O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Induktiv va deduktiv metodlar. 
Adabiyot o‘qitishda 
ta’limning induktiv, deduktiv metodlarining ham o‘ziga xos o‘rni 
bor. So‘nggi yillarda deduktiv ta’limga e’tibor kuchaydi. Lekin ta
-
fakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib ta’limda muvaf-
faqiyatga erishish mumkin emas. Induktiv yoki deduktiv metodlarni 
qo‘llash o‘rganilayotgan o‘quv materialining mantig‘ini ajratishda, 
ya’ni xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishda 
ahamiyat kasb etadi. 
Y. Babanskiy induktiv metodni qo‘llaganda o‘qituvchi 
va o‘quvchi faoliyatining quyidagi ikki varianti mavjudligini 
ko‘rsatadi: birinchi variantda o‘qituvchi avval faktlarni keltiradi, 
tajribani, ko‘rgazma materialini namoyish etadi, topshiriqlarni baja-
rishni tashkil etadi, o‘quvchilarni asta-sekinlik bilan tushunchalar
-
ni aniqlashga, qonuniyatlarni o‘zlashtirish va fikrlarni umumlashti
-
rishga olib boradi. O‘quvchilar xususiy faktlarni o‘zlashtiradilar, 
so‘ngra o‘quv xarakteridagi umumlashma xulosalarni chiqaradilar. 
Ikkinchi variantda o‘qituvchi o‘quvchilarning oldiga xususiy jihat
-
lardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy xulosalarga olib 
keluvchi muammoli masala qo‘yadi
37

37
Бабанский Ю. К. Методы обучения современной общеобразовательной 
школе. – М: «Просвещение», 1985; C. 150 – 153. 


103
Bugungi adabiy ta’limda o‘quvchi ma’naviy kamolotini 
ta’minlash maqsadida mustaqil fikrlash va erkin faoliyatga undash 
yetakchilik qilayotgan ekan, induktiv metodning birinchi varianti 
yetarli samara bermaydi. Ikkinchi variant, ya’ni o‘qituvchining 
xususiy jihatlardan umumiy holatlarga yetaklovchi, umumiy 
xulosalarga olib keluvchi muammoli masalalarni qo‘yishi va 
o‘quvchilarning haqiqatlar ustida mustaqil ravishda mulohaza 
yuritib, xulosalar chiqarib, umumlashmalar qilishi – ko‘proq sa
-
mara beradi.
Induktiv metodning zaif tomonlari shundan iboratki, unda 
yangi mavzuni o‘zlashtirishda ko‘proq vaqt talab qilinadi. Bu 
metod o‘quvchining mavhum tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi. 
Maktab adabiy ta’limida o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish 
yo‘lida quyi sinflarda induktiv metodidan foydalanib, sinflar yuqo
-
rilab borgani sari asta-sekinlik bilan deduktivga o‘tish o‘rinliroq 
bo‘ladi. Chunki quyi sinflarda narsa, hodisa va bilimlarning ko‘proq 
xususiy tomonlari o‘rganiladi. 
Masalan, boshlang‘ich sinflarning «O‘qish kitobi» darsliklari 
ham adabiy ta’lim asosini tashkil etgani holda ularda tavsiya etil-
gan «Uy hayvonlari», «Qushlar», «Baliqlar» singari mavzularni 
induktiv metoddan foydalangan holda o‘tish mumkin. Masalan, 
uy hayvonlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish uchun ularga tay-
yor ma’lumotlar berilmay, mavzu va manbalar uy vazifasi sifatida 
topshiriladi. Darsda darstaxtaga ko‘plab uy hayvonlarining rasmi 
qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilardan ular to‘plagan bilimlar asosida 
hayvonlarning har biriga xos individual xususiyatlar so‘raladi. «Ot-
ning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?» savoli bolalardan 
ot haqida bilganlarini aytishni talab qiladi. Ma’lumki, biya suti-
dan qimiz olinadi, tuyog‘iga taqa qoqiladi, uning go‘shtidan qazi 
qilinadi, ot kishnaydi, otdan sportda, uloqda, urushlarda foydalani-
ladi va hk. «Eshakning faqat o‘ziga xos xususiyatlaridan nimalarni 
bilasiz?» savoli o‘quvchini eshakni tasavvur qilishga, u haqida 
o‘qiganlarini aytishga yo‘naltiradi. Boshqa barcha uy hayvonlari-
ning shunday individual xususiyatlari o‘quvchilar tomonidan to‘liq 
ochib bo‘lingach, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan jihatlar 
haqida so‘raladi.
O‘quvchilar uy hayvonlarining hammasi odam uchun xizmat 
qilishini, hammasi tirik tug‘ishi, hammasi odamlar tomonidan bo-


104
105
qilishi, hammasi o‘t-yem bilan oziqlanishi, hammasining oyog‘i 
to‘rttaligi, hammasining tuyog‘i borligi va hk.larni bilganlaricha 
sanaydilar. Bu jarayonda bilim bilan xotira birgalikda faoliyat 
ko‘rsatadi. O‘quvchilar bilimlarni o‘qituvchidan tayyor holda ol
-
may, o‘zlari bilganlarini namoyish etadilar. 
Ta’limning deduktiv metodini qo‘llaganda, umuman, 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyati quyidagi tarzda bo‘ladi: 
o‘qituvchi avval qoida yoki qonunning umumiy jihatini so‘raydi, 
asta-sekinlik bilan uning xususiy tomonlariga o‘tadi, so‘ng birgalik-
da ma’lum masalani yechishga kirishiladi. O‘quvchilar o‘qituvchi 
rahbarligida avval umumiy holatni o‘zlashtiradilar, so‘ng ulardan 
kelib chiqadigan xususiy jihatlarni o‘rganadilar. 
O‘qituvchi adabiy ta’lim maqsadidan kelib chiqib deduk
-
tiv metodni qo‘llaganda umumiy holatlardan xususiy jihatlarga 
o‘tadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga yo‘nalish berishi, yo‘l-yo‘riqlarni 
taqdim etishi adabiy ta’lim maqsadiga ko‘proq muvofiq keladi. 
Ko‘rsatilgan yo‘ldan o‘quvchilarning o‘zlari umumiylikdan xu
-
susiy jihatlarni ajratishi, ularni farqlashi, asoslashi va xulosalar 
chiqarishi lozim bo‘ladi.
Deduktiv metod o‘quv materialini nisbatan tez o‘tish imko-
nini beradi. O‘quvchini tez fikrlashga o‘rgatadi. Adabiy ta’lim ja
-
rayonida sharoitdan kelib chiqib, induktiv va deduktiv metodlarni 
birgalikda qo‘llash ham katta samara beradi. Bir darsning o‘zida 
bir masala yuzasidan avval xususiyni aniqlab, undan umumiyga 
o‘tish va ikkinchi bir muammo bo‘yicha avval umumiyni ajratib, 
so‘ng xususiyga, mayda tafsillarga o‘tish jarayoni ham o‘quvchilar 
tasavvuri tiniqlashuvi, xulosalari qat’iylashuviga ko‘mak beradi.
Bugun milliy pedagogikada keng qo‘llanilayotgan metodlar 
o‘quvchi-o‘qituvchidan ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, 
qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tut
-
moqda. Qisqa vaqt mobaynida zarur nazariy bilimlarni o‘quvchiga 
yetkazish, unda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma, malaka hosil 
qilish, shu bilan birga bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qi-
lish hamda baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni ta
-
lab qiladi. Bugun qator rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan 
«Fikriy hujum», «6x6x6», «Klaster», «Qarorlar shajarasi» singari 
metodlarning ayrimlaridan adabiy ta’lim jarayonidagi badiiy asar 
tahlilida ham foydalanish mumkin. Aslini olganda, bu metodlar ning 


105
ta’limdagi mantiqiy metodlardan farqi uncha katta emas
. Ularning 
barchasi zamirida muammoli metodning unsurlari mavjud.
Masalan, 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish