suvlarning dengizga borib quyilishini istamaydi. U daraxtlar tanasidagi
tiriklik suvini so ‘rib oladi, provardida azim daraxt qattiq sovuq zabtidan
toshdek qotadi. Biroq, inson irodasini, m atonati va g ‘ayratini bukishda
shim ol o ‘lkasining mislsiz beshafqatligi va qahr-g‘azabi ayniqsa, ko‘proq
sezilardi, buning yagona sababi, inson tabiatan dunyoda mavjud bo'lgan
jonivorlarning eng isyonkori, u ham isha uning izm -u-ixtiyoriga qarshi
bosh ko‘taradi, holbuki shim ol tabiatining xohish-istagi b o'yicha har
qanday harakat oxir-oqibat to'xtashi shart.
Shunga qaramay chananing orqa va old tom onida, hali hayotdan
rizq-u nasibasi uzilm agan ikki nafar dovyurak va bo‘ysunm as odam
odim lab ketm oqda edi. Ularning ikkovi ham pochapo'stinga o ‘ralib
olishgandi. N afas olganlarida og'iz-burinlaridan chiqayotgan bug1 bir
nafasda m uzga aylanib aft-basharalarini qoplaganidan kipriklari-yu
Do'stlaringiz bilan baham: |