Kontaktorlarni bosish qiymati harakatlanadigan kotaktorlar tutqichi skobasining holatni o’zgartirib rostlanadi; skobaning holati tutqich 5 ni xomutlar 7 bilan val 6 ga maxkamlanadigan gaykani burab tortib yoki bo’shatib o’zgartiriladi.
Kontaktlarnig ochilishi darajasi, susayishi va kontaktlarning bosilishini rotlash uchun mahlumotlar apparatning zavod ilova qilgan pasportidan olinadi.
Nazorat savollari:
SHMA shinali o’tkazgichning tuzilishining bayon qiling.
SHMA shinali ztkazgich qayday tartibda montaj qilinadi?
Qisqa tutashtirilgan rotorli elektr dvigatelg’ qanday tuzilgan va faza rotorli dvigatelg’dan nimasi bilan farq qiladi?
Qanday apparatlar va nima uchun noavtomatik apparatlar deyiladi?
Uch fazali kontaktor qanday tuzilgan
21-mavzu. Tashkiliy tadbirlarni bajarilish tartibini o‘rganish
Reja:
Tashkiliy tadbirlarni bajarilish tartibini o‘rganish.
Tashkiliy tadbirlarni bajarilish tartibini o‘rganishdagi muhim jixatlar.
Har bir sanoat korxonasi o’z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza qilish bo’limini yoki xafvsizlik texnikasi muhandisi lavozimidagi shtat birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida mehnat qiliyotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat.
Jumladan uning xizmat doirasiga quidagilar kiradi:
1. Tsex va bo’lim boshliqlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to’g’risidagi qarorlarning bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish davlat tashkiloti qo’rsatmalarini to’g’ri bajarilayotganligini tekshiradi.
2. Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo’lishiga e’tibor beradi va shamollatish tizimlarining to’g’ri ishlayotganligini tekshirib boradi.
3. Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qilish choralarini ko’radi.
4. Tsex va bo’lim boshliqlari tomonidan “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsix hodisalarni tekshirish va hisobga olish” haqidagi qarorning bajarilayotganini kuzatib boradi.
5. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda maxsus oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsulotlari, sovun va shaxsiy muhofaza aslahalari bilan ta’minlaydi.
6. Sanoat korxonasining hamma bo’limlarida xavfsizlik texnikasi tavsiyanomasini o’z vaqtida va sifatli o’tkazish chora-tadbirlari amalga oshiradi.
Xavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e’tibor berishi zarur o’bektlaridan biri – texnik yechimlarning loyiha xujjatlarida to’g’ri hal qilinishi nazorat qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |