U n i baloi azim kutib turgan ekan. K utilm agan o'sha baloi azim
unga tashlandi-yu, qanotlar zarbidan bo'ri bolasi ko'zini o ch olm ay,
o'zin i yo'qotib qo'ydi. U oldingi panjalariga tum shug'ini suqib, chiyillab
yubordi. Qanotlar zarbi to'xtay dem asdi. Ona kaklik o 'zin i to'xtata
olm asdi. Bo'ri bolasining ham g'azabi qaynab toshdi. U qattiq irillab,
sapchib turdi-da, panjalari bilan qarshilik ko'rsata boshladi, so'ng mayda
bo'lsa ham o'tkir tishlari bilan kaklikni bir qanotini tishlab oldi va
kuchi yetgancha u yoqdan-bu yoqqa tortqilay boshladi. Endi kaklik
ikkinchi qanoti bilan part-purt urib, qutulib ketish payiga tushdi. Bo'ri
bolasi umrida birinchi marta yakkam a-yakka urishayotgandi. U g'alaba
lazzatidan m ag'ruredi. Boyagi qo'rquvdan asar ham qolm agan, ko'ziga
hech narsa ko'rinmasdi. U qarshilik qilayotgan tirik mavjudotni tishlar
va unga ayovsiz zarbalar berardi. Bundan tashqari o'sha tirik mavjudot
Do'stlaringiz bilan baham: |