251
diylik»ning bir ko‘rinishi sifatida keltirilgan. Endi
uning mo-
hiyatiga kiriladi. Nega qo‘y bilan o‘zbek timsollari yonma-yon
keltirilayotganligini tushuntirishga uriniladi. Gap
shundaki, so-
vetlar zamonida mamlakatimiz paxta, ipak, qorako‘l va hk.
qimmatbaho xom ashyolarni yetishtirib beradigan respublika deb
qaralgan. Bu mahsulotlar uchun juda-juda kam haq to‘langan.
Shuning uchun na dehqonning, na chorvadorning, na pillakorning
kosasi oqarmagan. Lekin hech kim xuddi Qo‘chqorga o‘xshab hech
qachon
hayotidan nolimagan, boriga shukur qilib yashayvergan.
Chunki, xalq qishlog‘idan chiqmasa, boshqalar qanday yashayot-
ganini bilmasa, atrofidagi hamqishloqlarining bir-biridan deyarli
farqi bo‘lmasa odamzodning nima deb e’tiroz bildirishga ham aqli
yetmaydi-da. Shunday bo‘lgach qo‘ydan farqi bo‘ladimi, odam-
ning. Masalan, hozir Afrikada yoki Junglida yashayotgan odamlar
ham xuddi shunday…
Olimjonning robotni maqtab: «
U faqat ishlaydi! Ishlayveradi,
ishlayveradi, ishlayveradi!
» degani bilan Qo‘chqorning: «B
iz ham
ishlayveramiz...
», degani zamiridagi haqiqatni anglashga urinib
ko‘ring» topshirig‘i berilganda o‘quvchilar o‘ylashi mumkin:
to‘g‘ri, hamma jamiyatda, hamma zamonda,
hamma odam ham
ishlaydi. Odam mehnat qilmasa, turmush tarzi yaxshilanmaydi.
Hayotda mehnat qilmay hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Barcha
muvaffaqiyatlarning garovi halol mehnatdir. Lekin gap shundaki,
robotning ishlayverishi bilan odamning ishlayverishi orasida farq
bor. Odam Allohning eng aziz yaratig‘i sifatida mehnatiga yara-
sha yashashi,
madaniy dam olishi, o‘qib o‘rganishi, dunyo ko‘rishi
kerak. Farzandlar tarbiyalashi kerak. Buning uchun unga bilim,
keng dunyoqarash, baland saviya kerak bo‘ladi. Ma’naviy kamo-
lot sari intilish ehtiyoji bo‘lmog‘i muhimdir. U jamiyatni tebrata-
digan kuch. Mehnat insonni ezishi mumkin emas. Yana muhim bir
jihat shundaki, odam mehnatidan zavq ola bilishi zarur. Shunday
asoslarga qurilgan mehnatgina odamni mukammallashtiradi. Aks
holdagi mehnat odamni qullikka mahkum etadi. O‘quvchilarning
tafakkur yo‘nalishi mana shularga qaratilsa, ta’lim jarayonidan ku-
tilgan samaraga erishish mumkin.
Qo‘chqor tilidan aytilgan: «…
Doim shu, bizga o‘xshagan
odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir
chiqadi...
» tarzidagi noroziligi qanday ijtimoiy ma’noga ega deb
252
253
bilasiz?» tarzidagi savol ustida o‘ylash bilan o‘quvchilar drama
-
turg nimalarni nazarda tutgani haqida izlanadilar. Mazkur
asarda
sovetlar zamonidagi oddiy mehnatkash xalqning holati aks et-
tirilgan va Qo‘chqorning gapida jon bor. Jamiyatning eng quyi
pog‘onasi bo‘lgan paxtakor yoki chorvador xalqning turmush tarzi,
xohish-intilishlari bilan hech kim qiziqmagan. Ularga xom ashyo
yetkazib beradigan ishchi kuchi deb qaralgan xolos. Dramaturg
Qo‘chqorning tilidan mana shu haqiqatni anglatishga harakat qil
-
gan.
O‘quvchilar komediyadagi Alomat obraziga o‘z
munosabat
-
larini bildirsinlar. Dramaturg qishloqdagi haqiqiy holatni, qishloq
ayollarining turmush tarzini aks ettirishda «temir xotin» obra-
zidan qanday foydalangani haqida mulohaza yuritsinlar. Shu as-
noda Alomat bilan Qumri o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarga
o‘quvchilarning diqqati qaratiladi. Qo‘chqorning: «
Do'stlaringiz bilan baham: