238
239
hal qiluvchi xulosa yoki hokim fikr shaklida emas, shunchaki bir
variant sifatida aytishi mumkin. Agar u yoki bu savollarga auditori-
yada javob topilmasa, uni ochiq qoldirgan, keyingi dargacha u haq
-
da o‘ylab ko‘rishni taklif etgan ma’qul. Aks holda, o‘quvchilarni
o‘qituvchisining
fikr aytishini kutadigan, o‘ylamaydigan tanbal
-
larga aylantirib qo‘yish mumkin.
O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva qalamiga
mansub «Men seni topgandim…
117
she’ri mazmun-mohiyati bilan
ko‘ngil bitigi hisoblanadi. Unda baland orzular dunyosida
kezgan
yosh bir qalbning iztiroblari samimiy tasvirlangan. Bu asarning
qahramonini barcha she’rlarga «egalik» qiluvchi qiyofasiz
«lirik qahramon» deyish unchalar o‘rinli emas.
U hech kimga
o‘xshamagan, o‘z qalbi va o‘zgacha tuyg‘ular sohibi. Shuning uchun
she’r qahramonini oddiygina qilib qiz deb atash mumkin. Unda,
avvalo, qizning yoshlikda bilib-bilmay qilib qo‘ygan xatolaridan
chekkan iztirobi, buning ustiga shu xatolar tufayli ikkinchi bir
qalbning jabrlanganini his qila turib ko‘nglidan kechayotgan ruhiy
qiynoqlari tasvirlangan. Ushbu bitikdagi har bir misra rost. Bor-
yo‘g‘i uch banddan iborat bu she’rning har bir satridan ko‘ngil
dardining zardobi sizib turibdi.
Bu she’rga adabiyottanuv ilmidagi nazariy o‘lchovlardan
ko‘ra ruhiyat mezonlari bilan yondashish ma’qulroq bo‘ladi. Unda
qahramon tuyg‘ulari ifodasi ko‘ngil kishisi bo‘lgan she’rxonni mu-
vozanatdan chiqaradi, qalbini junbishga keltiradi. Bunday bezovta
vaziyatda she’rxon ham samimiy bo‘ladi.
O‘rni kelganda shuni
ham aytish joizki, shu she’r asosida yara-
tilib, Hilola Hamidova tomonidan ijro etilgan qo‘shiq so‘zning ta’sir
kuchini yana-da oshir
gan. She’r so‘zi bilan kuyi bir-biriga monand
qo‘shiqqa aylanib, har ikkisi tinglovchi va o‘quvchi ko‘nglidagi
tuyg‘ularga hamohang bo‘lganda, so‘zning ta’sir qudrati yana-
da ortadi. Ba’zi qo‘shiqlar musiqasi yoqimsiz bo‘lganidan go‘zal
so‘zning ta’sir kuchi ham yo‘qolib ketadi. H. Xudoyberdiyevaning
ushbu she’riga kuy yozgan bastakor so‘zni
shunchalar nozik his
qilgan, unga monand kuyni ko‘ngli bilan topganki, qo‘shiq sami-
miy ijrosi bilan tinglovchiga huzur bag‘ishlaydi.
She’rning birinchi misrasidayoq qahramonning romantik
tuyg‘ular egasi ekanligini ko‘rish mumkin:
117
H. Xudoyberdiyeva. Sadoqat. – T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1983. 99-b.
239
Men seni topgandim,
ammo yaxshi qol,
Sen: «Yaxshi qol!» – degil, «Ko‘rishguncha»mas.
Bul quyosh hali ko‘p ol bo‘ladir, ol,
Bul oy ham umrimga ko‘p qiladir qasd.
Misradagi «topgandim» so‘zi shundan, ayni shu zamonda,
ichki bir armon, afsus-nadomatdan dalolat beradi. Inson «topdim»
degan so‘zni qidirgan, istagan yoki orzu qilgan narsasiga erishgan-
da qo‘llaydi. Demak, Qiz yigit timsolida orzusidagi
muhabbatni,
ishqida telbavor Majnunni topdim deb o‘ylagan. Shu misraning
o‘zidayoq «ammo» so‘zining keltirilishi uning adashgani, muhab-
bat borasida xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rsatadi. Tiyiqsiz tuyg‘ular
yetovida yurgan, xayolan oq otlik shahzodani kutgan bo‘y qiz o‘z
nazdida orzulariga erishgan edi, lekin u visoldan kutilgan natijani –
baxtdan mastlik lazzatini tuyolmadi. Orzulari sarob bo‘lib chiqqa
-
nini tezda payqadi.
Albatta, she’rda ko‘ngildagi muhabbatning topilishi bilan
uning sarob ekanini anglash va bu muhabbatdan voz kechgungacha
bo‘lgan
oraliqdagi hayot mashaqqatlari, «yaxshi qol» degan qarorga
kelgungacha ruhiyatda ro‘y bergan kurash hamda bu jarayondagi
qiynoqlar haqida hech so‘z deyilmaydi. Oradagi butun boshli hayot
«topgandim» va «ammo» so‘zlari hamda ular orasidagi vergulga
joylashtirilgandek tasavvur paydo bo‘ladi kishida: «
Do'stlaringiz bilan baham: