O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan


Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Adabiyot darslarida mustaqil fikrlashga o‘rgatishning 
o‘ziga xos xususiyatlari. 
Ma’naviy-ma’rifiy buloqlarimiz hisob-
langan Qur’oni Karim va muborak Hadislarda ham, Imom al-
Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, 
Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos 
Hojib, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy va boshqa allomalarning 
qarashlarida ham odam ma’naviy kamolotini ta’minlashga doir 
fikr lar ustuvorlik qiladi.
Mustaqillik davrida adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida 
tadqiqot olib borgan Q. Yo‘ldoshev, S. Matjonov va M. Mirqosi-
mova singari olimlarning ilmiy ishlarida o‘quvchi tafakkuri mus
-
taqilligi masalasiga ma’lum darajada e’tibor qaratilgan. 
Maktab davrida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda 
adabiy ta’lim o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Ma’lumki, boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha o‘tiladigan darslardagi 
izlanishlar natijasida o‘quvchilar avvaldan ayon bo‘lgan yagona 
xulosaga kelishadi. Masalan: to‘qqiz karra to‘qqiz dunyoning 
hamma burchagida, qaysi tilda, qanday yo‘llar bilan yechilishidan 
qat’i nazar, natija, to‘g‘ri javob bitta – sakson bir. Bu mutaxassis-
lar tomonidan qat’iy belgilab qo‘yilgan haqiqat-xulosa. Yoki ona 
tili darslarida «kim?», «nima?» so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘z 
turkumi hamisha ot deyilishi qabul qilingan. O‘quvchilar gapning 
morfologik tahlili jarayonida qanday misol berilishidan qat’i nazar, 
bu so‘roqlarga javob bergan so‘zlarni ot ekanligini aniqlaydilar. 
Bu ham avvaldan aniqlab qo‘yilgan yagona haqiqat. Ammo adabiy 


75
ta’limning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir o‘quvchi o‘z oldi
-
ga qo‘yilgan muammoni tegishli maqsad va vazifalarini belgilagan 
holda bilimi, hayotiy tajribasiga tayanib turli yo‘l, usul, vositalar 
yordamida mustaqil ravishda hal qilib, faqat o‘zining badiiy haqi-
qatini chiqarishi mumkin.
O‘rganilayotgan badiiy matn, undagi qahramonlar, tasvir-
langan biror hodisa yoki vaziyat borasida har bir o‘quvchining 
asar va darslik muallifinikidan farq qiluvchi o‘z xulosasi bo‘lishi 
mumkin va bu mantiqqa zid bo‘lmaydi. Masalan: «Kumushbib-
ining halokatida kimni aybdor deb hisoblaysiz?» degan savol 
o‘rtaga tashlanganda unga har bir o‘quvchining o‘z javobi bo‘ladi. 
O‘quvchilardan biri Otabekni, ikkinchisi Zaynabni, uchinchisi ota-
onalarni, yana biri davrni, kimdir Kumushbibining o‘zini ayblaydi. 
Har kim nima uchun shunday xulosaga kelganini matndan dalillar 
keltirgan holda yoki hayotiy xulosalari bilan asoslaydi va bu har 
bir o‘quvchining o‘z fikri, xulosasi, aytish joiz bo‘lsa, o‘z haqiqati 
hisoblanadi. Bugungi adabiy ta’limda bir paytlar chiqarilgan yalpi 
xulosa – Kumushbibining halokatida faqat va faqat Zaynabni ayb
-
dor hisoblash mumkin emas. Bunga bugungi o‘quvchilarning bar
-
chasini birday ishontirib ham bo‘lmaydi va agar shunga harakat 
qilinsa, tarbiyalanuv chilarning ma’naviyatiga zug‘um o‘tkazilgan 
bo‘lardi. 
Adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida adabiy qahramonning 
shaxs sifatidagi o‘ziga xos ruhiy olami va axloqiy sifatlarini anglash 
o‘quvchi oldiga qo‘yilgan muhim didaktik talablardan hisoblanadi. 
Ma’lumki, har qanday bilimni o‘zlashtirish ma’lum darajada fikriy 
zo‘riqish asosida kechadi. Darsda asar ustida ishlash mobaynida 
adabiy qahramon shaxsi va hayoti tahlili asnosida o‘quvchining 
o‘zi ham hayotga faol kirib boradi. O‘zgalarni o‘rganish orqali 
o‘z shaxsiyatiga xos sifatlarni shakllantiradi. Asar qahramonlariga 
munosabatiga qarab, o‘quvchi shaxsini belgilash mumkinligi ham 
haqiqatdan yiroq emas. 
Bolaning qiziquvchanligi, bilishga intilishi so‘nmagan davrida 
undagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib uning shaxsi-
yatida ijobiy fazilatlar shakllantirishga, mustaqil fikr egasini tarbi
-
yalashga erishish maktab ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazi-
fasidir. «

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish