O‘qituvchi-kasbiy sifatlari va uni shakllantirish



Download 116,5 Kb.
bet5/6
Sana08.07.2021
Hajmi116,5 Kb.
#113324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HOZIRGI JAMIYATDA MURABBIY TARBIYACHILARGA QO`YILADIGAN TALAB VA VAZIFALAR

Ulug’lik aylama zinhor, o’zingni kamtar tut,

Kimdaki bo’lsa bu xislat ajab saodatdir.

Kishi shaxsining dastlabki asoslari vujudga keltiradigan maktabgacha tarbiya yoshidagi kattalarning bolaga ta’siri ayniqsa katta bo’ladi. Bola aqliy va axloqiy jihatdan faqat kattalarning to’g’ridan-to’g’ri ta’sirida tarbiyalanadi, kamolga yetadi. Hyech qanday shakllar, hyech qanday intizom, hyech qanday ustav hamda mashg’ulotlar inson shaxsining sun’iy ravishda almashtirishi mumkin emas. Yosh qalb uchun bu quyoshning samarali nuridir, buni hyech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol o’ynashi, uning shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o’yinlarda, mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo’ladigan muomalada ta’sir ko’rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o’rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o’z vaqtida yordam ko’rsata olishi oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur.

Tarbiyachining pedagoglik mahorati ko’p qirralidir. Mahorat kasbiy tayyorgarlikdan, nazariy bilim va ish tajribasini doimo oshirib borishdan, bolalarga bo’lgan muhabbatdan vujudga keladi.

Tarbiyachi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o’z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo’lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo’yik, adolat, jamurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o’simlik va hayvonlarga nisbatan g’amxo’rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko’nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyaash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o’z kasbining mohir ustasi bo’lish uchun maxsus tayyorgarlik ko’rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:



  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg’or tajribali pedagoglarning tajribasini o’rganib, o’z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo’lishi kerak.

  2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to’g’ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir vositalarini topa oladigan bo’lishi kerak.

  3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko’nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo’lishi ozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana oishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko’nikmalarni yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalanishi lozim.

  4. Tarbiyachi o’ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o’sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg’ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o’stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak.

  5. Har bir faoliyat uchun kerakli materialni oldindan tayyorlab qo’yishi, yangi bilimni egallagan bilimlari bilan to’g’ri baholay olishi va bolalar egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo’lishi va ularni sekin-asta murakkablashtirib borishi kerak.

  6. Kun tartibini to’g’ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qilib bilishi, ularning faoiyati (o’quv, o’yin, mehnati) mazmunli bo’lishi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlanishi zarur.

  7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.

  8. Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo’llarini topa olishi kerak.

  9. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o’tkazishi, ularni bolalarga ta’lim-tarbiya berish bo’yicha amalga oshiradigan ishining mazmuni, metodlari tanishtirib borishi, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o’zining ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanishi lozim.

  10. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo’lishi, har bir bola uchun qulay ruhiy sharoit yaratishi, xafa bo’lsa ovuntira olishi, xursandchilik va xafagarchiligiga sherik bo’la olishi, ayniqsa kichik guruh bolalariga nisbatan muhim, e’tiborli, qat’iy, sabr-toqatli, yumshoq, ozgina hazilkash, bolaning kuch va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo’lishi kerak.

Tarbiyachi bolaga mehr-oqibat bian munosabatda bo’lsa, bolalar bilan uning o’rtasida mehribonlik, g’amxo’rlik munosabatlari yuzaga keladi.

Bolalar tarbiyachining shaxsiy sifatlarini, bilimi, malakasi, bolalarga munosabati, talabchanligini quyidagicha belgilaydilar: kichik guruh bolalari tarbiyachining ularga bo’lgan mehr-muhabbatiga qarab, 4-5 yoshli bolalar tarbiyachining bolalar hayotini yaxshi tashkil eta olishiga qarab, katta guruh bolalari tarbiyachining hamma bolalarga haqqoniylik bilan yaxshi munosabatda bo’lishi, yaxshi ishlashiga qarab baho beradilar.

Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to’g’ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak.

XULOSA
Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarini tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash hamma tomonlarini qamrab olomaydi. Lekin tarbiyachi shularga asoslanib bolalarni mustakil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma’lum bir maqsad bilan samarali amalga oshirilishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. 

SHuni hisobga olgan holda, o‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va samarali faoliyat ko‘rsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. 

Hozirgi vaqtda respublikada 4 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularni moliyalashtirishga faqat 2016 yilda Davlat byudjetidan 1,6 trillion so‘m ajratilgan. 

Ushbu sohada sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassislar mehnat qilmoqda. 

SHu bilan birga, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga ayrim tizimli kamchiliklar to‘sqinlik qilmoqda. 

O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti. 

Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining hozirgi holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermayapti. 

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali mutaxassislar bilan ta’minlay olmaydi. 

Ta’lim-tarbiya ishining vazifasi mazmuni va meto- dini belgilash kishi yosh bosqichlariga asoslanadi. Ilk yoshdagi bolalar o‘zining tez harakatlanishi, nochorligi, kasallikka tez chalinishi, yordamga muhtojligi bilan ajralib turadi.

Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlanti- rish shu davrga xos bo‘lgan belgilardan biridir. Uch yoshga to‘lgan bolalar ona tilining hamma tomonlarini egallab oladilar hamda o‘z tengdoshlari kattalar bilan bo‘ladigan muloqotda undan vosita sifatida foydatanadilar.

Ilk yoshdagi bolalarni tarbiyalash tizimi yosh avlodni tarbiyalashning ajralmas qismidir. Fiziolog, psi­xolog, pedagog olikіdar dunsdagi bolalarning ijtimoiy tarbiyasiga hissa qo‘shadilir. Bogcha yoshidagi kelganda bo­la organi zmini etilishi davom egadi.

Maktabgacha ta’lim tizimining qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanini Prezidentimizning bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolaning fikrlash darajasi o‘rtasidagi farq xususidagi fikrlaridan ham bilish mumkin. Darhaqiqat, bugun maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalardan biriga aylandi. Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ta’lim sohasida yangi tizimni yaratish va butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishish, ta’limning uzluksizligini ta’minlash imkonini beradi. 

Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish darajasi pastligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermasdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi bu borada ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi. Soha xodimlarining ish haqi oshirilib, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar ko‘riladi. Bundan ko‘zlangan maqsad – bolalarni tarbiyalash va sohani har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishdir. 

Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud 4 ming 893 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 706 mingdan ziyod bola qamrab olingan. Ushbu sohada har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan 57 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, shundan 85 foizini o‘rta ma’lumotli kadrlar tashkil etadi. Bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. 

Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha komissiya zimmasiga maktabgacha ta’lim tizimining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra pedagogik yo‘nalishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul kvotalari bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yilganining sababi ham shunda. 



Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Sobitxon Turg‘unovning qayd etishicha, bugun yangi vazirlik yuqori malakali pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish, sohada ishlayotgan rahbarlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish orqali sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etishni o‘z faoliyatining asosiy mezoni sifatida belgilagan. 

Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish