O‘qitish metodikasi o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/140
Sana23.04.2023
Hajmi1,72 Mb.
#931288
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   140
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

jada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari, 
so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman...
«
137

Nihoyat, aytish joizki, biografik ocherkning tili nisbatan sodda 
bo‘lishi kerak.Tarjimai hol sermazmun bo‘lishi bilan bir qatorda 
hajm jihatdan katta bo‘lib ketmasligi, o‘quvchilarning imkoniyat 
doirasidan chetga chiqmasligi, ularni zo‘riqtirishga olib kelmas
-
ligi, o‘ta zarur ma’lumotlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmog‘i 
lozim.
136
Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.: 
«O‘qituvchi», 1969. 37 – 38-b.
137
Kattabekov A., Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua. 
– T.: «O‘qituvchi», 1993. 195-b.


301
Adib hayoti va ijodining ilmiy bayoni: 
a) muayyan adibning yozuvchi va mutafakkir sifatidagi mav
-
qei; 
b) yashagan davrida tutgan o‘rni; 
v) ijodkor uslubi va uning shakllanishi; 
g) adibning milliy-ijtimoiy tafakkuri va adabiyot taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi; 
d) uning umumjahon badiiyati va tafakkuri rivojiga munosa
-
bati;
e) milliy g‘oya va milliy qadriyatlar tarkibidagi o‘rni singari 
masalalardan tashkil topsa, o‘quvchi e’tiborini jalb etishga yordam 
beradi.
Adiblarning tarjimai holini keng miqyosda, batafsil o‘rganish 
VIII sinflardan boshlab amalga oshirilishi kerakligi metodist-olim
-
lar tomonidan ta’kidlangan. Bu yoshdagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan 
inson shaxsini o‘rganishga qiziqish quyidagilarga asoslanadi:
– iste’dodining rivojlanishi;
– qalbining ulug‘vorligi;
– tabiatga munosabati;
– insonga munosabati.
Yoshlarning komil inson sifatida shakllanishida milliy 
an’analar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, davr ijtimoiy hayo-
tining roli beqiyosdir. Shu bois tarjimai hollar mazmuni qanday 
bo‘lishidan qat’i nazar birinchi navbatda adibning o‘zi haqidagi 
hikoyasi bilan ijodi to‘g‘risidagi maqola qo‘shilgan holda berilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, O‘tkir Hoshimov shunday yozadi: «
Men 1941-
yil 5-avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida 
tug‘ilgan ekanman. Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloq-
da tug‘ilganim taqdirning hadyasi bo‘lsa ajab emas. Negaki, ijod-
korda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak.
Oilamizda bir qiz, to‘rt o‘g‘il bor edik. Men uchinchi o‘g‘il 
edim…
Otamdan qattiq hayiqar edik. Otam biron marta ham bi-
rontamizni bir tarsaki urgan emaslar. Otani qattiq izzat qilishni 
onam o‘rgatganlar: «Hozir adang keladilar, uyni supurib qo‘y», 
«Adang ni jahllari yomon, tinch o‘tiringlar», «Adangni ketmoniga 
tegma», «Adangni soatiga qo‘l tegizma…» Bilmadim, balki hozir-


302
303
gi – zamonaviy oilalarga bizning holat «feodallik» bo‘lib tuyular. 
Ammo biz ning oilamizda ota shaxsiga sig‘inish farzandlarga ziyon 
keltirganini eslay olmayman… 
Yetti yoshga to‘lar-to‘lmas, akalarimga ergashib, 
Do‘mbiroboddagi maktabga bordim. Bu – yetti yillik maktab edi. 
Uni bitirib, ancha naridagi «katta» maktabda o‘qishni davom et-
tirdim. «Ikki eshik orasi» romanida Muzaffarning «katta maktab»ga 
borishi, «Alvasti ko‘prik», Bo‘rijar manzaralari o‘sha palladagi 
kuzatuvlar hosili bo‘lsa ajabmas. Urushdan keyingi og‘ir yillar 
edi. O‘qituvchilarda ham, o‘quvchilarda ham allaqanday fido-
yilik bor edi… O‘qituvchilarimiz biz uchun namuna edi. Kiyinishi 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish