O’qish 4- sinf 1-dars Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun



Download 14,36 Mb.
bet77/176
Sana28.05.2022
Hajmi14,36 Mb.
#613849
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176
Bog'liq
4-sinf O\'qish

V.Baholash. VI.Uyga vazifa: Matnni o’qib kelish.
Sana:____________________________
MAVZU. PAHLAVON SHOIR
Darsning maqsadi.
1. O'quvchilarni o'tmishda yashab, ijod etgan Pahlavon Mahmud hayoti bilan tanishtirish.
2. O'quvchilarni Pahlavon Mahmudga o'xshab ham jismoniy jihatdan, ham aqliy jihatdan barkamol bo'lish ruhida tarbiyalash.
3. O'qish malakasi sifatlarini takomillashtirish, lug'atini boyitish, bog'lashli nutqni o'stirish.
Darsning turi. Yangi bilim beruvchi, hikoya o'qish darsi.
Darsning metodi. Izohli o'qish, suhbat.
Darsning jihozi. Pahlavon Mahmud maqbarasi surati, kurash maydoni aks ettirilgan surat.
Darsning borishi.
1. Asarni o'qishga tayyorgarlik.
III.Yangi mavzu bayoni:O'qituvchi hikoyasi.
— Filolog olim, bugungi kunda TDPU filologiya fakultetida talabalar-ga saboq berayotgan Hamidjon Hamidov o'tmishda yashab ijod qilgan vatandoshlarimiz hayotidan xabar beruvchi qator hikoyalar yaratgan. Bugun biz uning «Pahlavon va shoir» hikoyasini o'rganamiz. Pahlavon Mahmud 1247-yili Xiva yaqinida po'stinduz oilasida dun-yoga keldi.
Xiva madrasalarida tahsil olgan, turli bilimlarni egallash bilan birga jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullangan, milliy kurash qoi-dalarini o'rgangan, kuragi yerga tegmagan bahodirlardan. Pahlavon Mahmud qanday ishni amalga oshirganini esa hozir asarni o'qish ja-rayonida bilib olamiz.
2. Asar matni bilan tanishtirish. Oldindan tayyorlangan o'quvchilarga rollarga bo'lib o'qitiladi.
3. Asar yuzasidan dastlabki suhbat.
— Asar kim haqida ekan?
— Sizga Pahlavon Mahmudning qaysi jasorati ko'proq yoqdi? Nima uchun?
4. Ichda o'qish. Ichingizda o'qing. O'zingizga ma'nosi tushu-narsiz so'zlarni daftaringizga yozib boring.
5. Lug'at ustida ishlash.
Dehli — Hindistondagi shahar nomi.
ayyom — kun, kunlar (bayram kuni) shikast — jismoniy zarar, lat.
mulozim — amaldorlar huzurida xizmatda bo'lgan kishilar. qadamjo — ziyoratgoh, muqaddas deb sanalgan joy. zaif — quwati kam, kuchsiz, bequvvat. arkoni davlat — davlat arboblari, yuqori martaba egalari. kunda — to'nka.
olihimmat — yaxshilikni ayamaydigan, saxovatli.
6. Asarni qismlarga bo'lib o'qitish.
Asar o'quvchilarga qismlarga bo'lib o'qitiladi. Asarni 4 qismga bo'lib 4 o'quvchiga o'qitiladi. O'quvchilar qismlarning qayerdan qa-yergacha davom etishini bilib boradilar. Ular asar necha o'quvchiga o'qitilganiga qarab, uni shuncha qismga bo'linganini bilib oladilar.
2-qayta qismlarga bo'lib o'qitilganda, har bir qismdagi asosiy fikr aniqlanadi: Mahmud rozilik bildirdi (1-qism). Ona nolasi (2-qism). Fil halokatdan qutqarildi (3-qism). Mahmudning oliy janobligi yoki Pahlavon Shohdan nimani iltimos qildi? (4-qism).
O'qituvchi bu asosiy fikrlarni doskaga yozib boradi. O'quvchilar daftarlariga yozib oladilar. Uyda shular asosida reja tuzib kelish topshirig'i beriladi. Reja 4 qismdan ko'proq bo'lishi mumkinligi ham aytiladi.
7. Tanlab o'qish. Topshiriqlar:
— Pahlavon Mahmudning bahodirga yutqazib qo'yish sababi ifodalangan o'rnini topib o'qing.
— Pahlavon Mahmudning jasorati ifodalangan o'rinni topib o'qing.
— Pahlavon Mahmudning insonparvarligi ifodalangan o'rinni topib o'qing.
— Shoirni hamshaharlari qanday qadrladi? Shu o'rinni topib o'qing.
8. Badiiy til vositalari ustida ishlash. O'qituvchi doskaga quyidagi iboralarni yozib qo'yadi. Ularning ma'nosini o'quvchilardan so'raydi.
G'azab otiga minibdi; yolg'iz o'g'limning qo'lini baland qilgan; kuragi yerga tegmagan bahodir.
9. Darslikdagi savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Siz sportning qaysi turiga qatnashyapsiz? Nima uchun?

Download 14,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish