Savol va topshiriqlar:
1. Ta’limning umumiy tamoyillari bilan bevosita adabiy ta’lim
tamoyillarini taqqoslang. Ulardagi umumiy va farqli jihatlarni
sanab ko‘rsating.
2. Hamma pedagoglar amal qilishi shart bo‘lgan tamoyillarni
adabiy ta’lim bilan bog‘lagan hola biror badiiy asarni o‘rganish mi-
solida tahlilga torting. Xulosalaringizni asardan misollar keltirgan
holda asoslang.
3. Yuqorida ta’kidlangan quyidagi fikrga e’tibor qiling:
«
Muallimning o‘quvchi intellektual kuchiga ishonchi tarbiyalanuv-
chining mustaqil fikrlash va bilim olishga bo‘lgan qiziqishini
uyg‘otuvchi motivdir».
Bu qanoatning mohiyatiga kiring, bo‘lajak
o‘qituvchi sifatida uni izohlang.
4. Bu fikrga qanday qaraysiz: «
O‘qituvchining loqaydlik bilan,
majburiyat ostida qilayotgan mehnati o‘quvchida salbiy hislarni
qo‘zg‘otishi, uning bilim olishga bo‘lgan intilishini so‘ndirishi
tayin»
? Zimmangizga olayotgan mas’uliyatning salmog‘ini cha
-
malab ko‘ring. Bu xulosaning mag‘zini chaqing, qarashlaringizni
asoslang.
5.
«Go‘zal xulqli, sog‘lom ma’naviyatli kishilarning so‘zlari
ham, ishlari ham o‘zlariga munosib ekani, toza ko‘ngil sohibi
hamisha rag‘bat va marhamatlarga munosibligi adabiyot orqali
anglashiladi».
Bu xulosada ilgari surilgan fikrlarni izohlashga
urinib ko‘ring. Fikringizni asoslang.
6. O‘quvchilarning «
o‘z-o‘zini tarbiyalash»
ini qanday izohlash
mumkin? Siz, bo‘lajak o‘qituvchi sifatida buni qanday tasavvur
qilasiz? Fikrlaringizni biror badiiy asar misolida dalillang.
7. Mana bu qanoatning mohiyatiga kirishga harakat qiling:
«
Hamonki adabiyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma’naviyat shakl-
lantirar ekan, ko‘ngilga «yomon» baho qo‘yish, ma’naviyatni
salbiy baholash unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish
metodikasi ilmida alohida ta’kidlanadi».
Bu, Sizningcha, nima de
-
gani? Adabiyot darslari uchun yetakchi o‘rinda turadigan «
inson
ko‘ngli
», «
tarbiyalanuvchining ma’naviyati
» singari tushuncha
-
larni izohlang. Ularning mag‘zini chaqing.
8. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni «
ma’naviy qiyofalari
uchun»
baholash masalasiga qanday qaraysiz? Siz bu fikrga
qo‘shilasizmi yo‘qmi? Nima uchun? O‘quvchini baholashning
66
67
yana qanday shakllari mavjud? Bu qaysi darslarda amalga oshirila
-
di? Nazaringizda, mazkur baholashlar orasida qanday farq bor?
Qarashlaringizni asoslang.
9. Adabiyot darslariga xos bo‘lgan «
o‘quvchiga kashf etish laz-
zatini tuydirish»
tamoyiliga e’tibor qiling. Sizningcha, uni qanday
tushunish mumkin?
10. O‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi bilan bog‘liq
quyidagi fikrga e’tibor qiling: «
Sog‘lom ma’naviyat o‘z manfaa-
tini o‘zgalar manfaatiga qarshi qo‘ymaslik, o‘zinikini afzal bil-
maslikdir. Boshqalarning ham o‘zi singari inson ekanini his qilish
va ularga daxl qilmagan, halal bermagan holda birgalikda yashay
bilish san’atidir. Sog‘lom ma’naviyat – o‘zni yengmoq, o‘zning
istag-u mayillarini jilovlay bilmoq, ayni vaqtda o‘zlikni tanimoqdir.
Sog‘lom ma’naviyat xudbinlikni yenga bilmoqdir, makonda turib
makoniy manfaatlardan, zamonda yashab zamoniy tuslanaverish-
lardan balandroq tura olmoq demakdir».
Inson ma’naviyatining
sog‘lomligi darajasini aks ettiradigan har bir belgini alohida yozib
chiqing. Ularning har biriga izoh bering. Qarashlaringizni xulo
-
salang. So‘ngra o‘zingizning «Men»ingizga nazar soling. Yashirin
holda o‘zingizga baho bering.
11. «Talabalik – oltin davrim» mavzusida insho yozing. Bir-
biringizning ishlaringizni pedagog sifatida tekshiring. Yutuq va
kamchiliklaringizni muhokama qiling.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |