O’qish fanidan test savollari (4-sinf) I chorak O’zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishdi?
a)1992-yil 31-avgust b) 1991-yil 31-avgust d) 1990-yil 1-sentabr e) 1989-yil 21-oktabr
2. Avvalo rahmatdir Onaga,
So’ng esa albata Otaga. Parcha qaysi she’rdan olingan?
a)Iqboli buyuksan b) Serquyosh o’lka d) Kuz e) O’zbekiston
3. Qodir boboni qanday o’y o’ylantirib qo’ydi?
a) Mashina olish b) Bog’ yaratish d) Kasbini kim egallarkin? e) Uy qurish
4. “Serquyosh o’lka” she’rining muallifi kim?
a) P. Mo’min b) Z. Diyor d) M. A’zam e) S. Barnoyev
5. Rasul va Samad qaysi hikoya qahramoni?
a) Xarita b) Qovun sayli d) Chaqimchiga mukofot e) Davlat
6. Yer haydasang kuz hayda, … Maqolni davom ettiring.
a) Kuz haydamasang yoz hayda b) Kuz haydamasang ming hayda
d) Kuz haydamasang yuz hayda e) Qishda hayda
7. Kuz faslining belgilari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Daraxtlarning barglari sarg’ayib to’kiladi, bulut bo’lib yomg’ir yog’adi.
b) Daraxtlar gullaydi , meva tugadi.
d) Havo soviydi, qor yog’adi. e) Quyosh charaqlab turadi
8. “ Qovun sayli” hikoyasining muallifi kim?
a) Shukur Sa’dulla b) N. Norqobil d)To’lqin Xayit e) Murod Xidir
9. “Qani tura qolinglar, choy sovib qoldi, - dedi tog’am.” Parcha qaysi asardan olingan?
a) Xarita b) Qodir boboning orzusi d) Qovun sayli e) Ilm afzal
10. Sulaymon Rahmon o’z she’rida kimni “yer naqqoshi” deb atagan?
a) Bog’bonni b) Dehqonni d) Rassomni e) Naqqoshni
11. Salom so’zining ma’nosi nima?
a) Salomatlik b) Tinchlik d) Xotirjamlik e) Ozodlik
12. Odamning vafotidan keyin qoladigan narsasi nima?
a) mol-u davlati b) nomi d) hovli-joyi e) bog’i
13. “Non yeganda lablari
Burni bilan so’zlashur.” Parcha qaysi asardan olingan?
Dehqon b) Kuz d) Har kim ekkanin o’rar e) O’zbekiston
14. Chaqimchi qanday mukofot oldi?
a) O’lim b) Oltin-u zar d) Mansab e) Mulk
15. Qanday kishini chin saxiy desak bo’ladi?
a) duo uchun yaxshilik qiluvchi kishi
b) Savob uchun yaxshilik qiluvchi kishi
d) Yaxshiligi evaziga hech narsa so’ramaydigan kishi.
e) Doim yaxshilik qiluvchi kishi
16. Nima uchun Davlat dehqonning uyidan ketishni xohlamadi?
a) Badavlatligi uchun b) Mehnatkash, ahil, inoqligi uchun d)Xushmuomalaligi uchun
e) Ilmli bo’lgani uchun
17. “-Xudo umringni uzoq qilsin, baxtimdan o’rgilayki, senday farzandim bor…” “Ilm
afzal” ertagida ota ushbu so’zlarni kimga qarata aytdi?
Katta o’g’liga b) To’rtinchi o’g’liga d) Kichik qiziga e)Kichik o’g’liga
18. Chol o’g’illari bilan nima haqda suhbatlshdi?
a) ilm yoki davlatning afzalligi haqida b) kelin tanlash haqida d) Yurt tinchligi haqida
e)Meros haqida
19. Oqila qiz otasining savoliga qanday javob berdi?
a)Davlat afzal b) Ilm afzal d) Tinchlik afzal e) Do’stlik afzal
20. Tulki nima uchun bir necha kun inidan chiqmay qo’rqib yotdi?
a) Bo’ri tufayli b) Karvon tufayli d) Ko’zacha tufayli e) Ovchilar tufayli
21. Tulki ko’zachaga qanday jazo bermoqchi bo’ldi?
a) Yoqib yubordi b) Sindirdi d) ko’mib qo’ydi e) Suvga cho’ktirdi
22. Tulki nimadan ayrilib qoldi?
a) Dumidan b) Oyog’idan d) Go’shtdan e) Qulog’idan
23. Maqolni davom ettiring “Ota oldidan o’tma-…”
a) ona yonidan ketma b) Onangni boshingga ko’tar d) odobingni unutma e) Odob yonidan ketma
24. Topishmoqni javobini toping “Bir qop un, ichida ustun”
a) anjir b) olxo’ri d) o’rik e) Jiyda
25. O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi matni kimning qalamiga mansub?
a) S. Barnoyev b) A. Oripov d) Z. Diyor e) Sulaymon Rahmon