41
lat ta’lim standartidagi minimal talablardan yuqori bo‘ladi. Negaki,
DTSning minimal talablarini hamma o‘zlashtirishi shart bo‘lgani
holda dasturda taqdim etilgan bilimlarni barcha o‘quvchilar to‘la
bilishga majbur emaslar. Ma’lum o‘quv fani bo‘yicha dastur ta
-
lablarini o‘zlashtirish har bir o‘quvchining qiziqishi,
qobiliyati,
iqtidori, ehtiyoji va intellektual imkoniyatlariga bog‘liqdir.
Ta’lim standartlari davlat ahamiyatiga molik pedagogik hujjat
sanalib, uzoq muddatga mo‘ljallanib tuziladi va hukumat tomoni-
dan tasdiqlanadi. Dastur esa DTS talablari asosida yaratilib, ta’lim
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ma’lum muddat o‘tib, barcha
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari DTSning minimal
talablaridan yuqorilab ketganda, ya’ni o‘quvchilarning ko‘pchilik
qismi dastur talabiga javob bera
oladigan darajaga yetganda, ta’lim
standarti talablarini ko‘tarish va millat a’zolari saviyasi, bilim-
donligi darajasi o‘lchovini yuksaltirish maqsadida DTSlar qayta
ishlanib, takomillashtiriladi. DTSga muvofiq ravishda o‘quv das
-
turlari talabi ham yuqorilab boradi. Adabiy ta’lim standartining
minimal talablari dasturlarda aks etgan bilim, ko‘nikma, malaka va
ma’naviy sifatlarning ma’lum miqdorini qamrab oladi. DTSning
minimal talablari ta’lim tizimida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham,
ota-ona ham ko‘nikib qolgan besh balli baholar tizimiga solin-
ganda – «o‘rta»ni tashkil etadi. Standart talabini bajargan o‘quvchi
o‘rtacha o‘quvchi hisoblanadi.
Ma’lumki, inson tafakkuri yordamida ko‘zi bilan ko‘rganlaridan
ko‘proq narsalarni bilib oladi. Faqat ko‘rgazmaga tayangan ta’limda
esa o‘quvchidan qancha ko‘rgan bo‘lsa shuncha bilish talab qili
-
nadi. Bu hol o‘quvchining bilimini chegaralab, toraytirib qo‘yadi.
Ta’limni yengillatish tarbiyaviy tamoyillarga hamisha ham to‘g‘ri
kelavermasligi, afsuski, ancha kech payqaldi. Ta’lim-tarbiya ja
-
rayonini haddan ortiq yengillatish katta bolaga ovqatni chaynab
berishga o‘xshaydi. Holbuki, bolaning to‘g‘ri o‘sishi uchun uning
o‘zini ovqat yeyishga o‘rgatish muhimroq.
Ta’lim tizimida ham u yoki bu bilimlarni o‘quvchi miyasiga
«quyib» qo‘ygandan ko‘ra uni mustaqil fikrlab, mulohaza yuritib,
mehnat qilib o‘zlashtirishiga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy muhit tufayli bola umrining har bir kunida uning fe’lida
tabiatan mavjud bo‘lgan sifatlarga hamohang
yangi axloqiy sifat-
lar paydo bo‘ladi. Bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida ham qiyin
42
43
va chigal masalani hal etishda o‘quvchini o‘z imkoniyatlaridan
foydalanishga intilish foydalidir. Agar shakllanayotgan shaxsda
biror fazilatni tarbiyalash lozim deb topilsa, unga shu fazilat bi-
lan bog‘liq nasihatlarni o‘qimay, avval o‘sha ma’naviy
sifatning
mohiyati va zarurati haqida ma’lumotlar to‘plashni talab qilish,
so‘ng uning bu yo‘ldagi harakatiga yo‘nalish berish o‘rinli bo‘ladi.
Ana shunda shakllantirilishi istalgan fazilat bolaning o‘zi tomoni-
dan mehnat-mashaqqat bilan o‘zlashtirilib, xotirasiga emas, tabi-
atiga o‘rnashib qoladi. O‘qituvchilarga ta’lim-tarbiya jarayonining
har bosqichida hikoya, suhbat, ma’ruzalar qildirish,
muammoli
mashqlar bajartirish, mehnat topshiriqlari, ta’lim beruvchi o‘yinlar,
o‘quv-munozaralari, ta’lim jarayonidagi rag‘batlantirish va tanbeh
berish, o‘quv materialini muammoli tarzda o‘rgatish, muammoli
suhbat, tadqiqotlar, induktiv va deduktiv muhokamalar, kitob bi-
lan
mustaqil ishlash, ta’limda zamonaviy mashinalardan foydala-
nish, dasturlashtirilgan ta’lim, og‘zaki so‘rov, yozma ishlar, ijod,
mustaqil nazorat ishlari singari usullar juda foydali. Lekin bu-
gungi pedagogika nafaqat yetuk, bilimli mutaxassis, balki sog‘lom
ma’naviyatli shaxs, barkamol inson shakllantirishni talab
qilmoq-
da. Buning uchun o‘qituvchilarga barkamol shaxsni tarbiyalash
yo‘llarini o‘rgatish, ularni shunday maqsad uchun zarur bo‘lgan
metodik qo‘llanmalar, pedagogik ashyolar bilan qurollantirish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: