68
69
rakatlarning majmui. U tevarak-atrof, voqelik hamda ijtimoiy
muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va
samarali amalga
oshirishning asosiy sharti hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida
o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodi-
salarning to‘g‘riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa
munosabatini aniqlaydi
26
.
Tafakkur orqali kishi odam va olam sirlarini o‘rganishda
o‘zidan oldingi qarashlar,
tushunchalar, farazlar, chiqarilgan xu
-
losalar hamda qabul qilingan qarorlarning qanchalik to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini belgilab oladi. Mulohaza yuritib, narsa-hodisalar
o‘rtasidagi munosabatlar, xossalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bi-
lan bog‘lab yoki ajratib turuvchi jihatlar hamda ularning faoliyati
mexanizmlarini anglab yetadi. Bu haqiqatni hazrati Navoiy bundan
necha yuz yillar ilgari: «
Har ishniki qilmish odamizod, Tafakkur
birla bilmish odamizod
»
27
, – deya ifodalagan.
Tafakkur jarayoni insonning ruhiyati bilan uzviy bog‘liqlikda
kechadi. Fikrlayotgan odamning ichki dunyosi qanchalik boy,
dun yoqarashi nechog‘lik keng, bilimi qay darajada chuqur bo‘lsa,
fikr lari, xulosalarining saviyasi ham shuncha baland bo‘ladi. Te-
ranlik, tiniqlik, mantiq, erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik in-
son tafakkuri darajasini ko‘rsatuvchi ijobiy xususiyatlardir. Odam
dun yoni tafakkur orqali anglaydi, fikr va ruhiyat yordamida undan
o‘ziga xos tarzda ta’sirlanadi, xulosalar chiqaradi.
Ruhiyat bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarning dalolat be-
rishlaricha, inson fikrlash jarayonini yuzaga keltirishning asosiy
sharti undagi borliq sirlarini bilishga bo‘lgan intilish, ichki ehtiyoj,
ya’ni motivdir. Usiz insonda fikrlash paydo bo‘lmaydi. Fikrlovchi
shaxs atrofdagilarning birgalikdagi mehnati, o‘zaro muloqoti va
hamkorligida shakllanadi, rivojlanadi. Fikrlashning shakli va maz
-
26
G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 1990; Богоявлинский
Д. Н., Менчинская Н. А. Психология усвоения знаний в школе. – Москва: АПН
РСФСР 1959; Богоявлинский Д. Н. Развитие самостоятельности мышления
школьников как основа активных методов обучения. Сб. «Пути
повышения
качества усвоения знаний в начальных классах». – Москва, АПН РСФСР, 1962;
Психология мышления. /Под ред. Матюшкина А. М. – Москва: «Прогресс»,
1965; Тихомиров О. К. Психология мышления. – Москва: МГУ, 1984.
27
Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. 20 jildlik. 8-jild. Xamsa: Farhod va Shirin.
– T.: «Fan», 1991. 122-bet.
69
munini ajratar ekan, L. Vigotskiy odamdagi fikrlash mexanizmi,
uning shakl va darajalari, kishining intellektual rivojlanishiga qa-
rab o‘sib borishini ta’kidlaydi. Fikrlashning mantiqqa tayanishi esa
bola 12 – 14 yoshga yetganda, u o‘z tafakkuriga egalik qilib, uni
boshqara bilganda yuzaga keladi. Vigotskiyning ta’biricha, man
-
tiqiy fikrlash – ongli ravishda, o‘z-o‘zini nazorat qilgan holda ilm
-
iy-nazariy asoslarga tayanib fikrlash demak. Uningcha, fikr lashda
mantiqning yo‘qligi fikrlash jarayonida mustaqillikning, erkin
-
likning, onglilikning yo‘qligi demakdir
28
.
Fransuz faylasufi Dekart: «
Men fikrlayapman, demak men
mavjudman
»
29
, – degan g‘oyani ilgari surgan. Bu fikr inson ha
-
yotida tafakkurni odamning odamligi belgisi sifatida yetakchi
o‘ringa chiqaradi. Uning fikricha, hech narsa insonning odam
ekanligini fikr lashchalik asoslab berolmaydi. Demak, mustaqil
ravishda muhokama qilish,
tahlil etish, ijodiy-mantiqiy fikrlash
asosiy insoniy xususiyatdir. Fikrlash insonning aqlan va ruhan
sog‘lomligining asosiy belgilaridir. Uning mustaqilligi tushuncha
-
lar, mantiqiy birikmalar, mavjud til vositalaridan oqilona foydala-
nish bilan tavsiflanadi.
«
Fikrlash jarayoni
, – deb yozadi L. Vigotskiy, –
bolaning
ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash esa
bu suhbatlarni bola «yutib», o‘zicha «hazm qila» boshlaganidan
so‘ng shakllanadi
»
30
. Bu qarashga tayanib, shunday xulosa chiqa-
rish mumkinki, fikrlash bevosita o‘z yo‘naltiruvchi kuchi, maqsadi,
usullariga ega bo‘lgandagina mustaqil faoliyatga aylanadi. Fikr
-
lashning mustaqilligi uning yuqorida sanalgan shakllaridan biri si-
fatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki «men»i bilan bog‘liq.
Demak, umuman, fikrlaganda narsa-hodisalarning boshqalar
tomonidan kashf etilgan jihatlari bilib olinadi. Mustaqil fikrla-
ganda esa, odam olam hodisalari va hayotiy vaziyatlar mohiyatini
28
Выготский Л. С. Воображение и творчество в детском возрасте. – Москва:
«Просвещение», 1991; Выготский Л. С. Педагогическая психология. – Москва:
«Педагогика», 1991; Выготский Л. С. Психология искусства. – Москва:
«Педагогика», 1987.
29
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 3-jild. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklope-
diyasi, 2002; 242-bet.
30
Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. – Москва:
«Просвещение»,1991; 90-bet.
70
71
o‘zgalarnikiga o‘xshamagan yo‘sinda, o‘ziga xos yo‘l bilan bilib
oladi. Olib borilgan kuzatishlarga tayanib, mustaqil fikrlashga
quyi dagicha ta’rif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: