O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

«6x6x6» metodi. 
Adabiy ta’lim jarayonida foydalanish mum-
kin bo‘lgan metodlarning yana biri «6x6x6» metodidir. Adabiy 
asarlar tahlili jarayonida mazkur metoddan foydalanishda adabiyot 
o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni oqilona 
shakllantira bilish talab qilinadi. Bu metodda sinfdagi o‘quvchilar 
oltita-oltitadan olti guruhga bo‘linadi. Jami 36 o‘quvchi ishtirok 
etadi. O‘qituvchi istasa guruhlarga muayyan nomlar berishi ham 
mumkin. Dars mavzusi e’lon qilinib, ma’lum vaqt belgilanadi. 
O‘quvchilar mavzu atrofida bahslashadilar, o‘z munosabatla
-
rini bildiradilar. Mavzu bo‘yicha belgilangan vaqt yakunlangach, 
o‘qituvchi guruhlarning a’zolarini almashtiradi. Yangi guruhda av
-
valgi guruhdan bitta vakil qoladi va u o‘z guruhining mavzu yuzasi-
dan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh 
a’zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o‘rganadilar, unga 
o‘z munosabatlarini bildiradilar. Shu tariqa qisqa vaqt oralig‘ida 
o‘quvchilar tomonidan ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham 
bu fikrlar ularning o‘zlari tomonidan tahlil qilinadi. 
Sinfdagi o‘quvchilardan kichik guruhlar tashkil etishda quyi-
dagilarga amal qilinadi: 1. Guruhlar o‘qituvchi tomonidan bel
-
gilanadi. 2. Guruhga rahbarlik qila oladigan o‘quvchi va guruh 
a’zolari oldindan aniq belgilab olinadi. 3. Har bir guruhga zehnli 
va qobiliyatli hamda bo‘shroq o‘zlashtiradigan o‘quvchilar, imkon 
qadar, teng taqsimlashga harkat qilinadi. Guruhlar bir-biriga muno
-
sib a’zolar bilan to‘ldiriladi va vazifalari belgilanadi. 4. Guruh rah
-
bari va a’zolariga vazifalari tushuntiriladi. 5. Har bir guruh doira 
shaklida o‘tirishi, guruhning har bir a’zosi bir-birini ko‘rib turishi 
shart. 6. Ish jarayonida har bir guruhning faoliyatiga, g‘oyalariga 
e’tibor berib boriladi. Yaxshi g‘oya egalari rag‘batlantiriladi
41

Bunday guruhlarni tashkil etishdan avval o‘quvchilarning shu 
ishni bajarishga bilim va malakalari yetarliligiga ishonch hosil qi-
lish; guruhlarga aniq yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; vazifaning bajarili
-
41
https://ru.wikipedia.org/wiki. 
Википедия

Свободная
энциклопедия
.


109
shi uchun yetarli vaqt ajratish; o‘z vazifasini vaqtdan ilgari bajar
-
gan guruhning bandligini ta’minlashga tayyor bo‘lish; qo‘yiladigan 
masala murakkab bo‘lganda guruh a’zolari sonini kengaytirish; 
baholash va mukofotlash jarayonining guruh a’zolariga ta’siriga 
tayyorlanish; kuchli guruhlarni mukofotlash; bajarilgan ish nati
-
jasini qanday topshirish yo‘llarini ma’lum qilish; jamoaning erkin
-
ligiga imkoniyat yaratish kerak bo‘ladi.
Bu metoddan foydalanilganda o‘quvchilar guruhini bunday 
aralash tarzda tashkil etishning salbiy tomonlari ham mavjud. 
Ma’lumki, aralash guruhlarda ko‘proq kuchli o‘quvchilar ishlay
-
di. O‘rtacha va bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilar ularning oldida 
«yumilib» qoladilar. Chunki vaqt tig‘iz bo‘ladi. Demak, hamma 
o‘quvchilar darsda faol qatnashmaydilar. 
Shuning uchun sinfdagi tez fikrlab, tez ishlaydigan, mazkur 
o‘quv fanini yaxshi ko‘radigan o‘quvchilarni alohida, yaxshilarni 
alohida, o‘rtachalarni alohida va sekin fikrlaydiganlarni alohida 
guruhlashtirib, har bir guruhga o‘zining imkoniyati doirasidagi 
vazifani berish ham mumkin. Ma’lumki, o‘quvchilar o‘zlariga 
o‘xshagan, bilim darajasi bir xil bo‘lgan sinfdoshlari bilan yaqin 
bo‘ladilar. O‘z davralarida «ochiladi»lar. Bu ochilish ularda shaxs
-
lik sifatlarining shakllanishiga ko‘maklashadi. Guruhlarning bilimi 
baholanayotganda urg‘u berilgan topshiriqning qiyinlik darajasiga 
qaratiladi. Hamma uchun ajratilgan vaqt bir xil, lekin topshiriqlar-
ning darajasi har xil. Gap shundaki, hamma o‘quvchilar belgilan
-
gan vaqt oralig‘ida o‘z imkoniyatlari doirasidagi vazifani muvaf-
faqiyatli uddalaydilar va g‘alaba nashidasini suradilar. Bu nashida 
insonning ruhiy kamolotini ta’minlaydi. 
Keyingi paytlarda adabiy ta’lim amaliyotida «noan’anaviy 
dars» nomini olgan bahs-munozara, musobaqa, ssenariyli dars, kon-
ferensiya dars, sayohat darsi, nazm darsi, tahlil darsi kabi dars shakl-
lari keng tarqaldi. Ta’limning bunday shakli 7 – 9-sinfl ar adabiyot 
darslarida samarador bo‘lishi mumkin. Bu davrda o‘quvchilarning 
hayotiy, ba’zan, falsafiy xarakterdagi muammolarni hal etishga 
moyilligi kuchli bo‘ladi. Bu «dars»larning ko‘pchiligini suhbat 
metodining har xil usullari, shakllari deyish ham mumkin. 
Ularning orasida «

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish