O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Ertak-qissada bolalar olamining mahorat bilan tasvir etilishi. 
Unda abadiyat va foniylik, hayot, muhabbat va o‘lim muammosi
-
ning o‘ziga xos tarzda tasvir etilishi. Kichkina shahzoda obrazi. 
Ertakdagi boshqa obrazlar va ular o‘rtasidagi munosabat. Ertak-
da bolalar ruhiyatiga xos xususiyatlarning yorqin ifodalanganligi. 
Ertakning tarbiyaviy ahamiyati
»
83

Badiiy asarlarni bo‘laklarga bo‘lib o‘rganishda, ya’ni darsni 
modullar asosida tashkil etishda, istalgan joydan, istalgan narsa oli-
naverilmaydi. Buning o‘ziga xos pedagogik, psixologik sabablari 
bor. O‘qituvchi «Kichkina shahzoda»ni uning boblariga tayanib, 
to‘rt soatga rejalashtirib olishi va har darsda o‘qilgan bo‘laklardagi 
yetakchi fikrlarni modullashtirib olishi maqsadga muvofiqdir.
Ayni zamonda, bo‘lajak o‘qituvchilarning «Kichkina 
shahzoda»ni o‘zlari modullashtirishlari, ya’ni mazkur ishlanmaga 
83
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5 – 9-sinfi uchun adabiyotdan o‘quv das
-
turi. «Ma’rifat» gazetasi, 2007 yil, 4-, 7-,9-oktyabr. 


177
tayanib ajratib ko‘rsatilgan o‘rinlardan kompyuter yordamida max-
sus modullar yaratishlari o‘z amaliy faoliyatlarini tasavvur qilish-
lariga imkon yaratishi mumkin. 
Adabiyotchi o‘qituvchilarning «Kichkina shahzoda»ni 
o‘rganish qiyin degan e’tirozlarida jon bor. O‘quvchilarning uni 
anglashi qiyin kechayotganini ham tushunish mumkin. Chunki asar 
bizning milliy ruhiyatimizga uncha yaqin emas. Avvalo, bizning 
bolalar hamisha kattalarni haq deb biladilar. O‘zbekning milliy-
axloqiy xususiyatida kattalarni tanqid qilish, ularning xatti-hara-
katlariga tahrir kiritish hissi yo‘q. Bu o‘zbekcha axloqiy me’yor 
bolalarning genida mavjud. Ayrim 5-sinf o‘quvchilarining asardan 
ma’naviy zavq ololmayotganlari va asar qahramoniga xos bo‘lgan 
jihatlarni his qilmayotganlarining sababi ham shunda.
Ishni qiyinlashtiradigan yana bir holat shundan iboratki, asar-
dan amaldagi darslikda berilgan parchada qissaning aslidagi surat
-
lar yo‘q
84
. Holbuki, parchada:
 «Rasmlarni muallifning o‘zi chiz-
gan», «Mana o‘sha surat», «Mana, men chizgan narsa», «shu 
rasmni chizib berdim
» degan jumlalar bor (Bu sezgir o‘quvchida 
e’tiroz uyg‘otadi. O‘quvchining xafsalasi pir bo‘lib qolmasligi 
uchun keyingi nashrda bu nomuvofiqlik bartaraf etilishi lozim). 
O‘qituvchi bu rasmlarning har birini internet orqali topib alohida 
modullashtiradi.
Har qanday asar matni o‘qituvchi tomonidan o‘qib berilayotgan 
paytda o‘quvchilar ham u bilan birga o‘z darsliklaridan asarni ich
-
dan o‘qib borishlari tavsiya etiladi. Bu usul, avvalo, o‘quvchilarni 
eshitish orqali ifodali o‘qish ko‘nikmasini egallashga yo‘naltiradi, 
o‘zlari o‘qish asnosida esa o‘qituvchidan ortta qolmaslikka intilib 
tez o‘qish ko‘nikmasini ham egallab boradilar. Asar to‘liq o‘qib 
bo‘lingandan so‘ng, ikkinchi darsda uning tahliga kirishiladi. 
Ma’lumki, «Kichkina shahzoda» qissasi dunyodagi ko‘p til
-
larga tarjima qilingan. Unda Antuan de Sent-Ekzyuperi niho-
yatda nozik qalbli, xayolot olami boy, sog‘lom mantiq asosida ya-
shaydigan o‘zga sayyoralik bolakay timsolini yaratgan. Asar qah-
ramoni Kichkina shahzoda yaxshini yomondan, go‘zalni xunukdan 
farqlay olmaydigan, fantaziyasi qotib qolgan kattalar ruhiyatini tu-
shunmaydi. Hodisalarga tor manfaat yuzasidan qaraganligi, bag‘ri 
84
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 5-sinf uchun 
darslik-majmua. – T.: «Sharq», 2007. 64-b.


178
179
keng bo‘lolmagani uchun bir-birini anglamay, bir marta beriladi
-
gan hayotda maza qilib yashash o‘rniga urushlarni, qirg‘inlarni 
o‘ylab topadigan kattalar shahzodaning kinoyaviy nazari bilan 
tasvir etiladi. O‘quvchilarga asardagi mana shu haqiqatlarni kashf 
etishda ko‘maklashish kerak. Buning uchun o‘qituvchiga asar mat
-
ni yuzasidan tayyorlangan savol-topshiriqlar yordam beradi. Af-
suski, darslikda taqdim etilgan savol-topshiriqlar o‘quvchilarning 
asar mohiyatini anglashlari uchun yetarli emas. Shuning uchun 
o‘qituvchi asar matnidagi diqqatga sazovor o‘rinlarni modul-
llashtirishi, ularni ekranda namoyish etishi yoki kichik guruhlarda 
ishlayotgan o‘quvchilarga taqsimlab berishi va har bir qism zami
-
ridagi muhim jihatlarni savol yoki topshiriqqa aylantirib, ularga 
o‘quvchilarning e’tiborini qaratishi kerak bo‘ladi. 
Asar tahlilining asosiy quroli bo‘lmish savol-topshiriqlarning 
dastlabkisi birinchi modulning mazmuni asosida tuzilgan: «Qis
-
sa qahramoni chizgan rasmga kattalarning munosabati, ularning 
jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganish borasida bergan 
maslahatlari hamda shu sababli «rassomlikning porloq istiqbolidan 
voz kechishga majbur bo‘lgani»ga o‘z munosabatingizni bildi-
ring!» – topshirig‘i bo‘lib, unga javob berish uchun o‘quvchilar 
mustaqil mulohaza yuritishlari kerak bo‘ladi. Avvalo, jungli haqida 
xayol surish uchun u haqda biror narsa bilish kerak. Unga xos jihat
-
larni tasavvur qilish kerak. 
Ma’lumki, bolaning xayolot olami chegara bilmaydi. Xa-
yolda aqlga sig‘maydigan ishlar ham oppa-oson sodir bo‘laveradi. 
Hikoyachining rasm chizishga undagan narsa ham undagi xayol 
ufqining kengligidir. Maslahat bergan, uzoqni ko‘ra biladigan kat-
talarning haq ekani ko‘rinib turgan esada, ular nafaqat asar qahra-
moniga, balki shu darsda o‘tirganlarga ham yoqmasligi mumkin. 
Lekin baribir, chizilgan rasmni ko‘rgan bolalar kattalar haq ekanini 
ichdan tuyib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarining javoblaridan 
buni ilg‘ashi mumkin. Lekin kattalarning «aqlliligi» bilan shakl-
lanib kelayotgan iste’dod yo‘qqa chiqarilmadimi? Kattalar bu bi
-
lan hisoblashishlari kerakmidi? Bolalar shular haqida ham o‘ylab 
ko‘rsinlar.
Ikkinchi modul – muallifning bolalikda chizgan dastlabki sura
-
ti bo‘ladi. «Kattalarning

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish