296
297
mondoshlari kitobni qanday kutib olgani to‘g‘risidagi qaydlardan
iborat bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu
qismda asarga singdirilgan
g‘oyaviy fikrlar, asarning keyingi davrlar, kelgusi avlod uchun qan-
chalik ahamiyatli ekanligi bayon
etilishi mumkin
129
.
«
Asarning yaratilish tarixi bilan mufassal tanishish o‘quvchi-
larni tarixiy sharoitga olib kirish, davrdagi ijtimoiy vaziyatni
ko‘rsatish, yozuvchi tanlagan pozitsiyaga e’tiborni qaratish im-
konini beradi
»
130
.Masalan, Oybekning «Qutlug‘ qon» romani
Stalinning sho‘ro davridagi «Chorizm – xalqlar turmasi edi» de-
gan so‘zlariga javoban yozilgan. Adib chorizmning qahri ayniqsa
kuchaygan bir paytdagi o‘zbek xalqi hayotiga murojaat etadi. Bu,
shubhasiz, 1916-yil qo‘zg‘oloni O‘rta Osiyo bo‘ylab
gurillab yon-
gan tarixiy bir davr edi. Oybek bu mav
zuga kirishar ekan, o‘zbek
xalqining, bir tomondan, ikki yoqlama zulm ostida yashagani, ik-
kinchi tomondan, shu zulmning hadsiz
ligi tufayli siyosiy-ijtimoiy
ongi tezroq uyg‘onganini ko‘rsatib be
rishni o‘ziga maqsad qilib
oldi
131
.
Yozuvchi biografiyasini o‘rganishda adib haqidagi ma’lu
-
motlardan, qiziqarli hayotiy voqealardan foydalanish o‘quvchilarda
uning asarlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ma
-
salan, A. Qahhor biografiyasini o‘tishda Kibriyo Qahhorovaning
«Chorak asr hamnafas» kitobidan olingan parchalar o‘quvchilarni
juda qiziqtiradi. Yoki adib «Hikmatlar»idagi ayrim fikrlar yozuv-
chiga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yana ham oshiradi.
Adibning el-yurt oldidagi xizmatlari, jamiyatda tutgan mavqei
bajargan davlat ishlari, jamoat ishlari va boshqalar haqidagi fikrlar
-
da o‘z ifodasini topadi. Ayrim tarjimai hollarda san’atkorning ijod
yo‘li mehnat faoliyatiga qo‘shib bayon etiladi. Hamza Hakimzoda
Niyoziyning tarjimai holi shu tarzda, adibning o‘z
tilidan yoritil-
gan
132
. Bunda ijodiy faoliyatdan ko‘ra ko‘proq mehnat faoliyati
129
Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.:
«O‘qituvchi», 1969. 17-b.
130
Приступа E. Д. Особенности изучение монографических тем в старших
классах национальной школы. Автореф. дис. .. канд. пед. наук. – М., 1985.
131
Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX
asr o‘zbek adabiyoti tarixi. T.: O‘qituvchi, 1999, – 206 b.
132
Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun
darslik. – T.: O‘qituvchi, 1995, 159-b.
297
haqida so‘z yuritilgan. Bu jihatdan, ayniqsa, zamondosh shoirlar
haqidagi ma’lumotlar muhimdir. O‘tkir Hoshimov, Erkin Vohidov,
Abdulla Oripov singari zamondosh adiblarning ijtimoiy mavqei
har qanday o‘quvchini qiziqtiradi. Masalan,
Abdulla Or
ipovning
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi bo‘lgani, O‘zbekiston
Qahramoni ekanligini bilish ularda maroq va havas uyg‘otadi.
Ijodkor va uning asarlari to‘g‘risidagi fikrlar tarjimai holning
yakunlovchi muhim bir qismi sanalib, bular ham adibning jami
-
yatda va adabiyotda tutgan mavqeini ko‘rsatish shakllaridan biri
hisoblanadi. Bunda yozuvchi yoki shoirning faoliyat davrlari,
yaratgan asari haqida ilmiy maqolalardan ko‘chirmalar berish, za
-
mondoshlarining xotiralaridan lavhalar keltirish, adibning buyuk-
ligini, o‘ziga xosligini, uslubini, asarlarining jahon adabiyotida
tutgan o‘rni, estetik qimmatiga baho beriladi. Masalan, A. Qodiriy
jahonda oltinchi romanchilik maktabini yaratganini aytish alohida
ahamiyat kasb etadi.
Yozuvchining buyukligini,
adabiyot sohasidagi xizmatlari,
jamiyatda tutgan mavqei, milliy ma’naviyatga qo‘shgan hissasi,
chinakam so‘z ustasi ekanligini o‘quvchilarga yetkazish zamirida
bir tomondan, ma’rifiy maqsadlar yotsa, ikkinchi tomondan,
o‘rganiladigan asarga ijobiy munosabatni shakllantirish yotadi. So‘z
ustasining ijtimoiy mavqei, badiiy mahorati
haqida chiqariladigan
xulosa uchun uning o‘zi to‘g‘risida aytganlari bilan bir qatorda
boshqa atoqli kishilar
ning fikrlari muhim rol o‘ynaydi. Bu kabi
vositalar san’atkorning, adibning boshqalarga o‘xshamaydigan
qiyofasi va uslubi haqida o‘quvchida yaqqol tasavvur uyg‘otish
uchun xizmat qilishi kerak. Zero, A. Oripovning O‘zbekistonni
sevishi H. Olimjonning sevishiga o‘xshamaydi; Usmon Nosirning
yurt tabiatiga maftunligi Cho‘lpon lirikasidagi tabiat tasvirlaridan
tamoman farq qiladi. Har bir ijodkorning olam go‘zalliklarini
ko‘rishi, his qilishi, tasvirlashi o‘ziga xos. Masalan, A. Qahhor
hayoti va ijodi haqidagi monografik mavzuni yuqori sinfda yoritishda
adib
shaxsiga oid halollik, rostgo‘ylik, illatlarga murosasizlik kabi
xususiyatlarning ijodida aks etish daraja
sini o‘rganish qiziqarli,
albatta. Bu o‘rinda «O‘tmishdan ertaklar» qissasining rus tilida
nashr etilishi munosabati bilan tarjimonlik qilgan K. Simonovning
«Drujba narodov» jurnalining 1968-yil 10-sonidagi so‘z boshisidan
ko‘chirma keltirish mumkin: «
Do'stlaringiz bilan baham: