175
Adabiy ta’lim jarayonida modulli ta’lim texnologiyasidan foy-
dalanish uchun avval quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
– mazkur yo‘nalishning xususiyatlarini ochib beradigan
metodik majmualar yaratish;
– ta’lim jarayonini tashkil etish uchun uni zaruriy didaktik
ashyolar bilan ta’minlash;
– ta’lim amaliyotini nazariy-metodik va
amaliy-tashkiliy ji-
hatdan to‘g‘ri uyushtira bilish.
Adabiyot o‘qitishning modulli texnologiyasi – ta’limning bel-
gilangan tamoyillariga muvofiq tarzda rejalashtiriladi va amalga
oshiriladi. Bunda motivatsiya (o‘quvchining bilishga bo‘lgan ichki
ehtiyoji), modullilik, muommalilik, hamkorlikka asoslanish, sub
-
yekt-subyekt munosabati, didaktik o‘yinlar, audio-vizual va hk.
tamoyillar nazarda tutiladi.
Asar ustida ishlashda modulli ta’lim texnologiyasidan foy-
dalanilganda quyidagi izchillikka amal qilinadi:
– modulli ta’lim uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
– modulning maqsadi va mazmunini belgilash;
– nazariy va amaliy ma’lumotlarni
ajratish;
– ta’lim amaliyotini rejalashtirish;
– o‘quv hamda didaktik materiallar, texnik vositalarni tay-
yorlash;
– amaliy mashg‘ulotlarni
tashkil etish;
– zaruriy nazariy bilimlarni mustahkamlash;
– o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini aniqlash;
– o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash.
Adabiyot darslarini modulli ta’lim texnologiyasi asosida tash-
kil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish deganda, avvalo,
o‘quvchilarni ham aqlan, ham ruhan mazkur darsga tayyorlash na-
zarda tutiladi. Qolaversa, darsni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan
shart-sharoit va o‘quv materialini vaziyat taqozosiga moslashtirish
ishlariga ham e’tibor qaratiladi.
Modulning mazmunini belgilashda, dastlab adabiy ta’limning
bosh maqsadi – ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish va bu
yo‘lda xizmat qiladigan o‘quv materiallari (mazmun)ni
tayyor
-
lashga e’tibor qaratiladi. Modullar bilan ishlash yakunidagi natija
esa, ya’ni o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik
sifatlari mazkur maqsadga erishilganlik darajasini ko‘rsatadi. Mo-
176
177
dulli ad
abiy ta’limning maqsadi ham barcha ta’lim texnologiyalari
singari adabiy ta’lim bo‘yicha davlat standartiga tayanadi. Modulli
ta’lim texnologiyasining maqsadi qancha aniq bo‘lsa, unga eri
shish
darajasi shuncha oson bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi eng muhim
ishlar – o‘quv materiali mazmuni va undagi muhimni nomuhimdan
ajratish, badiiy asardagi o‘quvchi ko‘nglidan o‘tsa, ma’lum ijobiy
iz qoldiradigan
jihatlarni umumlashtirish, ularni o‘quvchi hayoti
bilan bog‘lashga yo‘naltirish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabat
-
lari tabiatini belgilab olishdan iboratdir.
Umuman, adabiyot o‘qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan
foydalanish – o‘quvchilarni ma’naviy kamolot yo‘liga solishda,
buning uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxslik
sifatlarini egallashida, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi-
da, mustaqil fikrlashga odatlanishida,
badiiy tahlil malakalarini
egallashida, o‘z bilim va qobiliyatlarini baholay bilishida, o‘zining
xato-kamchiliklarini anglash va ularni bartaraf qila bilishida o‘ziga
xos o‘rin tutadi.
Adabiyot darslarida modulli ta’lim texnologiyasidan foy-
dalanishning amaliy namunasi sifatida A. Ekzyuperining «Kich
-
kina shahzoda» asari ustida ishlash darsini tavsiya etish mumkin.
Umumta’lim maktablari 5-sinfi dasturida Antuan de Sent-Ekzyu
-
perining «Kichkina shahzoda» asarini o‘rganish uchun to‘rt soat
ajratilgan. Asarni o‘rganishga yo‘naltiruvchi talqin quyidagicha:
«
Do'stlaringiz bilan baham: