O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Qumri bilan 
desangiz, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimizda
», degan 
gap lari bu holni izohlashga asos bo‘ladi. Inson insonni, ayniqsa o‘n 
olti yil birga yashagan yostiqdoshini tuyishi tabiiy hol. Chunki qan-
day yashashidan qat’i nazar, insonda ko‘ngil bor, mehr, muhabbat 
singari tuyg‘ulari bor. Ularni bir-birlari bilan bog‘lab turadigan bir 
olam ismli-ismsiz hislar bor. Qo‘chqorning Alomat bilan «chiqi-
shib» ketolmayotganining boisi ham shundandir. O‘quvchilar 
o‘ylab ko‘rishsin, o‘z haqiqatlarini o‘rtoqlashishsin. 
Qo‘chqorning: «
Qumrining qo‘llari qadoq bosib, yorilib 
ketgan bo‘lsayam, bir nimasi bor edi-da... O‘sha nima ekan-a? 
Bo‘lmasam, barmoqlarini ko‘sak tilib, g‘adir-budur qilib tash-
lagan. Qo‘lidan doim kir sovun aralash tappi hidi kelib turadi. 
Lekin nimasidir bor edi...
» tarzidagi nadomati o‘quvchilarning 
nazaridan chetda qolmasligi kerak. Ular o‘sha «nimadir»ni o‘ylab 
ko‘rishsin. Shu nimadir yuqorida aytilgan fikrlar bilan bog‘liq. 
Buni o‘quvchilarning o‘zlari kashf etganlari maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
O‘quvchilar asardagi: «
G‘urur, qadr-qimmatingiz-chi? Mun-
doq o‘ylab ko‘ring, biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Yo‘q, 
axir! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz
» singari achchiq gap-
larga Qo‘chqorning vaziyatidan kelib chiqib munosabat bildirish
-
sin. Bu gaplarning qanchalik haqiqatga yaqinligi haqida o‘ylab 
ko‘rishsin. Nima deb o‘ylasharkin, Qo‘chqorda rostdan ham hech 


253
qanday g‘urur, qadr-qimmat yo‘qmi? Agar bor bo‘lsa, ular nima
-
larda ko‘rinishini asardan misollar keltirib ko‘rsatishga harakat qi-
lishsin. O‘z ruhiyatlarini taftish qilishsin, ichlarida Qo‘chqorga nis
-
batan qanday hislar paydo bo‘ldiykin? Bu tuyg‘ularni nomlashga 
urinib ko‘rishsin. Bularning barchasi ularda shaxslik sifatlarining 
shakllanishiga ko‘maklashadi. 
O‘quvchilar Qo‘chqorning hayotidan hech nolimasligi sa
-
bablari haqida o‘ylab ko‘rishsin. Alomatning: «
Hamma gap shun-
da-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan 
– og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, 
hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka! 
Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan bur-
chaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni 
sezmaslikka olasiz!
» degan gaplarini asoslashga urinib ko‘rishsin. 
Buning uchun matnga murojaat qilish shart emas. Bu borada har 
bir o‘quvchining matn mazmunidan kelib chiqqan o‘z xulosasi 
bo‘ladi. Shunda ular mazkur asarning komediyadan ko‘ra muhim-
roq bir jihatlari borligini anglab yetadilar. Bunday vaziyatdan chi-
qish uchun Qo‘chqor nima qilishi mumkinligi haqida ham o‘ylab 
ko‘rishsin. Muammoning yechimini topishga urinib ko‘rishsin. 
Balki bu borada biror jo‘yali fikr chiqmas, lekin asarga munosabat
-
lari o‘zgarishi aniq. Endi asarni qayta tomosha qilganda avvalgidek 
kula olmasliklari tayin. Yana bularning ustiga «Davron suraylik» 
ashulasining berilishi o‘quvchilarning ruhiyatiga bir mubham
-
lik, og‘riq soladi. Bu ham asar muallifining topqirligi, odamlarni 
o‘ylashga undash yo‘lidagi bir izlanishidir. 
Olimjonning: «
Axir u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir. Uni ehti-
yot qilish kerak, avaylash kerak. U o‘zini o‘ylamaydi, «qiynalib 
ketdim» deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlata-
veradimi axir!
» tarzidagi noroziligi ham o‘quvchilarning diqqati
-
dan chetda qolmasligi kerak. Olim o‘zining yaratig‘i bo‘lmish ro
-
botni ayayapti. Lekin jamiyat o‘z a’zolarini ayash kerakligi haqida 
o‘ylab ham ko‘rmayapti. O‘quvchilar mana shular haqida mulo
-
haza yuritishlari kerak, muallif tomoshabin va o‘quvchilarnining 
e’tiborini shularga qaratmoqchi bo‘lgan. Tarbiyalanuvchilar temir 
xotin Alomat bilan o‘zbek ayollari hayotini solishtirib ko‘rishga un-
dalishi kerak. Alomatning halokati sabablari borasida o‘ylayotgan 
Qo‘chqorning quyidagi mulohazalariga ularning e’tibori qaratiladi: 


254
255
«
Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, ke-
chalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir 
farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham 
yo‘q. (Hayron.) Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini 
qildi, xolos...
». Qo‘chqorning hayron bo‘lishi, o‘zining ayoli 
qilayotgan mehnatning yarmisinigina bajarib tutab ketgan temirga 
ajablanishi o‘quvchilarni o‘ylashga undashi kerak. Demak, inson 
temirdan qudratli. Lekin bu qudrat nazokat ramzi bo‘lgan ayolni 
maydalab yo‘q qilib borayotgani muallifni iztirobga solgan. 
Komediyaning: «
Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz 
porloq ekan, davron suraylik
» qo‘shig‘i bilan yakunlanishi o‘z 
ahvolini, turmushini taftish va tahlil qila olmaslik, o‘zining aslida 
qanday hayot kechirayotganligini bilmaslik, jamiyat ahlida mus
-
taqil fikr va munosabatning yo‘qligidan dalolat beradi. Bu insonga 
xos bo‘lgan eng kechirib bo‘lmaydigan nuqson ekanini o‘quvchilar 
o‘ylab ko‘rishlari adabiy ta’limning maqsadiga muvofiq keladi. 
Haqiqatdan ham, kechagi jamiyatda, o‘tgan asrning 60 – 70-yil
-
larida shunday qo‘shiq bor edi. Uning so‘zini ham kimdir yozgan, 
yana kimdir kuy bastalagan, kimlardir ijro etgan. Ko‘rinadiki, mil-
latning ziyolilari ham shunday fikrlashgan yoki bori haqiqatni bila 
turib shunday yozishga va kuylashga majbur bo‘lishgan. Xullas, 
«Temir xotin» komediyasi kulgidan ko‘ra o‘ylashga, komedi-
yadan ko‘ra fojeaga, ya’ni hayotiy fojeani kulgi orqali ifodalashga 
yo‘naltirilgan asardir.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish