294
295
Toshkentga sayohat qilish yo‘llanmasi bilan mukofotlashdi. Le-
kin ma’lum joylar «otasi boy bo‘lgan» deb, mukofotni bekor qili-
shibdi. Shunda Daminov degan jo‘g‘rofiya o‘qituvchimiz: «Axir,
otasi hozir kolxozchi-ku!» – deb kuyunib yurgani, lekin uning so‘zi
o‘tmagani, meni sayohatdan mahrum qilishgani hech esimdan
chiqmaydi
»
125
.
Adibning bosib o‘tgan yo‘li,
ijodiy faoliyati biografik
ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning shaxsi, ichki dunyosi,
ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi qay
tarzda shakllangani-
dan tortib badiiy mahoratini egallashigacha bo‘lgan hayot yo‘li o‘z
aksini topadi. O‘quvchi so‘z ustasining kimligini, orzu-o‘ylarini,
intilishlarini tarjimai holning shu qismidan ko‘proq bilib oladi. De-
mak, bu yerda beriladigan ma’lumotlarning yoshlar uchun ma’rifiy
ahamiyati katta. Tarjimai holning shu qismi orqali tarixiy davr bi-
lan tanishish ham yuz beradi.
R. Usmonovning fikricha, tarjimai holda san’atkorning ijodiy
takomiliga ta’sir etgan voqea va hodisalar bayoni ham aks etishi
kerak. Masalan: «
To‘rt yil davomida Istambul dorilfununida tah-
sil olgan Fitrat taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Bu yillar Fitratning siyosiy va davlatchilik qarashlarida,
dunyoqarashi, san’atkorlik mahorati shakllanishida yo‘naltiruvchi
ahamiyat kasb etdi
»
126
.
Q. Yo‘ldoshev 7-sinf uchun yozilgan «Adabiyot» darslik-
majmuasiga yozgan metodik qo‘llanmasida
127
adiblarning
tarjimai
hollarini yoritishda shu vaqtgacha qaror topgan qoliplarga rioya et
-
may, bolalarning tafakkuriga, hissiyotiga ta’sir qiladigan, ularni lo-
qaydlikdan chiqaradigan ma’lumotlarni berish kerakligini eslatadi.
R. Usmonov, Ye. D. Pristupa, V. G. Maransman va boshqa bir
qatori metodist-olimlar o‘quvchi tarjimai hol orqali so‘z ustasining
bosib o‘tgan hayot yo‘lini o‘rganish barobarida uning badiiy ma-
horati, bu mahoratning o‘ziga xosligi, badiiy kashfiyotlarini bilib
olishi kerak degan fikrni ilgari suradilar.
125
Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun
darslik. – T.: «O‘qituvchi», 1995, 295 b.
126
Usmonov R. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.:
«O‘qituvchi», 1969. 31-bet.
127
Yo‘ldoshev Q. O‘qituvchi kitobi: Metodik qo‘llanma. T.:O‘qituvchi, 1997. 11
– 12-b.
295
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» nomli qo‘llanmada yuqori sinf
-
larda yozuvchi uslubini o‘rganishga jiddiy
e’tibor
qaratish zarurli-
gi uqtirilgan. «
Uslub yozuvchining ijodiga singib ketgan bo‘ladi.
Uni ijodining ruhi, har bir asaridan anqib turadigan xushbo‘y hid
deyish mumkin. Yozuvchining hayotga munosabatidagi, xarakter
yaratishdagi, tasviriy vositalaridagi, fikrlash yo‘sinidagi, hatto
biografiyasi va shaxsiyatidagi o‘ziga xosliklar hammasi birikib,
uning uslubini vujudga keltiradi. Biroq uslub mana shunday mu-
rakkab hodisa bo‘lsa ham, ijodning bir sohasi borki, unda uslub
birinchi qarashdayoq ko‘zga yarq etib tashlanib turadi. Bu yozuv-
Do'stlaringiz bilan baham: