O‘qituvchi-kasbiy sifatlari va uni shakllantirish


MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur hozirgi zamon talablari



Download 116,5 Kb.
bet4/6
Sana08.07.2021
Hajmi116,5 Kb.
#113324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HOZIRGI JAMIYATDA MURABBIY TARBIYACHILARGA QO`YILADIGAN TALAB VA VAZIFALAR

MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur hozirgi zamon talablari.



  • murabbiy va tarbiyachilarning bolalarni tushuna olish va bola shaxsiga hurmat bilan qarash bilan bog’liq hislatlari;

  • murabbiy va tarbiyachilarning o’z tarbiyalanuvchilariga tarbiyaviy va ruhiy (ertak, hikoya, hikoyat, hikmatlar va donolar fikrlarini aytish orqali) ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlari;

  • murabbiy va tarbiyachilarning o’z atrofdagilariga, ayniqsa o’z tarbiyalanuvchilariga ibrat-namuna bo’la olishi, ya’ni “Ibrat-namuna hayot dorilfununi” tizimidagi ma’lumotlar bilan qurollanggan holda mashg’ulotlar o’tkaza olishiga oid xislatlari.

MTM dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTM da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi:

  • Murabbiy va tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachi bolalarga muomala borasida katta hajmdagi so’z boyligiga ega bo’lishi kerak va ular ichidan har bir bolaga mos va xos chiroyli muomala qila olishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachi bolalarga biror narsa yoki voqyea haqida so’zlab berganda ifoda etilayotgan jarayon ichiga kirib keta olishi, uni jonli ifoda etishi, ya’ni nutqda obrazli va hayojonli harakatlarni ifoda etishda aktyorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda “qog’ozsiz” (ya’ni faqat o’qish orqali emas) chiqishga odatlanish kerak, aks holda bolalar tezda zerikib qoladi;

  • Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda imo-ishoralardan oqilona foydalanishi kerak, aks holda bolalar sizga “artist”, degan taxallus qo’yib yuboradi.

MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar o’zlarining kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablarga amal qilsa, quyidagidek yutuqlarga erisha oladi:

  • bolalar bilan ishlashda ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qayg’uradi, hamda ularga ishonish orqali bolalarning faollik va ijodiy qirralarini namoyon qila oladi. Bunda bolalarni tushuna olish qobiliyati ularning pedagogik mahoratiga o’ta muhim sifatiy ko’rsatkichdir;

  • ular tashkilotchilik faoliyati orqali bolalarda mashg’ulotga qiziqishni, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ijobiy-jamoaviy ta’sir etishni, bollarda havaskorlik va tashabbuskorlik hamda javobgarlik hislarini shakllantira oladi. Bunday holatda ularning o’zidagi bor energiyani boshqalarga o’tkaza olishi va o’z bilim, ko’nikma, malakalarini to’liq ishga solib bolalarga ta’sir o’tkazishi o’ta muhimdir;

  • ularning bolalar jamoasida ishlashiga bo’lgan moyilligi, qiziqishi, layoqati va fidoyiligi tufayligina bolalar jamoasining ma’naviy jihatdan bilimliligi ta’minlanadi, bolalardagi ijodiy faoliyat va tashabbuskorlikka ijobiy turtki bo’ladi;

  • ularning o’z-o’zini baholay olishi va shu asosda o’zini boshqarishi o’z tarbiyalanuvchilaridagi sabr toqatlilik, tanqidiy fikrni to’g’ri qabul qilishlik, o’z-o’ziga talabchanlik, chegaralilik, mehnatdan qo’rqmaslilik kabi insoniy sifatlarni shakllantirishga asos bo’lishi mumkin;

  • ularning bolalar bilan ishlashdagi muomalada kirishuvchanligi va bolalarga bo’lgan samimiyligi hamda muloyimligi bolalardagi barcha bilan muloqot qila olishligini, bolalarning tezda o’z o’rtoqlari bilan til topisha olishligini, erkin muloqot qila olishligini, sezgirlikni, mehribonlikni, o’zaro hamkor bo’lishlikni va shu kabilarni shakllantirishga samarali ma’naviy asos bo’la oladi;

  • ularning barcha yangilikni tez anglay olishi va bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir ish turidan ikkinchisiga tez o’ta olishi bolalardagi quyidagi insoniy jihatlarni shakllantirishga namunaviy-ma’naviy asos bo’la oladi: bolalarda o’rtoqlarining his hayajonlariga qayg’udosh bo’lish shakllana boradi; o’tkir zehinli va sinchkov bo’ladi; o’z e’tibori va diqqatini tezlik bilan biror narsaga qarata oladi hamda u haqda fikr yurita oladi; imo-ishora, rolga kirishuvchanlik, go’zal harakatlar qilish va zavqlilik kabi hislatlarni o’zida namoyon qila oladi; har qanday holatda va sharoitda ham o’z hissiyotlarini jilovlashni amalga oshira oladi; turg’unlik va chidamlilik, ya’ni bolalar o’zini idora qilib, tezlik bilan o’zini bosa oladi; hissiy munosabatlarni jilovlay oladi, ya’ni xoholab kulmaydi, baqirib gapirmaydi, qo’pol muomala qilmaydi, birovni kamsitmaydi, birovning asabiga tegmaydi va xullas ular o’zaro munosabatlarda ma’naviyatli bo’lib yetishadi.

3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tafakkurni shakllantirishda tarbiyachilarning vazifalari
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi.

Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini anglashga, ta’lim va tarbiya vazifalarini hal etishga ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarining o’sishiga ko’maklashishga yordam beradi. Tarbiyachi o’zi yashab turgan o’lka hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini tushunish, ijtimoiy faol bo’lish, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi kerak. Uning pedagogik hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.

Respublikamiz rahbariyati o’qituvchilar va tarbiyachilar faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, o’qituvchilik, tarbiyachilik ishidagi ijodiy mehnatlari, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o’qituvchilar va tarbiyachilar “Metodist o’qituvchi”, “Katta o’qituvchi”, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Metodist - tarbiyachi” va boshqa shunga o’xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagi unvonlar beriladi.

Jamiyatimiz hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog’chada, maktabda, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida shakllanayotgan yosh avlod ijodiy xulq-atvor normalari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini kasb-hunar, malaka va ko’nikmalarni har tomonlama puxta egallab borishni talab qiladi.

Buning uchun uzluksiz ta’lim sistemasining muhim bo’g’ini bo’lgan umumta’lim maktablari oldiga har bir o’g’il va qizni zarur darajadagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, jahon madaniyati, milliy madaniyatimizning durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan chiniqtirish vazifasi qo’yiladi.

Davlat ahamiyatiga molik bo’lgan bu muhim vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang’ich bo’g’ini bo’lgan bolalar bog’chalari muhim rol o’ynaydi. Shuning muvaffaqiyati ko’p jihatdan tarbiyachiga bog’liq.

Tarbiya fangina bo’lib qolmay, balki san’at hamdir, uni egallash uzoq vaqt davom etadi. O’zi o’qiydigan, doimo bilimini oshirib boradigan kishi o’qituvchidir, degan qoida tarbiyachiga ham bevosita taalluqlidir. Doimo o’zini tarbiyalash bilan, tarbiya ilmi va san’atini egallash bilan shug’ullanadigan tarbiyachigina haqiqiy tarbiyachi bo’la oladi. Bu borada allomalardan biri “Bolani tarbiyalash tarbiyachining o’z-o’zini takomillashtirishidan boshqa narsa emas”, degan edi. Biz shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, tarbiya obyekti bo’lgan bola uzluksiz o’sadi, yildan-yilga tarbiya sharoitlari o’zgaradi, bularning hammasi tarbiya ishida murakkab vazifalar yaratadi, bu esa tarbiyachidan ijodiy yondashishni talab etadi.

Tarbiyachining o’ziga talabchanligi, o’zining har bir xatti-harakatini nazorat qilib bora olishni davlatimiz maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga qo’ygan talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning garovidir. Bunga quyidagilar kiradi:



  • bolaning sog’ligini saqlash va mustahkamlash;

  • aqliy qobiliyatlarini o’stirish;

  • jamiyatimizning, milliy madaniyatimizning g’oyaviy-axloqiy prinsiplariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarni tarkib toptirish;

  • ona – vatanga muhabbatni, ijtimoiy faollikni shakllantirish, mas’uliyat, o’rtoqlik, do’stlik hissini, halollik, mehnatsevarlikni tarbiyalash.

Albatta, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi, ammo tarbiya shularga asoslanib bolalarni kelajakdagi mustaqil hayotga, mehnatga tayyorlash ishini ma’lum maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin.

O’qituvchilar, maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlarining malakasini oshiruvchi ilmiy-pedagogik markazlar kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o’tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Allomalardan Rizouddin ibn Faxriddin aytadi: “Har bir odam va har bir elning saodatli bo’lishiga bosh sabab ilmdir. Ekinlar uchun yomg’ir, sug’orish qanday bo’lsa, odam bolasi uchun ham shu darajada keraklidir”.

Bolalarini ilmli, odobli qilib o’stirish ota-onaning burchidir. Muallimlar ham bu muqaddas vazifalardan chetda emasdir.

Agar muallim esangiz, shogirdlaringizning har bir harakatini ko’z odingizda tuting, ularni xushmuomalali bo’lishga o’rgating, jamiyatning foydali a’zolari qilishga erishing. Bolalarni nojo’ya so’z, nojo’ya xatti-harakatdan to’xtab qolishga o’rgatib, o’zi esa o’zini to’xtata olmaydigan, bolalarni do’stlik, o’rtoqlikka o’rgatib, o’zi esa ular bilan o’rtoq, do’st sifatida emas, balki katta rahbar sifatida muomalada bo’ladigan tarbiyachi yomon tarbiyachidir.

Bu o’rinda dono xalqimizning kamtarlik to’g’risidagi quyidagi hikmatini keltirish joizdir.




Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish