IV. Mustahkamlash. O’quvchilar savollarga javob beradilar.
1. “Dehqon” she’rining muallifi kim?
A) S. Rahmon B) Sh. Sa’dulla C) A.Oripov
2.Salom so’zining ma’nosi nima?
A) salomatlik B) baxt C) shodlik
3. Qayerlarda salom berilmaydi?
A)Hammomda B) hojatxonada C) A va B to’g’ri
4. Odamdan nima qoladi?
A) Boyligi B) Nomi C) Uy- joyi
5. Hokim otboqardan nimani iltimos qildi?
a) sirini saqlashni b) ukasini o’ldirishni c) ot choptirishni
VI. Darsni yakunlash, o’quvchilar bilimini baholash.
V. Darsni yakunlash, o’quvchilar bilimini baholash.
VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qish.
Sana:___________________________
27.Mavzu: Har kim ekkanin o’rar.
Maqsad: 1. O’quvchilarga ota-onaga bo’lgan muhabbat, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizning doimo ezgulikka chorlashi haqida tushuncha bеrish.
2. Oiladagi milliy udumlar va milliy tarbiyaning uyg’unligini singdirish.
Dars jihozi: Oila tasviri ifodalangan turli rasmlar, ijodiy ishlardan ko’rinishli namunalar, ramziy daraxtlar surati, magnit tasmasi;
Kitoblar:
1. Imom Buxoriy hadislari;
2. A.Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq»
3. Kaykovus «Qobusnoma»
4. «Hikmat durdonalari»
Dars uslubi: bahs-munozara, klastеr mеtodi, rivoyat va qiyoslash mеtodlari.
Dars shiori: Otam - sarbon, onam bog’bon.
Darsning borishi:
Kirish: ( 5 daqiqa)
a) Salomlashish;b) Madhiya kuylash;d) Navbatchi hisoboti;c) Darsga tayyorgarlik.
II.O’tgan mavzu yuzasidan takrorlash. (10 daqiqa)
Aqliy hujum metodi asosida savol- javob o’tkaziladi.
1. . Nima uchun oilani muqaddas deymiz?
2. Oilani kimlar tashkil etadi?
3. Oila ustuni kim?
4. Inson ilk tarbiyani qayerda oladi?
5. “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarining muallifi kim?
6. Oila chirog’i deb kimni ataymiz?
7. “Ma’naviyat” so’zini izohlang.
O’quvchilar fikri tahlil qilinadi.Tarqatmalar bilan muammoli vaziyat yaratish.
1. O’zingiz xohlagan narsani xarid qilganda, nima uchun otadan so’raysiz.
A) Qo’rqqaningiz uchunmi?
B) Samimiy maslahat uchunmi?
2. Siz hеch qachon yangi, yaxshi narsa ko’tarib kеlmagan otani yaxshi ko’rasizmi?
A) Moddiy jihatdanmi?
B) Ma'naviy jihatdanmi?
3. Ota-onangiz o’zaro urishib qolishdi, siz qaysi tomonda bo’lasiz?
4. Sizni otangiz nohaq aybdor bilib, jazoladi. Siz endi unga nisbatan qanday munosabatda bo’lasiz?
Olib chiqib qo'yingiz.
Birov ko'mar o'ligin,
Ko'rmas bizning ko'zimiz.
Mashaqqatsiz bu g'amdan
Qutulgaymiz o'zimiz»...
O'g'il bilan nevara
Kun kech bo'lgach, turdilar.
Ko'tardilar u cholni
Sahro sari yurdilar.
Bir o'ringa yetganda
So'zga kirdi asta chol.
Dedi: «O'g'lim, so'zimga
Birozgina quloq sol.
Men otamni bir zamon
Bu o'ringa keltirib,
Tashlab ketgan chog'imda
Qolgan edi termulib.
Navbat keldi o'zimga,
Sen ham meni keltirding.
Men otamga ne qilsam,
Endi menga sen qilding.
Menga yarar shul o'rin,
Bir kun senga ham yarar.
El aro bor bir matal:
«Har kim ekkanin o'rar».
D arslik bilan ishlash. HAR KIM EKKANIN O'RAR
Munavvarqori Abdurashidxonov
Bir kishining otasi
Ko'p yashamish, qartaymish.
Soch-soqoli oqarmish,
Bellari kuchdan qolmish.
Non yeganda lablari
Burni bilan so'zlashur.
Choy ichganda qo'llari
Qaltirashib, titrashur.
Beli ikki bukilgan
Yuray desa yurolmas.
Bir o'tirsa o'rnidan
Ko'tarmasang, turolmas.
O'g'il, kelin, nevara
Zerikdilar bu holdan.
Qutulmoqchi bo'ldilar
Bir ish qilib u choldan.
Kirib bir xilvat uyga
So'zlashdilar uchovlon.
O'g'il bilan nevara
Qildi o'z fikrin bayon...
«Kelin dedi: «Sizlaming
To'g'ri emas o'yingiz,
Eng yaxshisi sahroga
Savol-javoblar:
1. O'g'il bilan nevara nima uchun otalarini sahroga chiqarib tashlamoqchi bo'lishdi?
2. Chol farzandiga o'z qilmishi to'g'risida nimalar dedi?
3. «Har kim ekkanin o'rar» maqolini qanday tushunasiz
Do'stlaringiz bilan baham: |