289
lansa, unda ins
onlik, shaxslik kurtaklari shakllanadi. O‘quvchini
faqat o‘zi yaxshi bilgan narsasi haqida yozishga o‘rgatish kerak.
Yaxshi bilmagan, tushunmagan mavzu haqida yozishdan azobli
narsa yo‘q. Bolaga bunday topshiriq berish unda quruqlik,
yuzaki-
likni tarbiyalash demakdir. O‘quvchi shaxsida ijodkorlikni, bezov
-
ta, uyg‘oq qalbni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga,
tabiatga, hayvonot va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish
uyg‘otiladi. Bolani o‘zi yaxshi
bilmaydigan, yaxshi ko‘rmagan,
qiziqmagan mavzuda yozishga majbur qilmagan ma’qul.
Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida uyga insho yoki bayon
yozishga berilsa, o‘sha kuni o‘quvchi boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha
oshiqcha yuklamalardan halos etilishi kerak. Chunki insho va ba-
yon yozish aqliy zo‘riqish va ancha vaqtni talab qiladi. Ta’limning
yuqori bosqichlarida ham o‘quv fanlari muallimlari bir-birlari bilan
doimiy aloqa bog‘lab turishlari, uy vazifalarini berishda bir-birlari
bilan ke
lishishlari o‘quvchining uyga berilgan topshiriqlarni tay-
yorlashdagi vaqtini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari,
maktabda dars jadvallari ham shundoq tuzilishi kerakki, uy vazi-
falari bir kunda 3 – 4tadan oshmasligi maqsadga muvofiq keladi.
Sinflar yuqorilab borgani sari uy vazifalarining soni oshmay maz
-
muni chuqurlashadi. Talab doirasi kengayadi.
Bundan tashqari
rasmlar, kuzatishlar asosida ham insholar yozdirish mumkin. Bun-
day uy vazifalari ham 30 – 35 daqiqali ishlar bo‘lishi kerak.
Dunyo ta’lim tizimidagi barcha jihatlarni ko‘r-ko‘rona
ko‘chirish o‘rniga ular erishgan yutuqlarning o‘zbek o‘quvchisi
milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligiga mos keladigan tomonla-
rini o‘zlashtirish kerak. Aks holda, chet el pedagogikasidagi tashqi
jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi.
Tajriba almashishlar ko‘rsatdiki, chet el ta’lim tizimida har qanday
o‘quv fani bo‘yicha esselar yozish yetakchilik qiladi. Ma’lumki,
esse – erkin fikrning, mustaqil tafakkurning mahsuli. U – ijod. Ada-
biyot darslarida insho yozish ham ijod. Ijodning
har ikkala turi ora-
sidagi tafovut uncha katta emas.
Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o‘qituvchi
uchun eski, ammo o‘quvchilar uchun yangi. O‘quvchilarga insho-
larning o‘ylantiradigan, qiynaydigan yoki sevintiradigan tuyg‘ularga
hamohang mavzularda bo‘lishi yoqadi. Masalan, ma’lum shaxs
haqidagi insho ma
vzulari: «O‘rtog‘imning tavsifi», «Mening
do‘stim», «Mening ilk muhabbatim», «Mening akam», «Men suy-
290
291
gan suyukli»; o‘rganilgan asarlar yuzasidan: «Menga yoqqan sa
-
hifa», «Hoshimjonga munosabatim», «A. Oripov asarlaridan olgan
taassurotlarim», «O‘. Hoshimov ijodining
qaysi tomonlarini qadr-
layman va yaxshi ko‘raman» va hk. mavzular istisnosiz ijodiy tafak-
kurni, tom ma’noda mustaqil fikrlashni talab qiladi. O‘quvchining
erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan bunday uy insholari
o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan
keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil
fikrlashini o‘stirishga xizmat qiladi. O‘quvchilardagi fikr mustaqil
-
ligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi.
Xullas, adabiy ta’limning har bosqichida turfa shakllarda uy
vazifalari berish o‘quvchining faoliyatidagi mustaqilligini oshirish
garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: