nim aning qars etgani, s o ‘ng ketm a-ket Billning qichqirgani va itlarning
qattiq angillashi eshitildi. U qaddini rostlab o ‘girilib qaradi-yu, qorda
sakrab-sakrab ketayotgan allaqanday yirtqich sharpasiga ko'zi tushdi.
So'ngra bir qo'lida kaltak, ikkinchisida dudlangan yarimta baliq, nim a
qilarini bilm ay itlar orasida turgan Billga qaradi.
— Kasofat, baribir yarmini olib q och d i, — deya qichqirdi Bill. —
Lekin rosa adabini yedi! A ngillaganini eshitdingm i?
— N im a ekan u? — deb s o ‘radi G enri.
— Yaxshi ko‘rolmadim. K o'rinishidan itga o'xshaydi.
— Q o ‘lga o ‘rgatilgan bo'ri em asm i ishqilib?
— B o'rim i, g o ‘rmi, nima bo'lgan taqdirda ham qo'lga o'rgatilgan.
Aks holda odam ning qo'lidan baliq olm asdi.
0 ‘sha kuni kechasi ovqatlanib b o'lgach, trubka chekib o'tirishganida
c h o ‘g ‘dek porlagan ko'zlar davrasi yana ham toraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |